She'riyat olami.
366 subscribers
208 photos
45 videos
7 files
112 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Сиз минг машаққат билан чиққан чўққида капалак ҳам бор.
Қумурсқа ҳам яшайди. Сизнинг бу ютуғингиз улар учун оддий
бир турмуш ташвиши. Улар кунда-шунда.
Мен ҳидлаб тўймаган бедани бия қарсиллатиб чайнайди.
Ялпизни сув оқизиб кетади. Мен кўзимга суртган сувда қурбақа
чўмилади.
(с)
Муҳаммад Юсуф.

@sheriyatuz
2👍1
Uchrashuv

Oydin yoz kechasi, musaffo havo,
Ko'kda yulduzlarga yetishmaydi joy.
Sokin sukunatda besas, besado,
Shu'lalar to'shaydi dalalarga oy.

Tutdek to'kiladi yulduzlar suvga,
Baqalardan shovla qaynatar sohil,
O't -o'lanni kechki shudringla yuvgan,
Zulmatlarni teshar chirildoq ohi.

Bo'g'iq akillaydi olisda itlar,
Yig'laysan, ko'ksimga qo'yganingcha bosh.
Lablaring chetida omonat titrab,
Olmosday porlaydi bir tomchi ko'zyosh.

✍️ X.Vulqon
@sheriyatuz
4
Qarashlaring nega bunchalar ma’yus, jim – jit kechada tomim uzra porlayotgan yulduz?
Sevib qolgan odam ko‘zlariday bedor nigoxingda xorg‘inlik shu’lasi. Sen bolalikning oydin kechalari men yotgan so‘ri ustidan esgan sarrin shabboda shashtida titrayotgan va oy shu’lasida kumushdek yaltirayotgan yaproqlar aro shunday termular eding.
Seni tungi daryo sohillaridagi baland jarlar poyini yalab oqayotgan shiddatli oqimda, to‘qayzor tamondagi daryoning toshlari ko‘rinib yotgan sayoz kechuvida, oydin sholipoyalarning oynadek tiniq suvlarida, iskabtoparlar g‘ing‘illab “Yor-yor” aytayotgan o‘tloqlar aro oqqan ariqning billur mavjlarida ko‘p bor ko‘rganman.
Qadimiy kitob varaqlariday qizg‘ish yaproqlarni sarosar shamollar noma’lum yoqlarga uchirib ketgan hazonrez oqshomlarda juldur bulutlar tirqishidan mo‘ralagan ma’sum, osoyishta onlaring hamon yodimda.
Qaxrli qish kechalari paqirga magnitday yopishgan alyumin cho‘mich ichidagi muzlagan suvda bir dona tuz zarrasiday g‘amgin shu’lalar taratgan chog‘laringni yolg‘iz qolgan kezlarim derazadan qirov uvildiriqlari qoplagan kimsasiz daraxtzorlarga termulganimcha sog‘inib eslardim.
1
Ayniqsa, tungi ayozdagi simdorda muzlab qotib qolgan ko‘ylagimni simdan ajratib olib uni taxtadek qo‘ltiqlaganimcha yolg‘izlik egallab olgan xonamga kirib ketayotib qarasam o‘shanday porlab turgan eding. Sen hamon olmos zarrasiday tomim uzra porlab turibsan. Eshik-derazasiz, mo‘risiz uyimning tipratikanlar teshib tashlagan temir panjarali tuproq tomi uzra.


YULDUZ
(Epifaniya)

✍️ Xoldor Vulqon
@sheriyatuz
👍1
Qachon qarasam shu joyda turganing turgan. O’tgan safar oppoq gulli ko‘ylakda eding. Naqadar yarashar edi senga o‘sha ko‘ylak! Mana oradan shuncha kunlar, shuncha oylar o‘tibdi hamki, sen hamon o‘sha joydasan. Faqat ko‘ylaging boshqa. Quloqlaringda qizil baldoqlar. Kimnidir kutasan. U esa kelmaydi. U haqda shunchalar og‘ir hayollarga cho‘masanki, la’ldek tovlanayotgan qizil baldoqlaringni qushlar cho‘qib ketsa ham e’tibor bermaysan. Uni shunchalar qattiq sevasanmi? U kim? Kimni bunchalar qattiq sevib qolding, derazam yonida o‘sgan gilos?..

SADOQAT
(Epifaniya)

✍️ Xoldor Vulqon
@sheriyatuz
🥰32
"Дунёда мукаммал нарса йўқ. Ҳатто муҳаббат деб аталмиш олий туйғуда ҳам адолатсизлик бор. Ким кучли севса, ўша кўпроқ изтироб чекади."

Ўткир Хошимов

@sheriyatuz
5❤‍🔥1
Kalishnoma

O, orqasi yirtilgan kalish!
Kiyilaverib maymayib, rangi o'ngib,
Oqshayib ketgan kalish...

Buncha og'zing katta bo'lmasa sening?
Yoki yig'layapsanmi ovozsiz, xo'ngrab?
Balki esnayotgandirsan
Kinnachi kabi?

Yoki kulayapsanmi mening ustimdan?

Kim biladi,
Balki,
Qo'shiq aytayotgandirsan
Bir paytlar og'zinga kirgan
Oyog'imni sog'inib, qo'msab...

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz
👍2
Forwarded from She'riyat olami.
Derazamning oldida bir tup,
O'rik oppoq bo'li gulladi...
Novdalarni bezab g'unchalar,
Tongda aytdi hayot otini
Va shabboda qurg'ur ilk sahar
Olib ketdi gulning totini.
Har bahor ham shunday o'tadi,
Qancha tirishsam ham ubeor
Yellar meni aldab ketadi.
Mayli deyman vaqilmayman g'ash,
Xayolimni gulga o'rayman,
Har bahorga chiqqanda yakkash,
Baxtim bormi deya so'rayman.
Yuzlarimni silab,siypalab,
Baxting bor deb esadi yellar,
Etgan kabi go'yo bir talab,
Baxting bor deb qushlar chiyillar.
Hamma narsa meni qarshilar,
Har bir kurtak menga so'ylar roz.
Men yurganda bog'larga to'lar
Faqat baxtni maqtagan ovoz:
"Mana senga olam olam gul,
Etaginga siqqanicha ol,
Bunda tole har narsada mo'l,
To o'lguncha shu o'lkada qol.
Umrida hech gul ko'rmay yig'lab,
O'tganlarning haqqi ham senda,
Har bahorni yig'lab qarshilab
Ketganlarning haqqi ham senda..."
Derazamning oldida bir tup
O'rik oppoq bo'lib gulladi...

✍️Hamid Olimjon
@sheriyatuz
3
Men sog’ingan sevinch ayyomi
Ostonada bahor — yangi yil.
Moviy osmon yana-da moviy

@sheriyatuz
4
Ramazon hayit ayyomi muborak bo‘lsin hammamizga yaxshilar.

@sheriyatuz
4❤‍🔥1
😁😆😁

Ajoyib havo !
Hamrohlar chiqdi yo`lga.
Men va Hayolim . . .

#hokku @sheriyatuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥21
Ҳовлимизга жаннат бўйин таратган,
Саболарга ифор тутган, яйратган,
Кўкдан ойу офтобни ҳам қаратган,
Борлиғида малакларми ниҳонлар,
Ризвон экан онам эккан райҳонлар.

Капалаклар аримасди қошидан,
Боларилар кетолмасди бошидан,
Унганмиди онамнинг бардошидан,
Оҳ кафтдаги жаннат, дерди гирёнлар,
Эҳсон экан онам эккан райҳонлар.

Гарчи гул кўп бу оламда ифорли,
Қўл чўзсанг гар озорлигу, тиконли,
Тароватли, муслим каби иймонли,
Уни аршдан туширмишми посбонлар,
Жаҳон экан онам эккан райҳонлар.

Ҳар тонг туриб сийпарди гул юзларин,
Эркалаган она каби қизларин,
Сирдош билиб айтганми дард, сўзларин
Ўша чоғлар нени қилмиш баёнлар,
Достон экан онам эккан райҳонлар.
3😢1
АЁН

Ўйлаб топмаганман бахт деган сўзни,
Демак, бахтсизлик ҳам менга оидмас.
Топиб бўлармиди босилган изни,
Кетган кетиб бўлди, қайтмаса қайтмас.

Мен туғилган пайтда бор эди орзу,
Армон ҳам тирикди анчадан буён.
Эски насиҳатни йиғиштир, дўстим,
Умр ўтиб бўлди, қолгани аён.

Толе ҳам тушмаган онам маҳрига,
У зотан бир шўрлик касга зормиди?
Ер чорлаб турганда қаро бағрига
Осмонга cапчишга бало бормиди?

Дунёни икки деб ёзмишлар тугал,
Недан бу борада энди хархаша –
Бириси фоний, лек жилваси гўзал,
Бири боқий, қайсар шунга яраша.

Бари шодликларга вақт бордир ҳали,
Бир куни раҳматлар чексиз ёғилар.
Ҳозир кетдик дилга малҳам қўйгали,
Кетдик, кутиб қолди бизни қайғулар!

Х. Хамидов

@sheriyatuz
4
Baxt kabi gulladi bog'imda bahor,
Janubdan quchog'i ilib qaytdi yel.
Hamma g'ashliklarni yengdim bu nahor,
Hamma eshiklarni ochib qo'ydim -
Kel!

Tumanni ko'tardim -
ko'chalar ravshan.
Hasan-u Husanga cho'lg'adim ko'kni...
Ko'zlarim toliqdi -
Nega kelmaysan?
Xudo xohlasa ham uchrashmoq yo'qmi?!..

✍️ Usmon Azim

@sheriyatuz
3
ФОЖИА
Келинг, яшамаймиз энди.
Яшаш чарчатди.
Бир бизми осмонни кўтариб турадиган,
Юлдузларни ёқадиган,
Шеърлар ёзадиган,
“Севаман” деб йиғлайдиган бир бизми?!

Келинг, яшамаймиз.
КУН КЎРАМИЗ энди.
Худо ургандай кун кўрамиз.

Хеч ким бу кунларни кўрмайди.
Бу кўнлар ҳам ҳеч кимни кўрмайди.
Биз эса кўриб ўтирамиз бу кунларни.

“Қандай кун кўраётганларини
Билмайди бу одамлар...”, деб
Йиғлаб ўтирамиз!..

Усмон Азим

@sheriyatuz
2