Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.83K subscribers
19.2K photos
1.39K videos
86 files
7.16K links
Download Telegram
#Jarayon

Bugun Universitet psixoligi Ozod Dexqonov hamda Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo'limi bosh mutaxassisi, Dilmurod Shonazarov va universitet tibbiyot xodimi Gulnora Ulug'ova bilan hamkorlikda universitet talabalari murojaatlari hamda murojaat sabablarini o'rganishdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube  |
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

UNIVERSITET DELEGATSIYASI “ZAKOVAT ARENA”DA


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.Yunusov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va talabalardan iborat delegatsiyani O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi mas’ul xodimlari “Zakovat arena”da kutib olishdi.


Ayni paytda “Yoshlar forumi” boshlanish arafasida.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

Muhtasham “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar forumi”ning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.


Forumda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov forum ishtirokchilarini tabriklab, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘lda ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov bilan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilib, yoshlarning taklif va istaklari tinglandi.

Uchrashuvda universitetimiz talabasi, Prezident stipendiyasi sohibi Kamola Toshpo‘latova Qo‘mita raisiga veterinariya va chorvachilik sohasida muzey tashkil etish taklifini bildirdi. Qo‘mita raisi albatta bu yo‘nalishda muzey tashkil etilishini, universitetimiz rektori, professor X.Yunusov esa javobga qo‘shimcha tarzda bu borada universitetimizda allaqachon amaliy ishlar olib borilayotganligi, yangi binoda aynan shu sohaga oid muzey tashkil etilishini bildirdi.

Shuningdek, universitet talabasi Kemal Tokdemir dekarativ va egzotik hayvon turlarini ko‘paytirish taklifini bildirib, ijobiy javob oldi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

MARIYA SOL PEREZ UNIVERSITETIMIZ FAXRIY PROFESSORI

“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi”da so‘z olgan universitetimiz rektori, professor X. Yunusov Qo‘mita tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlarni bir joyga to‘plab, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilishi, yoshlarning taklif va istaklarini tinglab, motivatsion uchrashuvlar, “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilishi Qo‘mita tomonidan yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborning yuksak namoyondasi ekanligini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, Forumda ishtirok etgan AQSH Minnesota universiteti huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlar salomatligi referens markazi direktori o‘rinbosari Mariya Sol Perezga Minnesota universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faxriy professori” unvonini topshirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

Yoshlar ishlari agentligi direktoriga “O‘zbekiston chorvachilik fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi
.

“Yoshlar forumi”da Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi va barchani Forum bilan tabrikladi. Tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirilib borilayotganligini ta’kidladi.

Tadbirda Qo'mita raisi Bahrom Norqobilov Alisher Sa’dullayevga “O’zbekiston chorvachilik fidoyisi” ko’krak nishonini topshirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

SAHNADA UNIVERSITETIMIZ IQTIDORLI TALABALARI

Qo‘mita tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining iqtidorli va ijodkor talabalari tomonidan diltortar kuy-qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

"Veterinariya va chorvachilik sohasining atamalar izohli lug'ati” taqdimot marosimidan lavhalar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

FAN OLIMPIADALARI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI


Fan olimpiadalari bo‘yicha har bir fandan birinchi o‘rinni egallagan 10 nafar iqtidorli talabalar Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan “Yoshlar forumi”da tantanali ravishda taqdirlanib, bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi hamda Qo‘mita raisining maxsus diplomi va planshet topshirildi.


Tanishing, g‘olib talabalar va g'oliblik nashidasi


1.Islomjon Xudoyqulov-Ichki yuqumsiz kasalliklari fani

2.Qahramon Najmiddinov-Hayvonlar morfologiyasi fani

3.Zulxumor Mamayunusova-Veterinariya-sanitariya ekspertizasi fani

4.Og‘abek Temirov-Hayvonlar genetikasi va biotexnologiyasi fani

5.Ozoda Baxtiyorova-Veterinariya zoologiyasi fani

6.Qobiljon Tursunboyev-Hayvonlar patofiziologiyasi fani

7.Otajon Xalilov-Hayvonlar fiziologiyasi fani

8.Laylo Yaxshiboyeva-Hayvonlar biokimiyasi fani

9.Madina Qurbonboyeva–Biologiya fani

10.Ilmira Fozilova–Ekologiya fani.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

O’zbekiston Respublikasi Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar forumi”da Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti delegatsiyasining ishtiroki.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram |Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

“MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI AMALDA


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasi doirasida universitetga tashrif buyurgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar universitet rektori, professor X.Yunusov va boshqa mas’ullar ishtirokida kutib olindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

LOYIHA DOIRASIDA DARAXT KO'CHATLARI EKILDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar ishtirokida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida universitet rektori, professor X.Yunusov hamda mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” doirasida daraxt ko‘chatlari ekildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR VA TALABA-YOSHLAR UCHRASHUVI


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar bilan universitet talaba-yoshlari uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda ijodkorlar ijodiy asarlari, hayotidagi qiziq voqealar, yoshlarning puxta bilim olishlari nechog’lik muhimligi kabi mavzularda so‘z yuritgan bo’lsa, ijodkor talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari barobarida ijod namunalaridan o‘qib berishdi va ijodkorlardan hayotiy saboqlar olishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR SARA ASARLARINI TUHFA ETISHDI


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar o‘zlarining dastxati tushirilgan sara asarlarini universitet kutubxonasiga hamda faol talaba-yoshlarga tuhfa etishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR "ZAKOVAT"DA BELLASHISHDI

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar universitet hizuridagi “Besh muhim tashabbus” markazi qoshida tashkil etilgan “Zakovat” va “Bahs-munozara” klublari faoliyati bilan tanishib, bevosita o'yin ishtirokchisiga aylanishdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

ADIBLAR JOMBOY TUMANIDAGI 17,37 VA 42-UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI ADABIYOT BAYRAMIDA QATNASHISHDI

🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar Jomboy tumanidagi 17,37 va 42-umumta’lim maktablarida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishdi.
Loyiha doirasida adiblar ishtirokida umumta’lim maktablari hududiga ko‘chat ekish, ota-onalar bilan uchrashuv, kitoblar taqdimoti, she’rxonlik, sport musobaqalari, “Eng yaxshi insho” tanlovi o‘tkazililib, eng faol o‘quvchilar rag‘batlantirildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

🔥"GULXAN ATROFI" DA ADABIY-BADIY KECHA

⚡️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar universitet Talabalar turar joyida yoshlar bilan “Gulxan atrofi”da tashkil qilingan ma’naviy kechada O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov qalamiga mansub, “Cho‘li iroq” asaridan teatrlashtirilgan tomosha hamda she’rlaridan parchalar o‘qib, qizg‘in bahs-munozara qilishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

IJODKORLAR VA TALABALAR BIR DASTURXON ATROFIDA


⚡️Universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan ijodkorlar universitet Talabalar turar joyida yoshlar bilan bir dasturxon atrofida milliy taomimiz palovxonto'ra tanavvul qilishib, samimiy subatlar ila she'rxonlik qilishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ijodkorlar_uchrashuv
#Foto_reportaj #Jarayon

⚡️IJODKORLAR ISHTIROKIDA ADABIY-BADIIY KECHA


🔹Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tayotgan “MA’RIFAT ULASHIB” loyihasida qatnashayotgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulov va taniqli ijodkorlar Maqsud Jonixonov hamda Zuhro Eshonqulovalar universitet 2-son TTJda ijodkor talabalar tomonidan tashkil qilingan badiiy kechada ishtirok etishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|