She'riyat olami.
328 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Forwarded from She'riyat olami.
Yolg'izlik istab

Quchoq -quchoq oppoq, parqu bulutlar,
O'rikning gullarga burkangan shoxi.
Bog'larda sayragan jiblajibonlar,
Qishloqning dalaga tutashgan roxi.

Men o'sib, ulg'aygan uyning ayvoni,
Devorlar qo'sh o'rkach kulrang tuyalar.
Loypaxsa tom uzra bulut karvoni,
Qizg'aldoqlar boshin egib, uyalar.

Kechuvlarda sigir xaydagan bola,
Yelkamda qarmog'u qo'limda chelak,
To'rg'aylar sayragan o'tlog'u dala,
Umrbod yodimdan chiqmasa kerak.

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz
Shahzoda - Seni Osmonimga Olib Ketaman
@yoshlarbop_musiqalar
Singlim deymu seni... sevgilim deymu...
Seni osmonimga olib ketaman....

@sheriyatuz
Daraxt menga yo‘l bo‘shatadi,
O’tganimda shu yo‘ldan doim.
Va daraxtning sarg‘ayib ketgan
Xatlariga ko‘milar poyim.
Daraxt sho‘rlik maktublarini
Kimdir olib o‘qishin poylar,
Maktublarin olis - olisga
Olib ketar po‘chtachi soylar.
Sevib qolgan kimnidir daraxt,
Sevgan yori yozmaydi javob,
Xatlarini yashirib o‘qib
Yig‘lab - yig‘lab etmaydi tavof.
Daraxt har yil yozaveradi,
Siyox, dastgox, qalam, dovotsiz,
Xatlarini xech kim o‘qimas,
Uning sevgilisi savodsiz.


@sheriyatuz
ESIMDA

Esimda hamma-hammasi:
Ko‘zlar. Barmoqlar. Gul. Atir...
Siz ham unutmagansiz,
Maktublaringiz yo‘ldadir.

Balki ertaga olarman,
Mayliga, bitta so‘z, bir satr.
Eng muhimi, men bilaman –
Maktublaringiz yo‘ldadir.

Umrim shamollarga kulgu,
Sargashta ayladi taqdir.
Adashib-adashib kelar-ku,
Maktublaringiz yo‘ldadir.

Hayotim o‘zgarar batamom,
Ko‘nglim ko‘zadek to‘ladir.
Sarhush yashaydirman hamon –
Maktublaringiz yo‘ldadir.

O‘n yil o‘tibdi. O‘n yil...
Bu menga yagona daldadir.
Har tong bir orziqib olar dil –
Maktublaringiz yo‘ldadir.

@sheriyatuz
XOTIRJAM ODAM

Yomg‘ir shivirlaydi quloqlarimga,
Ko‘chada odamlar lavasi oqar.
Avtosuvaraklar qatnagan yo‘lga,
O’ychan yo‘lovchilar parishon boqar.
Chaqdi ko‘zlarimni achchiq tutunlar,
Qayrildim yomg‘irli, kimsasiz boqqa.
Yaldo tunlarida qoralamadan,
Sochu soqolimni ko‘chirdim oqqa.
Men ham asli jonli kiyimilgichman,
Soyabon orzusi bag‘rimni o‘ygan.
Ancha bo‘ldi yo‘llar g‘adir-budur deb,
Kiyimimda dazmol qatnamay qo‘ygan.
Takabbur emasman, uxlagim kelsa,
Ostimga bo‘yra ham to‘shayveraman.
Bu yerdan haydasa o‘gay zamona,
Xotiralarda ham yashayveraman.
O’ksinib yurmayman bo‘lmasa uyim,
Bo‘lmasa sigirim, bo‘lmasa echkim.
Xotira bo‘ysunmas boshqarmalarga,
Xotiradan meni haydolmas hech kim!

✍️ Xoldor Vulqon
@sheriyatuz
ХАЁЛ ХИЁНАТИ
Висол эҳтиросни эрмаклаб қайтар,
Шамоллар анор ранг юзимни силар.
Орзу юрагимга эртаклар айтар,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Сархуш-сархуш дийдор они чулғайди,
Қўлимдан тутмоқчи бўлди ўзга ёр.
Ўткинчи туйғулар қачон улғайди,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Дил ўйинин кимдан сўроқлаб чиққум,
Баҳор ташрифидан нималар тилар.
Армоннинг юрагин пичоқлаб чиққум,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Кўзимни очаман, борлиқ қоронғу,
Шошаётган умрим саробни элар.
Настарин гулларин етаклар оғу,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Керилиб туради беқарор дунё,
Меҳрим ўчоғида эрийди қорлар.
Ўзганинг сандиғин титкилаб гўё,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.
Тантиқ эркаликлар елкамдан тушди,
Ҳаёт кимдан нима сўрашни билар.
Тонгдаги шудринглар бўйнимдан қучди,
Хаёлларим менга хиёнат қилар.

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Dunyo dod sol, baqir ketdi Muhammad,
Bugun g'iybatchilar og'zini yoping.
Xalq bo'l elim deya o'tdi Muhammad,
Qani Muhammaddek shoirni toping.

Ona yurtin tavof etdi qanchalar,
Qabrida unibdi qizg'aldoqchalar.
Tomog'ingiz qirmang shoirvachchalar,
Qani Muhammaddek shoirni toping.

Bobodehqon deya elin mardini,
Rimga alishmagan bitta gardini.
Uch kunda sog'ingan ona yurtini,
Qani Muhammaddek shoirni toping.

Ko'zlaridan o'pib xasta jayronni,
Oyog'iga boshin qo'yib jiyronni.
Ismini ham bilmay suygan janonni,
Qani Muhammaddek shoirni toping.

Qalamin tutganda misoli gado,
Bitta nolasiga titrardi dunyo.
Bizga ko'p ko'rdingmi uni ey xudo,
Qani Muhammaddek shoirni toping.

Xasratda, alamda yig'lar Andijon,
Yana Muhammadin qumsar Andijon.
Hofiz tori sinib nolasi fig'on,
Qani Muhammaddek shoirni toping.

Poyonsiz g'am ila to'kay ko'nglimni,
Olovli she'r zavqi yoqar qalbimni.
Ikki misra yozib men ham shoirmi ?
Qani Muhammaddek shoirni toping.

Yurakdan aytilgan har bir so'zi dard,
Bolang endi yo'qdir ey sug'd-u ey sart.
Xalq bo'l elim deya o'tgan Muhammad,
Qani Muhammeddek shoirni toping.

Hamza Eshmurodov.
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Shoirlar bor dunyoda
Ming yil òtsa ham
Nomi inson qalbida
Jaranglar har dam....

Gulhayo Husanova
@sheriyatuz
Осмон чўкиб қолди бу оқшом,
Юлдуз бўлиб ёғилди бир сас.
Бир маҳалла нигоҳни кўрдим:
Яшаш керак, севиш шарт эмас.

Садоқатми? Кимга керак у?..
Беҳудадир кўз ёшинг сели.
Юлдуз бўлиб ёғилди бир сас:
У бегона. У энди келин...

Тўй — бу асли баджаҳл ота,
Бахтли бўлсин қизим дегани.
Уни сенга бермасман, бўтам,
Тирик экан кўзим, дегани.

Осмон чўкиб қолди бу оқшом,
Қонимда бир ғашлик ўрмалар.
Мен оловга отарман энди,
Юрагимни қийма-қиймалаб...

Ёқа ушлаб қолсин кўрганлар,
Оловларга отгум уни, бас.
Ёниб кетсин чирсиллаб қалбим,
Севиш керак... яшаш шарт эмас!

©Муҳаммад Юсуф

@sheriyatuz
Атрофимда дунё ваҳшат солар,
Юрагимда эса аждарҳо – оҳанг...
Азизим, энди фақат фожеа қолар –
Сен ҳам кетсанг.

Дунёни “ёлғончи” де – тонмайди
Унда қалбим топган ёруғ чин – ўзинг.
Сен ҳам кетсанг, ҳеч нарса қолмайди –
Фақат сўзим!.. Беомон сўзим.

Жонимдан айирган ҳақиқатсан айни,
Сенсан – Момо Ҳаводан қолган гуноҳ.
Сен ҳам кетсанг, ҳеч нима қолмайди –
Фақат арзимас бир дунё!..

Усмон Азим
“Юрак” китобидан

@sheriyatuz
Қаерга қарама - қалби қоралар
Покиза зотларнинг қалбин қоралар.
Шифтга оппоққина пахта илиб кўр,
Шамдондан барча ис шунга ўралар!

Бедил.
Forwarded from She'riyat olami.
BUYUK YOLG’IZLIK

Ulfatim uqubat, hamrohim azob,
Qorong‘u yo‘llardan o‘tdim g‘am yutib.
Zulmatda turtinib yuribman xamon,
Poyimda muz bilan qoplangan Qutb,
Chenada yuk og‘ir, itim ham o‘lgan,
Muzlab borayotir yonilg‘im - ilik.
Chaqmoqtosh yo‘qolgan, tugagan gugurt,
Qaldirab turibdi og‘zimda pilik.
Bir kuni yorishar bu qora dunyo,
Qorlarga qo‘shilib eriydi qaxr.
Qish mangu emasku, bahor ham kelar,
Dunyoda har nening cheki bor axir.
Xayr, odamsimon pingivin qushlar!
Bunda mehr noyob, muruvvat qaxat.
She’riyatning mangu muzliklaridan,
Men qazdim o‘zimga tubsiz bir lahad!

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Sevgimiz o‘ldimi? — libosingiz ko‘k,
Ko‘nglingiz — begulxan, ko‘zingiz — becho‘g‘.
Bizdan borish yo‘qdir, sizdan — kelish yo‘q
Kelishsiz dunyoda beg‘am, azizim,
Nega ko‘zlaringiz benam, azizim.

Usmon Azim
@sheriyatuz
УЙҚУЧИ ГЎЗАЛ

Офтоб чиқди, тонглар ёришди,
Кийинди уфқ -- либоси зарҳал!
Фаришталар излаб боришди
Эшигингга, ётибсан, гўзал!
Ётибдурсан қаро сочларинг
Ёстиғингда тўзғиб, ёйилиб!
Ёйдек таранг қийғоч қошларинг,
Ёноқларинг нурга чайилиб!
Борлиқ-само ўрнидан қўпган,
Кун шовваси ёнмоқда ял-ял.
Эй, манглайин юлдузлар ўпган,
Турмайсанми, уйқучи гўзал?!
Чекинди тун, чекинди зулмат,
Шафақ юзин босмайди соя.
Уйғонмоққа келди-ку фурсат,
Кўзингни сал очсанг кифоя!
Кўрадурсан сабуҳий сабо
Тирикликнинг тансиқ нафаси.
Сочларингдан сочилган сафо
Энтиктирар кўкрак қафасин!
Уйғон гўзал, токи сен билан
Кўз очсинлар Турон алплари.
Қадди бўлсин осмондай баланд,
Юрт ишқи-ла ёнсин қалблари.
Ечиб отсин эгнидан токи
Асрий кишан, ғафлат тўнини.
Тафаккури, онги, идроки
Қаршиласин толе тонгини!
Уйғон ахир оғир қайғудан,
Оғирлашган бу ер, бу туроб.
Кипригингни босган уйқудан
Бир силкигин, қочиб кетсин хоб!

✍️ Amir Xudoyberdi

13. 08. 2019. Соат 5. 00.да бошланиб 17. 30 да тугалланди!

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Ayro ketdik ikki tomon, firoq xokim,
Mensiz o'tdi, sensiz o'tdi necha sana.
Ko'zlar ko'zga tushganida ikkimiz jim,
Qara bugun...to'qnash keldik bizlar yana.
Ajragandik senda araz, menda zarda,
Visolni oy yuzlariga tutib parda,
Go'yo sabo esganidek tong saxarda,
Qara bugun...to'qnash keldik bizlar yana.
Ko'zingdagi yoshmidi yo yomg'irmikan,
Mensizlikda ko'ngling menday og'rirmikan,
Peshonaga yozilgani-taqdir ekan,
Qara bugun...to'qnash keldik bizlar yana.
Ko'ngildan ne o'tganligi ko'zdan ayon,
Yarmin aytib aytolmagan so'zdan ayon,
Qancha suvlar oqib o'tdi undan buyon,
Qara bugun...to'qnash keldik bizlar yana.
Biz uchrashdik, yurak to'la ajib tuyg'u,
Aqlim yetmas xayratmikan sog'inchmi bu,
Taqdirmi yo tasodifmi bilmaymanu,
Ammo bugun...to'qnash keldik bizlar yana.
Forwarded from Hayot🌄 (Oygul)
Dard keldi tortdiga ikkimiz ham teng
Bagrimizni ochdik qaygularga keng
Endi shirin tushlar kelar bòldi òng
Biz baxtli yashaymiz baxtli bòlamiz

Shunday baxt keladi etmaydi quloch
Tuygular keltirar qalb unga tilmach
Gam esa kelgani topolmas iloj
Biz baxtli yashaymiz baxtli bólamiz

Endi eshigimiz baxt qoqib kelar
Ishqni piligidan sham yoqib kelar
U bilan quvonch ham lim oqib kelar
Biz baxtli yashaymiz baxtli bòlamiz

Qayguga qòl siltab aytaylik xayr
Gul kòmgan boglarni qilaylik sayr
Endi bizga emas ularga ogir
Biz baxtli yashaymiz baxtli bòlamiz
Oygul
Умр ҳам охирлаб бормоқда секин,
Энди сарғаймоқда мен эккан экин.
Майли, сен ўзингга суянгил, лекин,
Мен кимга суянгум Аллоҳдан бошқа.

1992

Абдулла Орипов

@sheriyatuz
Egnimdagi qog'oz ko'ylagimni
Ivitib yirtibdi
Bahor yomg'iri.

#hokku
@sheriyatuz
Tungi daryo

Hademay yorishib ufqlar etagi,
Sabolar esadi sochingday mayin.
Darchadan sen yotgan uyga mo‘ralab,
Shovullayveradi shamolda qayin.

G‘ozlar chelagini g‘iytillatadi,
Bo‘g‘zidan to‘kilib sog‘inch unlari.
La‘lin lablaringda ochilar endi,
Tabassumning kuzgi atirgullari.

Olislab ketarkan surnaychi g‘ozlar.
Tungi o‘rmonlarning ustidan uchib.
G‘ozlarga pichirlab aytgancha vido,
Sen unsiz yig‘laysan yostiqni quchib.

Toshday yostiq uzra mayin sochlaring,
Yotgan mahal daryo kabi yoyilib.
Yo‘lakka yiqilar qayin soyasi,
Oyning shu‘lasiga toyilib.

7 dekabr, 2011 yil.
Kunduz soat 10 dan 20 daqiqa o‘tdi.
Toronto shahri, Kanada.

✍️ X.Vulqon

@sheriyatuz