Haqsan...
Haqsan, meni mendek sevib bo'lmaydi,
Haqsan, vujudimda tosh qotgan yurak.
Haqsan, meni mendek sevishing uchun
Men kabi bag'ritosh bo'lishing kerak.
Haqsan, ko'zlarimda qovjiragan mung,
Og'riqli sevgining ko'zyoshlari bu.
Haqsan, g'azablarim osmon kabi keng,
Kekkaygan g'aribning bardoshlari bu.
Haqsan, hijronlarga sovurilganman,
Qismatim g'aflatga qorilib ketgan.
Haqsan, ishq o'tida qovurilganman,
Chap ko'ksim paxsadek yorilib ketgan.
Haqsan, kipriklarim ko'zimdan namgir,
Ko'zyosh - mezon kabi o'lchaydi dardim.
Haqsan, tuyg'ularim o'zimdan g'amgir,
Qirqqa ham kirmasdan toldek qaridim.
Haqsan, oshiqlikdan qo'rqaman yomon,
Ruhim hadiksirar kuyib qolishdan.
Haqsan, mening qalbim emasdir omon,
Balki, charchaganman sevib qolishdan.
Haqsan, ojizlikda tengim yo'q mening,
Ishq taraf tashlagan qadamlarim oz.
Haqsan, muhabbatda ongim yo'q mening,
Aql bilan sevish bilmam kimga xos?
Haqsan, yuraksizga qiyos et meni,
Yuraksizga yurak berib bo'lmaydi.
Haqman, achinmasdan tashlab ket meni,
Tushun, meni mendek sevib bo'lmaydi.
Haqsan...
✍️ Solih Sulton / 2022
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Haqsan, meni mendek sevib bo'lmaydi,
Haqsan, vujudimda tosh qotgan yurak.
Haqsan, meni mendek sevishing uchun
Men kabi bag'ritosh bo'lishing kerak.
Haqsan, ko'zlarimda qovjiragan mung,
Og'riqli sevgining ko'zyoshlari bu.
Haqsan, g'azablarim osmon kabi keng,
Kekkaygan g'aribning bardoshlari bu.
Haqsan, hijronlarga sovurilganman,
Qismatim g'aflatga qorilib ketgan.
Haqsan, ishq o'tida qovurilganman,
Chap ko'ksim paxsadek yorilib ketgan.
Haqsan, kipriklarim ko'zimdan namgir,
Ko'zyosh - mezon kabi o'lchaydi dardim.
Haqsan, tuyg'ularim o'zimdan g'amgir,
Qirqqa ham kirmasdan toldek qaridim.
Haqsan, oshiqlikdan qo'rqaman yomon,
Ruhim hadiksirar kuyib qolishdan.
Haqsan, mening qalbim emasdir omon,
Balki, charchaganman sevib qolishdan.
Haqsan, ojizlikda tengim yo'q mening,
Ishq taraf tashlagan qadamlarim oz.
Haqsan, muhabbatda ongim yo'q mening,
Aql bilan sevish bilmam kimga xos?
Haqsan, yuraksizga qiyos et meni,
Yuraksizga yurak berib bo'lmaydi.
Haqman, achinmasdan tashlab ket meni,
Tushun, meni mendek sevib bo'lmaydi.
Haqsan...
✍️ Solih Sulton / 2022
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Sog’inganda onajonimni.
(Onasizlar talabiga)
Eslamasam eslamas birov,
Dardlarimni tinglamas birov,
O’ksib-o’ksib qolaman darrov,
Sog’inganda onajonimni.
Qachon meni bu ko’nglim to’lar,
Dardlar meni qachon tinch qo’yar,
Ko’zim yoshga limolim to’lar,
Sog’inganda onajonimni.
Mol-u dunyo kerakmas endi,
Ko’nglim sira yorishmas endi,
Ko’zimda yosh to’xtamas endi,
Sog’inganda onajonimni,
Xudo sinar bu bardoshimni,
Tami chatoq yegan oshimni,
Qayga uray endi boshimni,
Sog’inganda onajonimni.
Bozorlardan romol olaman,
Onamga deb hayol suraman,
Dunyolarga sig’may qolaman,
Sog’inganda onajonimni.
Eslamasam eslamas birov,
Dardlarimni tinglamas birov,
O’ksib-o’ksib qolaman darrov,
Sog’inganda onajonimni.
19:30.30.11.2023 yangi sher 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
(Onasizlar talabiga)
Eslamasam eslamas birov,
Dardlarimni tinglamas birov,
O’ksib-o’ksib qolaman darrov,
Sog’inganda onajonimni.
Qachon meni bu ko’nglim to’lar,
Dardlar meni qachon tinch qo’yar,
Ko’zim yoshga limolim to’lar,
Sog’inganda onajonimni.
Mol-u dunyo kerakmas endi,
Ko’nglim sira yorishmas endi,
Ko’zimda yosh to’xtamas endi,
Sog’inganda onajonimni,
Xudo sinar bu bardoshimni,
Tami chatoq yegan oshimni,
Qayga uray endi boshimni,
Sog’inganda onajonimni.
Bozorlardan romol olaman,
Onamga deb hayol suraman,
Dunyolarga sig’may qolaman,
Sog’inganda onajonimni.
Eslamasam eslamas birov,
Dardlarimni tinglamas birov,
O’ksib-o’ksib qolaman darrov,
Sog’inganda onajonimni.
19:30.30.11.2023 yangi sher 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
TO’YIMGA KELARSIZ🥰
Kuz ham o’tib ketdi shoshilganim yo’q,
Shu yil uylanaman qishda ayozda.
Sizga taklifnoma berib kelaman,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Oshiqlaringiz ko’p sizni talashar,
Ular bilishmaydi siz menga mosda.
Ota onangizdan ruxsat olganman,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Siz meni baxtimsiz so’zlarim rostda.
Nozlaringiz endi unutib turing,
Go’zal kelin bo’ling o’n yetti yoshda.
Maktabim tugasin hech bo’lmasa deb,
Umrimni oldingiz unaqa masda.
Sizdan so’ramay ham to’yni boshladim,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Hali yoshsiz dedim ko’nglingiz oldim,
Uch yil o’tib ketti qarang bir pasta.
Kelinsiz to’y bo’lmas baxtim ham kulmas,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Siz meni baxtimsiz so’zlarim rostda.
Nozlaringiz endi unutib turing,
Go’zal kelin bo’ling o’n yetti yoshda.
00:30.04.12.2023 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Kuz ham o’tib ketdi shoshilganim yo’q,
Shu yil uylanaman qishda ayozda.
Sizga taklifnoma berib kelaman,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Oshiqlaringiz ko’p sizni talashar,
Ular bilishmaydi siz menga mosda.
Ota onangizdan ruxsat olganman,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Siz meni baxtimsiz so’zlarim rostda.
Nozlaringiz endi unutib turing,
Go’zal kelin bo’ling o’n yetti yoshda.
Maktabim tugasin hech bo’lmasa deb,
Umrimni oldingiz unaqa masda.
Sizdan so’ramay ham to’yni boshladim,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Hali yoshsiz dedim ko’nglingiz oldim,
Uch yil o’tib ketti qarang bir pasta.
Kelinsiz to’y bo’lmas baxtim ham kulmas,
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
To’yimga kelarsiz oppoq libosda.
Siz meni baxtimsiz so’zlarim rostda.
Nozlaringiz endi unutib turing,
Go’zal kelin bo’ling o’n yetti yoshda.
00:30.04.12.2023 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Telefonim titma xotin.
Erkaklar dardi.
Yurak tinmay qaltiraydi
Tillo tishin yaltiraydi.
Habarlar ham toʻxtamaydi
Telefonim titma xotin.
Quvvati yoʻq oʻchib qolar
Uchrashuvim yodga solar.
Qovogʻingdan yurak yonar,
Telefonim titma xotin.
Soʻramagin kim bu deya,
Yuribmanku bagʻrim tila.
Toʻymadingmi asab yeya
Telefonim titma xotin.
Uyda yursam doim notinch,
Kavlamasang yuragim tinch.
Qancha qilay sendan oʻtinch
Telefonim titma xotin.
Gʻalvalardan boshim garang
Asablarim qilma tarang.
Mushtlarimni tutdim arang
Telefonim titma xotin.
Sanamlardan a'lo oʻzing,
Jonim olar aytgan soʻzing.
Oʻynamasin hay hay koʻzing
Telefonim titma xotin.
Asablaring hali kerak,
Pand bermasin deyman yurak.
Senga aytdim yaxshi tilak
Telefonim titma xotin.
Topolmaysan yóqdir qizlar,
Yuragimda faqat sizlar.
Ahmoqmasman qolmas izlar,
Telefonim titma xotin.
Rózgʻor ishing qilgin tezroq,
Nasihatim olgin ozroq.
Erkalatsam hamki biroq
Telefonim titma xotin.
IRODAXON QOSIMOVA.
06.10.2022. 21:20.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Erkaklar dardi.
Yurak tinmay qaltiraydi
Tillo tishin yaltiraydi.
Habarlar ham toʻxtamaydi
Telefonim titma xotin.
Quvvati yoʻq oʻchib qolar
Uchrashuvim yodga solar.
Qovogʻingdan yurak yonar,
Telefonim titma xotin.
Soʻramagin kim bu deya,
Yuribmanku bagʻrim tila.
Toʻymadingmi asab yeya
Telefonim titma xotin.
Uyda yursam doim notinch,
Kavlamasang yuragim tinch.
Qancha qilay sendan oʻtinch
Telefonim titma xotin.
Gʻalvalardan boshim garang
Asablarim qilma tarang.
Mushtlarimni tutdim arang
Telefonim titma xotin.
Sanamlardan a'lo oʻzing,
Jonim olar aytgan soʻzing.
Oʻynamasin hay hay koʻzing
Telefonim titma xotin.
Asablaring hali kerak,
Pand bermasin deyman yurak.
Senga aytdim yaxshi tilak
Telefonim titma xotin.
Topolmaysan yóqdir qizlar,
Yuragimda faqat sizlar.
Ahmoqmasman qolmas izlar,
Telefonim titma xotin.
Rózgʻor ishing qilgin tezroq,
Nasihatim olgin ozroq.
Erkalatsam hamki biroq
Telefonim titma xotin.
IRODAXON QOSIMOVA.
06.10.2022. 21:20.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
#Premyera
TO'YINGDA O'YNADIM
Ruxsatsiz kirganding ko'ngil uyimga,
Men ham so'ramasdan bordim to'yinga.
Ko'rdingmi tushganim qanday o'yinga,
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Alamlar o'tida yonib o'ynadim,
Yolg'on dunyolardan tonib o'ynadim.
Ko'zlarim yoshiga qonib o'ynadim,
Bilaman seni ham qiynadim
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Bu telba holimni ko'rganlar kuldi,
Hatto qarsak chalib turganlar kuldi.
Nima bo'lgan bo'lsa o'zimdan bo'ldi,
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Aytsam kelasanmi to'yimga sen ham,
Tushasanmi mendek o'yinga sen ham.
Afsuslar qilsam ham ertaga,
Men bugun o'ynadim to'yingda.
Ichmadim may yoki sharobni,
Ko'rdingmi men holi harobni.
Oshiqlar bilar bu azobni,
To'yingda o'ynadim to'yingda.
Ruxsatsiz kirganding ko'ngil uyimga,
Men ham so'ramasdan bordim to'yinga.
Ko'rdingmi tushganim qanday o'yinga,
To'yingda o'ynadim to'yingda.
✍️SODIQ_YO'LDOSHEV 11.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
TO'YINGDA O'YNADIM
Ruxsatsiz kirganding ko'ngil uyimga,
Men ham so'ramasdan bordim to'yinga.
Ko'rdingmi tushganim qanday o'yinga,
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Alamlar o'tida yonib o'ynadim,
Yolg'on dunyolardan tonib o'ynadim.
Ko'zlarim yoshiga qonib o'ynadim,
Bilaman seni ham qiynadim
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Bu telba holimni ko'rganlar kuldi,
Hatto qarsak chalib turganlar kuldi.
Nima bo'lgan bo'lsa o'zimdan bo'ldi,
To'yingda o'ynadim to'yingda...
Aytsam kelasanmi to'yimga sen ham,
Tushasanmi mendek o'yinga sen ham.
Afsuslar qilsam ham ertaga,
Men bugun o'ynadim to'yingda.
Ichmadim may yoki sharobni,
Ko'rdingmi men holi harobni.
Oshiqlar bilar bu azobni,
To'yingda o'ynadim to'yingda.
Ruxsatsiz kirganding ko'ngil uyimga,
Men ham so'ramasdan bordim to'yinga.
Ko'rdingmi tushganim qanday o'yinga,
To'yingda o'ynadim to'yingda.
✍️SODIQ_YO'LDOSHEV 11.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Qo’qonlik qizlarga😅
Osmondagi oydan ustundek go’yo,
Gap gapirsang o’jar sira ko’nmaydi.
O’zgachami bilmam ular hayronman,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Man ham Qo’qonlikman bo’ydoqman hali,
Onam uzoqlardan kelin qilmaydi.
Uylan uylan deysiz ayib mendami?
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Sevgi isxor qildim sevib ko’pini,
Topolmadim netay qalbga yo’lini,
Ushlatmaydi ular hatto qo’lini,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Qulog’im kar soqov emasman axir,
Ko’nglim qordek toza topolmaysiz kir,
Sevdim desang jerkib bergani og’ir,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Balki otasi bergan yigitga tegar,
Savodsizman biroz aqlim yetmaydi.
Hech qachon unutma Qodir do’stim sen,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
02:30.14.10.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Osmondagi oydan ustundek go’yo,
Gap gapirsang o’jar sira ko’nmaydi.
O’zgachami bilmam ular hayronman,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Man ham Qo’qonlikman bo’ydoqman hali,
Onam uzoqlardan kelin qilmaydi.
Uylan uylan deysiz ayib mendami?
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Sevgi isxor qildim sevib ko’pini,
Topolmadim netay qalbga yo’lini,
Ushlatmaydi ular hatto qo’lini,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Qulog’im kar soqov emasman axir,
Ko’nglim qordek toza topolmaysiz kir,
Sevdim desang jerkib bergani og’ir,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
Balki otasi bergan yigitga tegar,
Savodsizman biroz aqlim yetmaydi.
Hech qachon unutma Qodir do’stim sen,
Qo’qonlik qizlarga yoqib bo’lmaydi.
02:30.14.10.2023
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
ДУНЁ
Фалак оҳ урганда булутлар пайдо.
Кўз ёши тиқилиб, ҳиқиллар булут.
Қоп қора либосин кийибди дунё,
Тоғларда чайқалиш, шамолда сукут.
Зулм - ғариблигин тан олмас офат,
Қутурган нафс наҳот занжир ечибди.
Бу дунё овчидир, тўймас, очофат,
Бегуноҳ чечаклар қонин ичибди
Қуллигин унутган қуллар хушхандон,
Қулоғим том битди дийдиёсидан.
Кеча кундузини тополмай сарсон.
Бош олиб кетаман бу дунёсидан
✍️Дилдора Абдиназарова
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Фалак оҳ урганда булутлар пайдо.
Кўз ёши тиқилиб, ҳиқиллар булут.
Қоп қора либосин кийибди дунё,
Тоғларда чайқалиш, шамолда сукут.
Зулм - ғариблигин тан олмас офат,
Қутурган нафс наҳот занжир ечибди.
Бу дунё овчидир, тўймас, очофат,
Бегуноҳ чечаклар қонин ичибди
Қуллигин унутган қуллар хушхандон,
Қулоғим том битди дийдиёсидан.
Кеча кундузини тополмай сарсон.
Бош олиб кетаман бу дунёсидан
✍️Дилдора Абдиназарова
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
LAYK👍 haqida hazil she'r...
Aylanayin zamondan,
Hamma kamtar boʻp ketdi.
Tandiqlar chetda qolib,
Dunyo laykchi boʻp ketdi.
Pora juda hijolat,
Bir chetda qolib ketdi.
Omadin laykka berib,
Boshini egib ketdi.
Ne koʻrgulik,hatolik,
Dunyo qayga ketmoqda.
Layk bosib, ovoz yigʻib,
Bilmam nedan yutmoqda.
Avvallar boʻlar edi,
Tarbiyali ertaklar.
Layk bosing deb qilpillar,
Koʻylak kiygan erkaklar.
Ayollar ham ibosin
Laykka qoʻshib sotvordi.
Uzun sochlarin qirqib,
Roʻmollarin otvordi.
Chaqaloq tugʻilmasdan
Selfi qilish boshlandi.
Layklar soni koʻp ekan
Koʻrib dilim gʻashlandi.
Hayhot, adolat ham jim,
Indamaydi, bilmaydi.
Bu layklarga chek qoʻyib,
Yakun, barham bermaydi.
Yurgan, turgan qolmadi
Bariga layk bosildi.
Oriyat, ibo hayo,
Chidolmadi,osildi.
Layklar soni hal qilar
Endi barcha yumushni
Bilmam shu ham hayotmi
Oʻnglarmikan turmushni.
Ota meros deb bizdan
Shu layklar qolar endi.
Hadis kitob, matallar,
Oʻtmishga ertak endi.
Arzim yagona holos
Hayot laykli boʻlmasin.
Umrimiz oz gʻanimat
Laykla oʻtib ketmasin.
IRODAXON QOSIMOVA.
20.09.2022. 20:20.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Aylanayin zamondan,
Hamma kamtar boʻp ketdi.
Tandiqlar chetda qolib,
Dunyo laykchi boʻp ketdi.
Pora juda hijolat,
Bir chetda qolib ketdi.
Omadin laykka berib,
Boshini egib ketdi.
Ne koʻrgulik,hatolik,
Dunyo qayga ketmoqda.
Layk bosib, ovoz yigʻib,
Bilmam nedan yutmoqda.
Avvallar boʻlar edi,
Tarbiyali ertaklar.
Layk bosing deb qilpillar,
Koʻylak kiygan erkaklar.
Ayollar ham ibosin
Laykka qoʻshib sotvordi.
Uzun sochlarin qirqib,
Roʻmollarin otvordi.
Chaqaloq tugʻilmasdan
Selfi qilish boshlandi.
Layklar soni koʻp ekan
Koʻrib dilim gʻashlandi.
Hayhot, adolat ham jim,
Indamaydi, bilmaydi.
Bu layklarga chek qoʻyib,
Yakun, barham bermaydi.
Yurgan, turgan qolmadi
Bariga layk bosildi.
Oriyat, ibo hayo,
Chidolmadi,osildi.
Layklar soni hal qilar
Endi barcha yumushni
Bilmam shu ham hayotmi
Oʻnglarmikan turmushni.
Ota meros deb bizdan
Shu layklar qolar endi.
Hadis kitob, matallar,
Oʻtmishga ertak endi.
Arzim yagona holos
Hayot laykli boʻlmasin.
Umrimiz oz gʻanimat
Laykla oʻtib ketmasin.
IRODAXON QOSIMOVA.
20.09.2022. 20:20.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Birinchi qor bilan qadrdonlarim
Qor otar osmonga boqaman hayron,
Ko'nglimda izohsiz ajib hayajon.
Olmaganlar sotib oling soyabon,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Dekabr, ertagi boshlandi qishning,
Kumushrang ko'zlari yoshlandi qishning.
O'zgacha gashti bor qorda yurishning,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Tomdan chanalarni tushuring endi,
Kuzgi ginalarni o'chiring endi.
Hafa qilganlarni kechiring endi,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Nega qorning rangi oq deb o'ylayman,
Ammo fizikani yaxshi bilmayman.
Bugun qorni koptok qilib o'ynayman,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Qarang qorda qolgan izlar chiroyli,
Tarnovlarda qotgan muzlar chiroyli.
Sovuqdan qizargan yuzlar chiroyli,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Daraxt shohlariga qo'ngan parchalar,
Oq bo'yinbog' taqib olgan archalar.
Oysiz ham yop-yorug' oydin kechalar,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Qorbobolar yasang qo'lingiz bilan,
Qizlaringiz bilan o'g'lingiz bilan.
Yuragingiz bilan ko'nglingiz bilan,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Oppoq kabutarlar, oppoq laylaklar,
Hokisor tuproqlar, olis falaklar.
Umri osudalar, joni halaklar,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim!.
✍Sodiq_Yo'ldoshev
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Qor otar osmonga boqaman hayron,
Ko'nglimda izohsiz ajib hayajon.
Olmaganlar sotib oling soyabon,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Dekabr, ertagi boshlandi qishning,
Kumushrang ko'zlari yoshlandi qishning.
O'zgacha gashti bor qorda yurishning,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Tomdan chanalarni tushuring endi,
Kuzgi ginalarni o'chiring endi.
Hafa qilganlarni kechiring endi,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Nega qorning rangi oq deb o'ylayman,
Ammo fizikani yaxshi bilmayman.
Bugun qorni koptok qilib o'ynayman,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Qarang qorda qolgan izlar chiroyli,
Tarnovlarda qotgan muzlar chiroyli.
Sovuqdan qizargan yuzlar chiroyli,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Daraxt shohlariga qo'ngan parchalar,
Oq bo'yinbog' taqib olgan archalar.
Oysiz ham yop-yorug' oydin kechalar,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Qorbobolar yasang qo'lingiz bilan,
Qizlaringiz bilan o'g'lingiz bilan.
Yuragingiz bilan ko'nglingiz bilan,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim.
Oppoq kabutarlar, oppoq laylaklar,
Hokisor tuproqlar, olis falaklar.
Umri osudalar, joni halaklar,
Birinchi qor bilan qadrdonlarim!.
✍Sodiq_Yo'ldoshev
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Nahot ko'ngilsiz...
Endi ikkimizga begonadir baxt,
Endi ikkimizga yaqindir firoq.
Sen-ku, hissizlikning bo'yidan karaxt,
Men-chi, poyingdagi bir uyum tuproq.
Hanuz ezg'ilaysan, hanuz ezasan,
Nahot yuraksizsan, nahot ko'ngilsiz.
Baxtim ekanliging qachon sezasan?
Meni baxtsizlikka duchor etgan qiz!
© Solih Sulton | 10.12.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Endi ikkimizga begonadir baxt,
Endi ikkimizga yaqindir firoq.
Sen-ku, hissizlikning bo'yidan karaxt,
Men-chi, poyingdagi bir uyum tuproq.
Hanuz ezg'ilaysan, hanuz ezasan,
Nahot yuraksizsan, nahot ko'ngilsiz.
Baxtim ekanliging qachon sezasan?
Meni baxtsizlikka duchor etgan qiz!
© Solih Sulton | 10.12.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Gulyuzim
Yonaman-u, kuyaman,
Yuragimni o'yaman.
Nima qilay, sevaman
Seni gulyuzim!
Asabimni o'ynaysan,
Noz qilishing qo'ymaysan.
Kuydirib hech to'ymaysan,
Meni gulyuzim!
Kulishlaring ajoyib,
Yurishkaring g'aroyib.
Sevib qolganimmi ayb?
Nega gulyuzim?
Dardisarim, bedardim,
Aytayinmi ne dardim?
Sendan boshqa yo'q dardim,
Netay, gulyuzim!
Yona-yona, yondim-ey!
Yonib-yonib kuydim-ey!
Seni qaydan suydim-ey!
Gulyuzim!
© Solih Sulton | 12.10.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Yonaman-u, kuyaman,
Yuragimni o'yaman.
Nima qilay, sevaman
Seni gulyuzim!
Asabimni o'ynaysan,
Noz qilishing qo'ymaysan.
Kuydirib hech to'ymaysan,
Meni gulyuzim!
Kulishlaring ajoyib,
Yurishkaring g'aroyib.
Sevib qolganimmi ayb?
Nega gulyuzim?
Dardisarim, bedardim,
Aytayinmi ne dardim?
Sendan boshqa yo'q dardim,
Netay, gulyuzim!
Yona-yona, yondim-ey!
Yonib-yonib kuydim-ey!
Seni qaydan suydim-ey!
Gulyuzim!
© Solih Sulton | 12.10.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
#ПРЕМЬЕРА
🔥Онам билан...
Тайёрланинг Онажон бугун,
Бир шахарга бориб келамиз...
Дунёдаги жамийки завқни,
Кўнглимизга солиб келамиз...
«Ресторан»лар бизга мунтазир,
Таомларнинг саралари тахт...
Қўйгин болам демангда ахир,
Сизга хизмат қилмоқлигим бахт...
«Концерт»ларми, гуллар сайлими,
Кутиб турар изларингизни...
Тортинмасдан юринг майлими,
Кўрай шодон юзларингизни...
Сизга манзур келдими шаҳар,
Фавворалар жилваси қалай...
Ўндан бирин кўрсатдим ҳали,
Кўрсатмаган жойларим талай...
Қўшиқ айтиб кўрамизми бир,
Гоҳо уйда куйлар эдингиз...
«Караоке»ми нимайдия бу,
Кирамизми нима дедингиз...
Ана юринг янгиси экан,
Қанақадир ўзбек кинони...
«Кинотеатр» деб қўйишибди,
Телевизори катта бинони...
«Бутик»ларга кириб кўрайлик,
Энг зўр кўйлак олиб бераман...
Жавонингиз ичига янги,
Кўйлакларни солиб бераман...
«Салон»га ҳам кирардик аммо,
Хизматлари шарт эмас бизга...
Кўриб шундай чиройингизни,
Ҳурлар ҳавас қилади сизга...
Суратларга тушамиз келинг,
Мухрлансин тарихга бу кун...
Арзимайди минг йил хизматим,
Бир кечалик аллангиз учун...
Энди уйга кеттик волидам,
Эртага ҳам олиб келаман...
Дунёдаги жамийки завқни,
Кўнглингизга солиб келаман...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
🔥Онам билан...
Тайёрланинг Онажон бугун,
Бир шахарга бориб келамиз...
Дунёдаги жамийки завқни,
Кўнглимизга солиб келамиз...
«Ресторан»лар бизга мунтазир,
Таомларнинг саралари тахт...
Қўйгин болам демангда ахир,
Сизга хизмат қилмоқлигим бахт...
«Концерт»ларми, гуллар сайлими,
Кутиб турар изларингизни...
Тортинмасдан юринг майлими,
Кўрай шодон юзларингизни...
Сизга манзур келдими шаҳар,
Фавворалар жилваси қалай...
Ўндан бирин кўрсатдим ҳали,
Кўрсатмаган жойларим талай...
Қўшиқ айтиб кўрамизми бир,
Гоҳо уйда куйлар эдингиз...
«Караоке»ми нимайдия бу,
Кирамизми нима дедингиз...
Ана юринг янгиси экан,
Қанақадир ўзбек кинони...
«Кинотеатр» деб қўйишибди,
Телевизори катта бинони...
«Бутик»ларга кириб кўрайлик,
Энг зўр кўйлак олиб бераман...
Жавонингиз ичига янги,
Кўйлакларни солиб бераман...
«Салон»га ҳам кирардик аммо,
Хизматлари шарт эмас бизга...
Кўриб шундай чиройингизни,
Ҳурлар ҳавас қилади сизга...
Суратларга тушамиз келинг,
Мухрлансин тарихга бу кун...
Арзимайди минг йил хизматим,
Бир кечалик аллангиз учун...
Энди уйга кеттик волидам,
Эртага ҳам олиб келаман...
Дунёдаги жамийки завқни,
Кўнглингизга солиб келаман...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Bu dunyoda buncha yolg’on ko’p ekan,
Yaxshilikka yomonlik qaytyabdi ona.
Nima qilsam hammaga birday yoqaman,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Endi yonib sevdim deganda alam,
Bevafolik qilib ketyabdi sanam.
Ezar meni qarang bugun dardu g’am,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Do’stlarimga keraksiz bo’lib qolyabman,
Chunki qo’limdan omad ketyabdi ona.
Naxot pulimga do’stmi do’stman deganlar,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Egri yo’lga kirgan qancha qadamlar,
Tunda ko’cha kezar qoshi qalamlar,
Birovning haqqidan qo’rqmas odamlar,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Dardga to’lib ketsam sherlar yozaman,
Daftarim ham sherga to’lyabdi Ona.
Meni ko’p o’ylamang shunchaki biroz,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
02:15.07.10.2023 yangi sher 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Bu dunyoda buncha yolg’on ko’p ekan,
Yaxshilikka yomonlik qaytyabdi ona.
Nima qilsam hammaga birday yoqaman,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Endi yonib sevdim deganda alam,
Bevafolik qilib ketyabdi sanam.
Ezar meni qarang bugun dardu g’am,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Do’stlarimga keraksiz bo’lib qolyabman,
Chunki qo’limdan omad ketyabdi ona.
Naxot pulimga do’stmi do’stman deganlar,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Egri yo’lga kirgan qancha qadamlar,
Tunda ko’cha kezar qoshi qalamlar,
Birovning haqqidan qo’rqmas odamlar,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
Dardga to’lib ketsam sherlar yozaman,
Daftarim ham sherga to’lyabdi Ona.
Meni ko’p o’ylamang shunchaki biroz,
Yuragim siqilib qolyabdi ona.
02:15.07.10.2023 yangi sher 👆
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
НИГОҲИНГГА ТЕРМУЛСАМ...
Дунё ўтаверар, қулоқ тутмайди,
Ҳеч кимнинг ташвиши, ох-вохларингга.
Мен ҳам дунё ишин бир четга суриб,
Майлими, термулсам нигоҳларингга?!
Бир назар солишинг дилни боғ этар,
Эҳтимол ўша чоғ дардларим кетар.
Минг йил суратингга термулдим, етар,
Майлими, термулсам нигоҳларингга?!
Муаллақ қотарди дунё, сув, ҳаво,
Заминда янграрди ёқимли наво.
Мангу соғинчимга топардим даво,
Майлими термулсам нигоҳларингга?!
Она алласидан маст гўдак мисол,
Бўй қиз кулгусидек шарқироқ, хушхол.
Азизим, сўрарим биргина савол,
Майлими термулсам нигоҳларингга?!
Бошқа нени сўрай, бўлак истак йўқ,
Васлинг орзусидан гўзал тилак йўқ.
Юракка қадалган бир оловли ўқ,
Майлими термулсам нигоҳларингга?!
✍ Дилобар Ўролова
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Дунё ўтаверар, қулоқ тутмайди,
Ҳеч кимнинг ташвиши, ох-вохларингга.
Мен ҳам дунё ишин бир четга суриб,
Майлими, термулсам нигоҳларингга?!
Бир назар солишинг дилни боғ этар,
Эҳтимол ўша чоғ дардларим кетар.
Минг йил суратингга термулдим, етар,
Майлими, термулсам нигоҳларингга?!
Муаллақ қотарди дунё, сув, ҳаво,
Заминда янграрди ёқимли наво.
Мангу соғинчимга топардим даво,
Майлими термулсам нигоҳларингга?!
Она алласидан маст гўдак мисол,
Бўй қиз кулгусидек шарқироқ, хушхол.
Азизим, сўрарим биргина савол,
Майлими термулсам нигоҳларингга?!
Бошқа нени сўрай, бўлак истак йўқ,
Васлинг орзусидан гўзал тилак йўқ.
Юракка қадалган бир оловли ўқ,
Майлими термулсам нигоҳларингга?!
✍ Дилобар Ўролова
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Yig'loqiginam
Yig'la, hovuchimni tutib turaman,
To'lsa, ko'zlarimning kosasiga quy!
Sen yig'lab bo'lguncha jimib turaman,
So'zlarim yarangni tig'lamasin, qo'y!
Yig'la, ko'zyoshlaring yuvsin yuzingni,
Ro'molchani qo'ygin, artma matoga.
Indama, o'zingni o'z holingga qo'y,
Ko'zyoshlaring borib yetsin Xudoga!
Yig'la, ko'zyoshingni artaman o'zim!
Sen qo'rqma, hadikma, qilmayman ta'na.
Axir, men ularga o'xshamayman-ku,
Olisda ustingdan kulyapti, ana!
Yig'la, o'shalarga berma e'tibor,
Menga ko'zyoshingdan quyib bergin sen.
Chalg'ima, cho'chima, hech ikkilanmay,
Ularni Xudoga qo'yib bergin sen!
Yig'la, ayamasdan kipriklaringni,
To'xtatma, ko'zyoshing daryoday oqsin.
Dardingdan qo'shib qo'y ko'zyoshlaringga,
Borib boshlariga baloday yog'sin!
Yig'la, faqatgina soxta bo'lmasin,
Yig'lasang chin dildan, yurakdan yig'la!
Seni yig'latganlar yonib to'ymasin.
Yig'lasang Robbim de, Xudo deb yig'la!
Yig'la, dilginangni qilavergin to'q.
Hech kimdan uyalma yig'la, yig'layver!
Robbimdan o'zgaga keragimiz yo'q,
Yig'loqiginam, yig'la, yig'layver...!!!
✍️ Solih Sulton / 2022
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Yig'la, hovuchimni tutib turaman,
To'lsa, ko'zlarimning kosasiga quy!
Sen yig'lab bo'lguncha jimib turaman,
So'zlarim yarangni tig'lamasin, qo'y!
Yig'la, ko'zyoshlaring yuvsin yuzingni,
Ro'molchani qo'ygin, artma matoga.
Indama, o'zingni o'z holingga qo'y,
Ko'zyoshlaring borib yetsin Xudoga!
Yig'la, ko'zyoshingni artaman o'zim!
Sen qo'rqma, hadikma, qilmayman ta'na.
Axir, men ularga o'xshamayman-ku,
Olisda ustingdan kulyapti, ana!
Yig'la, o'shalarga berma e'tibor,
Menga ko'zyoshingdan quyib bergin sen.
Chalg'ima, cho'chima, hech ikkilanmay,
Ularni Xudoga qo'yib bergin sen!
Yig'la, ayamasdan kipriklaringni,
To'xtatma, ko'zyoshing daryoday oqsin.
Dardingdan qo'shib qo'y ko'zyoshlaringga,
Borib boshlariga baloday yog'sin!
Yig'la, faqatgina soxta bo'lmasin,
Yig'lasang chin dildan, yurakdan yig'la!
Seni yig'latganlar yonib to'ymasin.
Yig'lasang Robbim de, Xudo deb yig'la!
Yig'la, dilginangni qilavergin to'q.
Hech kimdan uyalma yig'la, yig'layver!
Robbimdan o'zgaga keragimiz yo'q,
Yig'loqiginam, yig'la, yig'layver...!!!
✍️ Solih Sulton / 2022
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
MEN KETAMAN...
Qancha she'rlar yozdim toʻlib toʻkilib,
Gʻam alamlar qopi ketdi soʻkilib.
Goʻzal orzularim osmonga ilib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Ayriliq kuyiga chunon oʻynadim,
Baxtsizlik kelsa ham baxtdan kuyladim.
Yurak istagingni hamon bilmadim
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Chorlaydi yulduzlar kel deb yonimga,
Oymomo allasi huzur jonimga.
Hasta yuragimni tashlab poyingga
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Kuyib ketsa yurak, oʻzgani suysang,
Pichirlab qulogʻiga sevaman desang.
Roziman sevgimni qabrga koʻmsang
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Farishta misoli koʻkni kezaman,
Qachondir eslaysan dildan sezaman.
Sogʻinsam dunyoni dod deb buzaman,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Yuzlaring silayman shabboda boʻlib,
Yurak alamlarga qoldiku toʻlib.
Men shodon emasman, boryapman soʻlib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Yonmay boshqa yuragimga muz tashla,
Yigʻlamayman, mayli dilimni gʻashla.
Men roziman, oʻzgaga ishq bagʻishla,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Men ketaman...
IRODAXON QOSIMOVA.
22.03.2022. 19:20
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Qancha she'rlar yozdim toʻlib toʻkilib,
Gʻam alamlar qopi ketdi soʻkilib.
Goʻzal orzularim osmonga ilib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Ayriliq kuyiga chunon oʻynadim,
Baxtsizlik kelsa ham baxtdan kuyladim.
Yurak istagingni hamon bilmadim
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Chorlaydi yulduzlar kel deb yonimga,
Oymomo allasi huzur jonimga.
Hasta yuragimni tashlab poyingga
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Kuyib ketsa yurak, oʻzgani suysang,
Pichirlab qulogʻiga sevaman desang.
Roziman sevgimni qabrga koʻmsang
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Farishta misoli koʻkni kezaman,
Qachondir eslaysan dildan sezaman.
Sogʻinsam dunyoni dod deb buzaman,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Yuzlaring silayman shabboda boʻlib,
Yurak alamlarga qoldiku toʻlib.
Men shodon emasman, boryapman soʻlib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Yonmay boshqa yuragimga muz tashla,
Yigʻlamayman, mayli dilimni gʻashla.
Men roziman, oʻzgaga ishq bagʻishla,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Men ketaman...
IRODAXON QOSIMOVA.
22.03.2022. 19:20
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
#ПРЕМЬЕРА
🔥Янги йил келмоқда...
Кулайми, йиғлайми билолмай қолдим,
Аламдан кўнглимни қўйдим ҳоритиб,
Юрагим эзилиб ўйларга толдим,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Сочининг оқлари кўпайиб яна,
Томирлар бўртибди қўлларда ана,
Ўтиб кетибдида бир йил ҳам мана,
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
Белларин букибди йиллар шамоли,
Йироқлаб кетибди ёшликнинг соли,
Менку яшаяпман дардлардан ҳоли,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Жарангдор овози пастлашиб бироз,
Юзини ажинлар қилибди пардоз,
Қалбимдан чиқади оғриқли овоз,
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
Ўйласам, тинмайин ўртанар дилим,
Юракка заррача сиғмайди қилим,
Шамолдай ўтибди яна бир йилим,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Нималар олдиму, нималар бердим,
Қачон хасратлашиб дардларин тердим,
Мен нодон янги йил зўр байрам дердим,
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
Кулайми, йиғлайми билолмай қолдим,
Аламдан кўнглимни қўйдим ҳоритиб,
Юрагим эзилиб ўйларга толдим,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
🔥Янги йил келмоқда...
Кулайми, йиғлайми билолмай қолдим,
Аламдан кўнглимни қўйдим ҳоритиб,
Юрагим эзилиб ўйларга толдим,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Сочининг оқлари кўпайиб яна,
Томирлар бўртибди қўлларда ана,
Ўтиб кетибдида бир йил ҳам мана,
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
Белларин букибди йиллар шамоли,
Йироқлаб кетибди ёшликнинг соли,
Менку яшаяпман дардлардан ҳоли,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Жарангдор овози пастлашиб бироз,
Юзини ажинлар қилибди пардоз,
Қалбимдан чиқади оғриқли овоз,
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
Ўйласам, тинмайин ўртанар дилим,
Юракка заррача сиғмайди қилим,
Шамолдай ўтибди яна бир йилим,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Нималар олдиму, нималар бердим,
Қачон хасратлашиб дардларин тердим,
Мен нодон янги йил зўр байрам дердим,
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
Кулайми, йиғлайми билолмай қолдим,
Аламдан кўнглимни қўйдим ҳоритиб,
Юрагим эзилиб ўйларга толдим,
Янги йил келмоқда Отам қаритиб...
Янги йил келмоқда Онам қаритиб...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YURAGIM ❤️💔❤️🔥
Kel yurak g'amlarga yuzimiz burib,
Bundan -buyog'iga kulib yashaymiz.
Shu kundan ko'ksimiz o'zgacha urib,
Yashasak yurakdan urib yashaymiz.
Sen meni ,men seni olamiz tanib,
O'shanda taniydi bizlarni qadr.
Bugundan bir yayrab olamiz yonib,
Senda ham menda ham bo'lsa bas sabr.
Yuragim kimdandir sovidingmi yo?
Ortingga qaramay unutgin shu on.
Ba'zida yuraklar bo'ladi ro'yo,
Ularni unutgin o'zim bilan yon.
Ayriliq kelganda aqldan ozib,
Kuydik-ku nimaga o'zgarmadi tong.
Biz faqat o'qiymiz qo'yilgan yozib,
Sen bilan mendamas urayotgan bong.
Berganda olamiz olganda berib,
Gohida bermasa ko'namiz yurak.
Yuraklar qatori biz ham rizq terib,
Xudo hoxlaganin ko'ramiz yurak.
Ikkimiz qadamga mash'ala yoqib,
Sen menga ,men senga boqib yashaymiz.
Sen bilan shunchaki ketmaymiz oqib,
Ketguncha ko'ngilga yoqib yashaymiz.
📝Surayyo Xatamova
SAMARQAND🇺🇿JOMBOY
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Kel yurak g'amlarga yuzimiz burib,
Bundan -buyog'iga kulib yashaymiz.
Shu kundan ko'ksimiz o'zgacha urib,
Yashasak yurakdan urib yashaymiz.
Sen meni ,men seni olamiz tanib,
O'shanda taniydi bizlarni qadr.
Bugundan bir yayrab olamiz yonib,
Senda ham menda ham bo'lsa bas sabr.
Yuragim kimdandir sovidingmi yo?
Ortingga qaramay unutgin shu on.
Ba'zida yuraklar bo'ladi ro'yo,
Ularni unutgin o'zim bilan yon.
Ayriliq kelganda aqldan ozib,
Kuydik-ku nimaga o'zgarmadi tong.
Biz faqat o'qiymiz qo'yilgan yozib,
Sen bilan mendamas urayotgan bong.
Berganda olamiz olganda berib,
Gohida bermasa ko'namiz yurak.
Yuraklar qatori biz ham rizq terib,
Xudo hoxlaganin ko'ramiz yurak.
Ikkimiz qadamga mash'ala yoqib,
Sen menga ,men senga boqib yashaymiz.
Sen bilan shunchaki ketmaymiz oqib,
Ketguncha ko'ngilga yoqib yashaymiz.
📝Surayyo Xatamova
SAMARQAND🇺🇿JOMBOY
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Xazondek sochilar...
Xazondek sochilar ko'ngilda so'roq,
Savobim ko'proqmi, gunohim ko'proq?
O'zim bilan o'zim ovvora, biroq
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Men uchun uxlamay alla aytgan kim?
Ishga sahar borib, shomda qaytgan kim?
Men-chi, qarshisida o'ltiribman jim,
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Etagidan tutdim saroblarini,
Birma-bir xo'pladim sharoblarini.
Topolmaysiz mendek xaroblarini,
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Itoat etmadim, so'zlarin kesdim,
Necha bora yurak-bag'rini ezdim.
Qaddim bukilganda qadrini sezdim,
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Ko'ngil ayvonimda panalaydi g'am,
Turmushning mushtidan uvishdi yelkam.
Meni ma'zur ayla, Yaratgan Egam!
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
© Solih Sulton | 05.06.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Xazondek sochilar ko'ngilda so'roq,
Savobim ko'proqmi, gunohim ko'proq?
O'zim bilan o'zim ovvora, biroq
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Men uchun uxlamay alla aytgan kim?
Ishga sahar borib, shomda qaytgan kim?
Men-chi, qarshisida o'ltiribman jim,
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Etagidan tutdim saroblarini,
Birma-bir xo'pladim sharoblarini.
Topolmaysiz mendek xaroblarini,
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Itoat etmadim, so'zlarin kesdim,
Necha bora yurak-bag'rini ezdim.
Qaddim bukilganda qadrini sezdim,
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
Ko'ngil ayvonimda panalaydi g'am,
Turmushning mushtidan uvishdi yelkam.
Meni ma'zur ayla, Yaratgan Egam!
Otamning dardiga quloq solmadim,
Onamning dardiga quloq solmadim!
© Solih Sulton | 05.06.2023
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Қиёмат бӯлгани яхшироқ
🎙️ Бахтиёр
Ўғил ўз отасин ургунча,
Сингиллар беҳаё юргунча,
Бир жинслар никоҳлар қургунча,
Қиёмат бўлгани яхшироқ
🎙Бахтиёр
📚 Хуршид Карим
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Сингиллар беҳаё юргунча,
Бир жинслар никоҳлар қургунча,
Қиёмат бўлгани яхшироқ
🎙Бахтиёр
📚 Хуршид Карим
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇