Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
3.83K subscribers
19.2K photos
1.39K videos
86 files
7.17K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi_2021

⚡️“O‘zbekiston yoshlari forumi-2021”ga tez kunlarda start beriladi!

❗️Qadrli talaba-yoshlar, aziz o‘quvchilar 18-dekabrdan 25-dekabrga qadar yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi — “O‘zbekiston yoshlari forumi-2021” boshlanmoqda.

📲 O‘z takliflaringizni yuboring va forumda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ling!

📩 Takliflar uchun havola 👉 https://bit.ly/3GboFtY

Mazkur forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish uchun keng platforma yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilishdan iborat.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (Feruzabonu Mustofoqulova)
#Diqqat
#Yoshlar_forumi
#gala_konsert

📢 O'zbek estrada yulduzlari ishtirokidagi gala-konsertga marhamat!

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilayotgan
YOSHLAR FORUMI doirasida 28-iyun soat 19:00da Samarqand shahridagi "Mo'jiza" amfiteatrida o'zbek estrada yulduzlari Ravshan Sobirov, Oybek va Nigora hamda shahrimizning xushovoz xonandalari ishtirokidagi katta gala-konsert bo'lib o'tadi.

@SDVUM_olami

🏛SamDVMChBU Axborot xizmati
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (Rustam Hayitov)
#Diqqat
#Yoshlar_forumi
#gala_konsert

📢 O'zbek estrada yulduzlari ishtirokidagi gala-konsertga marhamat!

💥 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilayotgan ikkinchi RESPUBLIKA YOSHLAR FORUMI doirasida 15-iyun soat 19:00da Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi amfiteatrida o'zbek estrada yulduzlari Otabek Mutalxo‘jaev va Samir hamda shahrimizning xushovoz xonandalari ishtirokidagi katta gala-konsert bo'lib o'tadi.

🔷Ma'naviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_Forumi

🇺🇿 "БИЗ КУЧЛИМИЗ, БИЛИМДОНМИЗ, ЗАКОВАТЛИМИЗ, ИҚТИДОРЛИМИЗ! Келажакда ўз касбимизнинг чинакам мутахассиси бўламиз! Шунингдек, бўш вақтларимизда ўзимиз ёқтирган машғулотлар билан шуғулланамиз, спортга ҳам вақт топамиз!"

"ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН ЁШЛАРИ, БИРЛАШАЙЛИК!"

🏛 Ахборот хизмати
#Yoshlar_forumi

UNIVERSITET JAMOASI “
YOSHLAR FORUMI”DA ISHTIROK ETISH UCHUN POYTAXTGA JO'NAB KETDI

Bugun Toshkent shahridagi muhtasham “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “
Yoshlar forumi” tashkil etiladi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.Yunusov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va talabalardan iborat delegatsiya mazkur forumda ishtirok etish uchun yo‘lga tushishdi.

Rektor X. Yunusov safar oldidan delegatsiya a'zolariga oq yo'l tilab, "Yoshlar forumi"da yuqori va bayramona kayfiyatda ishtirok etishlarini alohida ta'kidladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

UNIVERSITET DELEGATSIYASI “ZAKOVAT ARENA”DA


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor X.Yunusov boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va talabalardan iborat delegatsiyani O’zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi mas’ul xodimlari “Zakovat arena”da kutib olishdi.


Ayni paytda “Yoshlar forumi” boshlanish arafasida.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

Muhtasham “Zakovat Arena”da O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “
Yoshlar forumi”ning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Forumda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov forum ishtirokchilarini tabriklab, kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarimizning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, bu yo‘lda ulkan ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Qo‘mita raisi Bahrom Norqobilov bilan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlar o‘rtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilib, yoshlarning taklif va istaklari tinglandi.

Uchrashuvda universitetimiz talabasi, Prezident stipendiyasi sohibi Kamola Toshpo‘latova Qo‘mita raisiga veterinariya va chorvachilik sohasida muzey tashkil etish taklifini bildirdi. Qo‘mita raisi albatta bu yo‘nalishda muzey tashkil etilishini, universitetimiz rektori, professor X.Yunusov esa javobga qo‘shimcha tarzda bu borada universitetimizda allaqachon amaliy ishlar olib borilayotganligi, yangi binoda aynan shu sohaga oid muzey tashkil etilishini bildirdi.

Shuningdek, universitet talabasi Kemal Tokdemir dekarativ va egzotik hayvon turlarini ko‘paytirish taklifini bildirib, ijobiy javob oldi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

MARIYA SOL PEREZ UNIVERSITETIMIZ FAXRIY PROFESSORI

“Zakovat Arena”da tashkil etilgan “Yoshlar forumi”da so‘z olgan universitetimiz rektori, professor X. Yunusov Qo‘mita tomonidan tizimda faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin yoshlarni bir joyga to‘plab, “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etilishi, yoshlarning taklif va istaklarini tinglab, motivatsion uchrashuvlar, “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilishi Qo‘mita tomonidan yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborning yuksak namoyondasi ekanligini ta’kidlab, o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Shuningdek, Forumda ishtirok etgan AQSH Minnesota universiteti huzuridagi Oziq-ovqat xavfsizligi va hayvonlar salomatligi referens markazi direktori o‘rinbosari Mariya Sol Perezga Minnesota universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faxriy professori” unvonini topshirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

Yoshlar ishlari agentligi direktoriga “O‘zbekiston chorvachilik fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Yoshlar forumi”da Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi va barchani Forum bilan tabrikladi. Tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgani va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirilib borilayotganligini ta’kidladi.

Tadbirda Qo'mita raisi Bahrom Norqobilov Alisher Sa’dullayevga “O’zbekiston chorvachilik fidoyisi” ko’krak nishonini topshirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

SAHNADA UNIVERSITETIMIZ IQTIDORLI TALABALARI

Qo‘mita tomonidan tashkil etilgan “
Yoshlar forumi” doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining iqtidorli va ijodkor talabalari tomonidan diltortar kuy-qo‘shiqlar yangrab, raqslar ijro etildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

"Veterinariya va chorvachilik sohasining atamalar izohli lug'ati” taqdimot marosimidan lavhalar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

FAN OLIMPIADALARI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI


Fan olimpiadalari bo‘yicha har bir fandan birinchi o‘rinni egallagan 10 nafar iqtidorli talabalar Qo‘mita tomonidan o‘tkazilgan “
Yoshlar forumi”da tantanali ravishda taqdirlanib, bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi hamda Qo‘mita raisining maxsus diplomi va planshet topshirildi.

Tanishing, g‘olib talabalar va g'oliblik nashidasi


1.Islomjon Xudoyqulov-Ichki yuqumsiz kasalliklari fani

2.Qahramon Najmiddinov-Hayvonlar morfologiyasi fani

3.Zulxumor Mamayunusova-Veterinariya-sanitariya ekspertizasi fani

4.Og‘abek Temirov-Hayvonlar genetikasi va biotexnologiyasi fani

5.Ozoda Baxtiyorova-Veterinariya zoologiyasi fani

6.Qobiljon Tursunboyev-Hayvonlar patofiziologiyasi fani

7.Otajon Xalilov-Hayvonlar fiziologiyasi fani

8.Laylo Yaxshiboyeva-Hayvonlar biokimiyasi fani

9.Madina Qurbonboyeva–Biologiya fani

10.Ilmira Fozilova–Ekologiya fani.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_forumi
#Jarayon

O’zbekiston Respublikasi Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo’mitasi tomonidan tashkil etilgan “Yoshlar forumi”da Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti delegatsiyasining ishtiroki.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram |Facebook| Youtube|