Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.6K subscribers
32.6K photos
2.45K videos
120 files
10.7K links
Download Telegram
#Bitiruvchi_bandligi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Samarqand shahrida yetakchi mavqe’ga ega bo‘lgan "AZIZON" MCHJ mutaxassislari va bitiruvchi talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda kompania kadrlar bo‘limi boshlig‘i D.Norbekzoda ushtirokchilarga kompaniya haqida batafsil axborot berib, kelgusida ishga kirish istagi borlar uchun ishga kirish tartiblari tushuntirildi, talabalar bilan dildan suhbat tashkil qilindi.

Uchrashuvda Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti, Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti, Biotexnologiya hamda Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetin talabalari ishtirok etishdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#jarayon #Bitiruvchi_bandligi

2024 – 2025-o‘quv yili bitiruvchilarining ishga joylashish taqsimoti o‘tkazildi

SamDVMCHBUda 2024 – 2025-o‘quv yilida Iqtisodiyot va Agrotexnologiya fakultetlari hamda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchi talabalarning ishga joylashishi bo‘yicha taqsimot komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishni universitet rektori, professor X.B.Yunusov ochib berdi hamda Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 14-fevraldagi Yoshlar tadbirkorligi hamda ularni bandligini taminlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab quvvatlash, Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taminlash bo‘yicha chiqarilgan asosiy 3 ta qarorning qabul qilinishi bu aynan yoshlarning bandligini taminlashga qaratilayotgani, bu juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berayotganligi takidlab o‘tildi.
👉
BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Bitiruvchi_bandligi #Parrandachilik

Doʻmanov Azizbek 2023-yil SamDVMCHBU Zooinjeneriya (turlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 402-gruruhni bitirib, qiziqishi va kasbiy yo‘nalishidan kelib chiqqan holda 2024-yil fevral oyidan boshlab “Siyob Shavkat Orzu” MCHJ "Ispandi" parrandachilik fermer xoʻjaligida ishlab kelmoqda.

Yoqubov Sirojiddin esa Zooinjeneriya (turlar bo’yicha) ta’lim yo’nalishi 402-gruhni bitirib, 2023-yil sentyabr oyidan boshlab “AGRO-KOMPLEKS” parrandachilik fermer xoʻjaligida faoliyat yuritayapti.

Asosiysi, ular tanlagan kasbidan mamnun. Shu orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topib, oila daromadiga daromad qo‘shishmoqda.


🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |