Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.64K subscribers
31.9K photos
2.38K videos
116 files
10.5K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев паррандачиликни ривожлантириш ва яйловлардан самарали фойдаланиш чора-тадбирлари бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией мер по развитию птицеводства и эффективному использованию пастбищ.

#Mirziyoyev #taqdimot #parrandachilik #chorvachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Parrandachilik #Amaliy_mashgʻulot

Parrandachilik fanidan amaliy mashgʻulot

Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi kafedrasi oʻqituvchilari, q.x.f.n. dotsent Ermatov Yusubbek hamda kafedra assistenti Ibragimov Davron boshchiligida 4-bosqich 402-guruh talabalari uchun
parrandachilik fanidan navbatdagi amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida talabalar joʻjalarni jinslarga ajratish hamda tuxumda embrion rivojlanish jarayonlarini amaliy oʻrgandilar. Ushbu tajribalar parranda yetishtirishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, toʻgʻri seleksiya va inkubatsiya jarayonlarini samarali olib borishga xizmat qiladi.

Amaliy mashgʻulotlar talabalarni nazariy bilimlarni real sharoitda sinashga va kasbiy mahoratlarini oshirishga yordam beradi. Bu esa ularning kelajakda malakali mutaxassis boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Bitiruvchi_bandligi #Parrandachilik

Doʻmanov Azizbek 2023-yil SamDVMCHBU Zooinjeneriya (turlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 402-gruruhni bitirib, qiziqishi va kasbiy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda 2024-yil fevral oyidan boshlab “Siyob Shavkat Orzu” MCHJ "Ispandi" parrandachilik fermer xoʻjaligida ishlab kelmoqda.

Yoqubov Sirojiddin esa Zooinjeneriya (turlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 402-gruhni bitirib, 2023-yil sentyabr oyidan boshlab “AGRO-KOMPLEKS”
parrandachilik fermer xoʻjaligida faoliyat yuritayapti.

Asosiysi, ular tanlagan kasbidan mamnun. Shu orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topib, oila daromadiga daromad qo‘shishmoqda.


🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
#Parrandachilik #Ustoz_shogird

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti “Ichki yuqumsiz kasalliklar” kafedrasi v.b. dotsenti Raxmonov Umid Azamatovich ustoz-shogird an’anasi asosida shogirdlari bilan tuxum yo‘nalishidagi tovuqlarda uchraydigan gepatodistrofiya kasalligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Mazkur tadqiqotlar kasallikning etiologiyasi, diagnostikasi va profilaktikasi masalalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, tuxum yo‘nalishidagi parrandalar salomatligini saqlash hamda ularning mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu ilmiy izlanishlar parrandachilik sohasida sog‘lom nasl yetishtirish va iqtisodiy samaradorlikni oshirishga muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |