SHERLAR
22.3K subscribers
672 photos
213 videos
2 files
1.91K links
Eng sara sherlar faqat sizlar uchun,
Kanalimizga siz ham qo‘shiling!!

Admin @bek8586

REKLAMA bering @sherlar_rek

Birinchi raqamli sherlar kanali

20/12/2015
Download Telegram
BAXT O'G'RISI💔❤️‍🔥

Sen o'zingni insof bilib,
Vijdonimning ori degin.
O'zligingning nomin tilib ,
U birovning yori degin.

Mening uchun yaralmagan ,
Tiling emas diling desin.
Hali isi taralmagan ,
O'z uyining oshin yesin.

Oila nomli koshonasi,
Yo'llariga zorlari bor.
Sho'r bo'lmasin peshonasi,
Uning nomus orlari bor.

Berma yolg'on oshlaringni,
Muzlamasin uydan dili.
Aylantirma boshlarini,
So'limasin oila guli.

O'zga dilning baxtin olib,
O'zga baxtni baxtim dema.
Cho'ntagiga qo'ling solib,
Qora ko'zlar risqin yema.

Qancha dilni g'amga ko'mib,
Dillaringni yayratasan.
U kutadi g'amga cho'mib,
Yorin unga qayratasan.

Halol yorga ko'ngling berib,
Hayotingga qura tashla.
Vijdonginang ketsin erib ,
Yashar bo'lsang to'g'ri yasha.

Boshing bo'lsa agar omon,
Baxt eshigi ochiladi.
Mahshar kunda sening tomon,
Tilovatlar sochiladi .🕊🕊🕊🕊

Surayyo Xatamova


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
ONAM YOSHIN ARTIB QOʻY.

Nega qodirsan hayot,
Hayolimni bosar oʻy.
Qoʻlingdan kelsa agar
Onam yoshin artib qoʻy.

Soʻramayman mol dunyo
Mayli soʻyma, men chun qoʻy.
Yoshlansa gar koʻzlari
Onam yoshin artib qoʻy.

Sochlariga qoʻndi oq,
Yuzlar ajin, boʻldi dogʻ.
Nurli goʻzal, ox qandoq,
Onam yoshin artib qoʻy.

Koʻrdilar qancha jabr,
Bariga qilib sabr.
Shoshma, umr, besabr
Onam yoshin artib qoʻy.

Faqat boyga boqmasdan,
Nohaqlikka tartib qoʻy.
Nochorlikdan yigʻlasa,
Onam yoshin artib qoʻy.

Chirandim baxt deb qancha,
Hayot, charchadim ancha.
Yurak yonsin boricha,
Onam yoshin artib qoʻy.

Qadoqli issiq qoʻli,
Yuragi mehr koʻli.
Jannatdir yurgan yoʻli
Onam yoshin artib qoʻy.

Boshda harir oq roʻmol,
Oy havas qilgan jamol.
Kerak emas, dunyo mol
Onam yoshin artib qoʻy.

Hayot, men zoʻrman degan,
Ertagingni aytma qoʻy.
Sendan shudir oʻtinchim
Onam yoshin artib qoʻy.

IRODAXON QOSIMOVA.
25.04.2022.  19:35


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Фаластин учун дуо

Келинг аҳли мусулмонлар,
Кимлигимиз билайлик,
Фаластинга қӯл очиб,
Дилдан дуо қилайлик.

Қаранг азиз инсонлар,
Болалар кӯз ёшини,
Худо қӯлласин дейлик,
Фаластин бардошини.

Ислом дини мустаҳкам,
Синовлардан ӯтади,
Худо қӯллаб Фаластин,
Тинчликга ҳам етади.

Фаластинлик дӯстларга,
Ҳозир ёруғ дунё тор,
Қурол тутолмасак ҳам,
Қуролдан зӯр дуо бор.

Эй Оллоҳим мадад бер,
Фаластин омон бӯлсин,
Барча мусулмон аҳли,
Тинчликчун дуо қилсин.

Қабул қилгин дуосин,
Ҳар бир мусулмонингни,
Кӯрсатгин Исроилга,
Ӯзингни қудратингни.

Кӯриб қӯйсин кофирлар,
Исломни қудратини,
Ӯпиб сажда қилсинлар,
Кабанинг суратини.

Гуноҳ қилган бӯлсак биз,
Нима айб, Болаларда
Авф этгин гуноҳимиз,
Қулоқ сол нолаларга.

Эй Расулим Муҳаммад,
Кечир умматларингни,
Унутиб қуйдикми ё,
Сенинг Суннатларингни.

✍️ Юсуфжон Қурбонов

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
KO'NGLIM MENING...


Ming bo'lakka bo'ldim, hasta yurakni ham,
Atrofimda jilmaygancha aylanar gʻam,
Ortib ketsa dunyosida ba'zan alam,
Kulib kulib yigʻlab qolar ko'nglim mening.

Zahmatlarning ortida baxt bor deydilar,
Indamasam do'stlar boshimni yeydilar,
Yiqilganda kim suyadi, ho'p kuldilar,
Kulgulardan hazon bo'lgan ko'nglim mening.

Hayot solib gʻalvirida o'ynatdi ho'p,
Yuragimda aytolmagan armonim ko'p,
Gʻiybatimni qilib yurar bôlib to'p to'p,
Armonlardan kecholmagan ko'nglim mening.

Boshim egsam qadrimni ham ezib ketdi,
Orzularim ulkan edi, ko'kka ketdi.
Bitta jonim sarsonalar bo'lib ketdi,
Tun bagʻrida zulmat ichra ko'nglim mening.

Alamlardan to'lib ketdi hasrat jomi,
Tortmoqdadir netay meni gʻamlar komi,
Yulib otsam,topsam edim bir imkoni,
Ko'z yoshlardan to'lib ketgan ko'nglim mening.

Muhtojlikdan biror kimga tushsa ishim,
Deydi, sensiz yetib ortar, bor, tashvishim,
Ezib ketar yelkamni ham shu yumushim,
Dunyolarga sigʻmay qolgan ko'nglim mening.

Shukur, tunni, erta tongni kutamiz hush,
Zamona tinch,bizdan yiroq yursin urush,
Hayot shudir,baland pastdir ba'zan turmush,
Taqdiriga ko'nib yurgan ko'nglim mening.

IRODAXON QOSIMOVA.
29.04.2023.  21:30.


https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
#Falastinlik bolalarga bag'ishlanadi...

Yig'lab yig'lab yoshing qolmadi,
Nima gunoh qilganding G'azo.
Yorilmagan boshing qolmadi,
Erk istading, berdilar jazo.

Bolalaring, bechoralaring,
Tuproq bilan bir bo'lib ketdi.
Ular qanday katta bo'lishi,
Ochilmagan sir bo'lib ketdi.

Ikki dona tishi chiqqan bir,
Bolakayni ko'rib yig'ladim.
O'tirishga ulgurganim yo'q,
Tik oyoqda turib yig'ladim.

Ey Allohim ularni qabul,
Qil jannating to'ridan endi.
Nur yog'ilib tursin yaraqlab,
Qazilmagan go'ridan endi.

Nomsiz ketgan chaqaloqlarni,
Gunohini kim olar bo'yin.
O'z bolasin o'ligin qo'lda,
Ko'tarmoqlik qanchalar qiyin.

Qaniydi tush bo'lsa hammasi,
Lekin rostdan bo'lyapti urush.
Musulmonlar yig'layotganda,
Musulmonga yarashmas kulish.

Ikki dona tishi chiqqan bir,
Bolakayni ko'rib yig'ladim.
O'tirishga ulgurganim yo'q,
Tik oyoqda turib yig'ladim...

✍️Sodiq_Yo'ldoshev🙏🙏🙏
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
ОТАМ ҲАЁТ БЎЛГАНДА

Манзил эдим шодлик, бахтларга,
Юрар эдим олтин тахтларда,
Мағрур эдим тоғдан ҳам баланд,
Отам ҳаёт бўлган вақтларда
.

Кўзларимдан чақнарди ўтлар,
Соқчиларим эди бургутлар,
Қўрқар эди лавфсиз бебурдлар,
Отам ҳаёт бўлган вақтларда.

Бошим ойга тегиб турарди,
Юлдузлар ортимдан юрарди,
Фаришталар ҳолим сўрарди,
Отам ҳаёт бўлган вақтларда.

Қўрғон эди уй, ошёнимга,
Қуёш эди соф осмонимга,
Азон эди эҳ виждонимга,
Отам ҳаёт бўлган вақтларда.

Боғларимдан кетмасди баҳор
Ёшлигимдан тўкилмас оҳор,
Онам кўз ёш тўкмасди зинҳор,
Отам ҳаёт бўлган  вақтларда

Ўтгач..., изин қўйдим йўқотиб,
Саратонда қолдим совқотиб,
Ғам таьмини кўряпман тотиб,
Отамсиз ҳар ўтган вақтларда.

Саҳроларда қолдим ҳувиллаб,
Илонлари бор экан минглаб,
Ҳар қадамим босдим авайлаб,
Отамсиз ҳар ўтган вақтларда.

Қучоғидан топиб қўнимни,
Жон деб бериб бору будумни,
Алишардим ҳар бир кунимни,
Отам ҳаёт бўлган вақтларга...


✍️ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
*БАЙРОҒИМ*

Озод ва обод эл, Мустақил диёр,
Жонажон ўзбегим, Ўзбекистоним.
Отамсан онамсан, дуоси мадор,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.

Киндик қон тўкилган замин муқаддас,
Муқаддас тандиру ўчоғ, айвони,
Мадхинг охангига тушиб чамбарчас,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.

Неча минг жонлари фидолар сабаб,
Зехинли довюрак, донолар сабаб,
Хар назар солганда кўзларим порлаб,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.

Номинг улуғламоқ бизга ифтиҳор,
Поклик ва яшнаган азиз тупроғим.
Жисмимда жўш урган қон ила виқор,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.

Аллоҳнинг назари тушган бу юртга,
Тўрт фасли бор бўлган Жаннатмаконим.
Фахр этиб байроғим суртаман кўзга,
Кўкларда хилпираб турсин байроғим.

Абдумуталиб Эргашалиев

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
BO'YDOQLIK HAYR...

Bugun baxt to'la uying
Uylanding yura yura,
Bo'yningda ola hurjun
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Atrof to'la sanamlar
Oh ko'zlar qolar kuya.
Endi yoningda yoring
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Tun yarim,qorinlar och,
Ming hilda taralgan soch,
Chidab kelding na iloj
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Telegramda suzmaysan,
Asablaring buzmaysan.
Qiz qidirib yurmaysan
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Parol o'ylab qo'y mundoq,
Tirjayib turgin shundoq.
Kunda yeysan qovurdoq
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Shakalad sol kissaga,
Ko'z qisma Alisaga.
Hayot boshla ertaga
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

Havas qilarding doim
Bo'libsanmi muloyim,
Baxtli bo'lgin ilohim
Bo'ydoqlik hayr, jo'ra.

She'r qo'shiq uchun berildi.
Muallif huquqi himoyalangan.
IRODAXON QOSIMOVA.
10.05.2023. 17:05.


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Ko'zyoshga burkanib...

Umrimning xazonlig' ko'chalarida,
Shamolning to'nlari bo'lib teskari.
Ishqimning qorong'u kechalarida,
Ko'zyoshga burkanib kuylaydi pari.

Kuylaydi, ma'yuslik vafodor ulfat,
Sochlari hilpirar misoli bayroq.
Boshiga tushibmi bir uyum kulfat?
Yoki qismatidan yebdimi tayoq?

Misralari aniq, nolalari "oh",
Xonishlari yetib borar falakka.
Tangridan betinim istaydi panoh,
Yuragi bo'linib ming bir bo'lakka.

Kuylaydi bir pari holib bo'lib tang.
Umrimning xazonlig' ko'chalarida.
Yoki xiyonatdan kuyganmi attang,
Muhabbatning ma'yus kechalarida.

Ko'zyoshga burkanar, to'lg'onar kimsiz,
Otashin nigohlar kuydirib tunni.
Tanidim, esladim, kuylamoqda qiz,
Qachonlardir Solih kuylagan kuyni!

© Solih Sulton | 21.11.2023


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
JANNAT SOVGʻA QILAMAN...

Yuzlarni silagan chuqur ajinlar,
Yurakka gʻam alam solmoqda inlar.
Ishoning keladi ajib bir kunlar,
Dada, sizga jannat sovgʻa qilaman.

Kaftlar orasidan sizar duolar,
Quyosh yuzingizdan kulib nur olar.
Parilar yoʻlingizga poyondoz solar,
Dada sizga jannat sovgʻa qilaman.

Dunyo oʻyin ekan, buni kech bildim,
Behuda erkalab, dilingiz tildim.
Farzand boʻlib sizga ayting ne qildim,
Dada sizga jannat sovgʻa qilaman.

Hayot sochingizni qorga beladi,
Umr shafqat qilmas, zumda yeladi.
Qizingiz soʻzi soʻz albat qiladi
Dada sizga jannat sovgʻa qilaman.

IRODAXON QOSIMOVA


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
ОНАЖОН

Меҳр ҳеч ҳам туганмас жойим,
Ҳам қуёшим, ҳам гўзал ойим,
Маликалар ичра бегойим.
Бахтимизга тожсиз Онажон.
Яшнаб турган боғсиз Онажон.

Ғамхўрдирсиз, сиз дуогўйсиз,
„Бахтли бўлсанг – бахтлиман" дейсиз
Дунёда энг ёқимли куйсиз,
Яхшиликка йўлсиз Онажон.
Энг чиройли гулсиз Онажон.

Зилол сувдек покизадирсиз,
Мушфиқаю, ожизадирсиз,
Ҳақ яратган мўъжизадирсиз,
Энг хуш, сокин, макон Онажон,
Жаннатга йўл, имкон Онажон.

Омад келди, марра бизники.
Ғолиб бўлган ўғил қизники,
Асли барча ютуқ сизники,
Моҳирўйим, тоғим Онажон.
Осмондаги моҳим Онажон.

ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА


https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q



Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEN BOSHLAGAN ISHQ!

Parchalashdi ko'zim o'ngida,
Yuragimni tilka-tilkalab.
Men boshlagan ishqning so'ngida,
O'zga dilni ketdi erkalab.

Oshiq edim tola sochiga,
Evaziga jonimni oldi.
Men boshlagan ishqning boshiga,
It ko'rmagan kunlarni soldi.

Nima desam endi nojoiz,
So'zlamoqqa so'zim yo'q endi.
Men boshlagan ishqni o'sha qiz,
Yuragimga kafansiz ko'mdi!

Bisyor edi go'zal hislarim,
Tuyg'ularim dard bita qoldi.
Men boshlagan ishqni bilmadim,
Qay yo'l bilan mahv eta qoldi.

Parchalashdi ko'zim o'ngida,
Yuragimni rahm-shafqatsiz.
Men boshlagan ishqning so'ngida,
Oromimni oldi rahmatsiz!

Zuhro edi, edim Tohiri,
Lek ssenariy o'zgarib ketdi.
Men boshlagan ishqni oxiri,
O'zga bilan tugatib ketdi!

© Solih Sulton | 26.11.2023


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
BORINGIZGA SHUKUR.
Iltimoslariga binoan.

Baxtiyorman, yarasam bir koringizga,
Soʻzlang, quloq tutay, aytar soʻzingizga.
Alloh uzun umr bersin, qadrdonim,
Boringizga shukur deyman, biringizga.

Yuzlar nurli, quyosh mudom kulib turar,
Omad, baxt ham ergashadi sizla yurar,
Hasta dilim faqat siz uchun intilar,
Boringizga shukur deyman, boringizga.

Yuraklarga in qurmasin hasad, armon,
Ba'zan shirin kalom hamki, dilga darmon,
Panohida saqlab tursin Alloh omon,
Boringizga shukur deyman, boringizga.

Koʻzlar baxtdan charaqlasa, quyosh kular,
Yigʻlasangiz, azob yomon bagʻrim tilar,
Hammadan ham yaxshiligiz, dunyo bilar,
Boringizga shukur deyman, boringizga.

Baxtdan munchoq taqib qoʻyay yulduzlarga,
Borligʻimsiz, almashmasman, kunduzlarga,
Ayting, yurak qulf deya shoʻx qizlarga,
Boringizga shukur deyman, boringizga.

Saroy bitar, devona qalbimiz uchun,
Tugamaydi ishqdan suhbat boʻlar uzun,
Shukur deyman sizni asragani uchun,
Boringizga shukur deyman, boringizga.

IRODAXON QOSIMOVA.
21.06.2022. 20:40.


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Ket mp3

TokhirGaniyev & Bonuwka
Ket mp3

🎙️ TokhirGaniyev
🎙️ Bonuwka

#Fikrlani kutamiz😇

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Kulib Xayrlashdik
Mirxan_Bo'riyev
#premyerra 💥
"Kulib Xayrlashdik"


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEN BOSHLAGAN ISHQ!

Parchalashdi ko'zim o'ngida,
Yuragimni tilka-tilkalab.
Men boshlagan ishqning so'ngida,
O'zga dilni ketdi erkalab.

Oshiq edim tola sochiga,
Evaziga jonimni oldi.
Men boshlagan ishqning boshiga,
It ko'rmagan kunlarni soldi.

Nima desam endi nojoiz,
So'zlamoqqa so'zim yo'q endi.
Men boshlagan ishqni o'sha qiz,
Yuragimga kafansiz ko'mdi!

Bisyor edi go'zal hislarim,
Tuyg'ularim dard bita qoldi.
Men boshlagan ishqni bilmadim,
Qay yo'l bilan mahv eta qoldi.

Parchalashdi ko'zim o'ngida,
Yuragimni rahm-shafqatsiz.
Men boshlagan ishqning so'ngida,
Oromimni oldi rahmatsiz!

Zuhro edi, edim Tohiri,
Lek ssenariy o'zgarib ketdi.
Men boshlagan ishqni oxiri,
O'zga bilan tugatib ketdi!

© Solih Sulton | 26.11.2023


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Audio
Dunyo deb dunyosin xor qilganham siz,
Boylik deb ģururin dor qilganham siz,
Muhammadni qaro yer qilganham siz,
Soxta mexribonlar ,soxta dòstlarim.


Sizdek yaxshilarga tazimlar qildik ,
Soyangizga qulluq ba'zimlar qildik,
Oxiri kimning kim ekanin bildik,
Soxta mexribonlar ,soxta dòstlarim

✍️ Абдулҳамидов Мухаммадтурсун

🎙Эсмира
🎙Бахтиёр

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
ОСМОН ҚАДАР КЎНГЛИ КЕНГ ИНСОН

(Дадам Абдиназаров. Э
хотирасига бағишланди)

Қаранг!  Елкасига ташлаб кетмонни,
Кўчадан бир инсон ўтиб боради.
Айбламай  ҳаётни ва бу замонни,
Дардини ичига ютиб боради .


Тонгни ўйғотади унинг қадами,
Кун бўйи офтобнинг содиқ ҳамдами,
Камтарину, кенгфеьл меҳнат одами,
Сабрдан бир қадам ўтиб боради.


У ёғига тортса,  бу ёққа етмай,
Бу ёғига тортса,  у ёққа етмай,
Аламдан шайтоннинг йўлини тутмай.
Иймоннинг қўлидан тутиб боради.


Ҳалол тер оқади пешонасидан,
Иддао йўқ сира қилган ишида,
Элнинг кори учун шукрона ила
Оғир оғир юкни тортиб боради.


"Юртим тинч  бўлсин" деб дуолар қилиб,
Гоҳида ўксиниб, гоҳида кулиб,
Кўкси армонга,  гоҳ ғурурга тўлиб,
Ҳалол ош-овқатин тотиб боради.


Эй бутун дунёнинг бойлиги, бойи,
Битта шу инсонга тенглашолмайсиз,
Осмоннинг қуёши, нур сочган ойи,
Шу инсон кўксига ботиб боради.
    

Қаранг!  Елкасига ташлаб кетмонни,
Сездирмай  бир инсон ўтиб боради ......

✍️ ДИЛДОРА АБДИНАЗАРОВА


https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇
Audio
Seni sevib qolganimga o'n yil bo'ldi
Sevgini tan olganimga o'n yil bo'ldi
Qismatimga ko'nganimga o'n yil bo'ldi
Oxirgi bor kulganimga o'n yil bo'ldi.

Hayr degan so'zing, bilan ketgan eding
Qorda qolgan izing, bilan ketgan eding
Bilmam qaysi tomon-larga ketgan eding
Qorlar erib ketganiga o'n yil bo'ldi.

Sochingni bir tolasi ham armon bo'ldi
Ko'zlaringni qorasi ham armon bo'ldi
Dardlarimga vaqt dorisi darmon bo'ldi
Ko'nglim sinib ketganiga o'n yil bo'ldi

Sen izlagan dunyoyingni topdingmi ayt
Muhabbatim tillolarga sottingmi ayt
Men kirgan dil darvozangni yopdingmi ayt
Hijronga do'st bo'lganimga o'n yil bo'ldi

O'n yil bo'ldi, o'n yil bo'ldi, o'n yil bo'ldi
Dil bog'imga hazon to'ldi, armon to'ldi
Shu o'n yilda qalbim yig'lab yuzim kuldi
Bahor mendan ketganiga o'n yil bo'ldi

Mendan qochib yurma endi ko'cha ko'yda
Endi sendan so'ramayman javob bo'ldi
Kelasanmi keyingi yil aytsam to'yga
Seni to'ying bo'lganiga o'n yil bo'ldi.

SODIQ_YO'LDOSHEV
Honandalar u-n ideya
Tel 88 639 93 00
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Sen - sevib ko'rmagan dilsiz, yuraksiz!
Men shu yuraksizni, afsus, sevaman.
Sen menga keraksan. Men-chi, keraksiz!
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Bildim, yuraklarning titrog'i sevgi!
Baxt degan daraxtning yaprog'i sevgi!
Hattoki, jondan ham ko'prog'i sevgi!
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Sen - jafo bog'ida qo'l tegmagan gul,
Men - vafo bog'ida gul ko'rmagan qo'l.
Men - bir xayolparast! Sen - ertakka yo'l,
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Balki taqdirimning azalisan sen,
Solihning bitmagan g'azalisan sen.
Olamning eng go'zal, go'zalisan sen,
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

Sen - o'zgaga ko'ngil bermas bir malak,
Men esa ishqingda jonsiz, jonhalak.
Eng telba oshig'ing men bo'lsam kerak...
Sevdim! Sevayapman! Hanuz sevaman!

✍️ Solih Sulton / 2021

https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv


Ⓜ️anba: @sherlar


        👍 #like_boss👇