Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.59K subscribers
32.7K photos
2.46K videos
120 files
10.7K links
Download Telegram
#Amaliy_mashgʻulot

Navoiy viloyatida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining Navbahor filialida Universitetning Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori O.Achilov tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi” mavzusida maʻruza va amaliy-laboratoriya mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Taʻkidlash joizki, Markazning asosiy vazifasi chekka hududlarda kadrlar taqchilligining oldini olish, nazariy tamoyillarni amaliyot bilan integratsiya qilish hamda veterinariya va chorvachilik tarmogʻidagi soʻnggi inovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishdan iboratdir.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Parrandachilik #Amaliy_mashgʻulot

Parrandachilik fanidan
amaliy mashgʻulot

Xususiy zootexniya va yaylov chorvachiligi kafedrasi oʻqituvchilari, q.x.f.n. dotsent Ermatov Yusubbek hamda kafedra assistenti Ibragimov Davron boshchiligida 4-bosqich 402-guruh talabalari uchun parrandachilik fanidan navbatdagi
amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida talabalar joʻjalarni jinslarga ajratish hamda tuxumda embrion rivojlanish jarayonlarini amaliy oʻrgandilar. Ushbu tajribalar parranda yetishtirishda muhim ahamiyatga ega boʻlib, toʻgʻri seleksiya va inkubatsiya jarayonlarini samarali olib borishga xizmat qiladi.

Amaliy mashgʻulotlar talabalarni nazariy bilimlarni real sharoitda sinashga va kasbiy mahoratlarini oshirishga yordam beradi. Bu esa ularning kelajakda malakali mutaxassis boʻlib yetishishlariga zamin yaratadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |