She'riyat olami.
328 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Tungi osmon

Kal deb hazillashganim uchun,
Ketib qoldi arazlagan oy.
Yulduzlar shu qadar ko‘pki, ularga,
Bepoyon osmonda yetishmaydi joy.

Ular soqov kabi imo ishora qilar,
Aytgan so‘zlarini qiyin anglamoq.
Birov artgan kabi yaltiraydilar,
Ularga yetti yot ishdir zanglamoq.

Shotut mevasiga o‘xshar yulduzlar,
Ularga uzoqdan xursand boqaman.
To tongacha dengiz, ummon suvlariga,
Pishgan yulduzlarni qoqaman.

26 aprel, 2014 yil.
Kech soat 7 dan 17 daqiqa o‘tdi.
Kanada.

✍️ X.Vulqon

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Kapalakka almashaman

Bisotimni bog‘da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko‘kdagi zilol,
Kamalakka almashaman men.

Yog‘dularga ko‘milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo`lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.

Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin inim.
Shuhratimni totli bir tilim,
Handalakka almashaman men.

Qo‘shiqlarim bo‘lib ovoza,
Yurtda mashhur emishman toza!..
Barcha yozgan she‘rim bir kosa
Sumalakka almashaman men.

Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
Bir nuqtaga termuldi borliq

Junjikkan bekatda o`ychan chehralar,
Salqin tonglar kabi musaffo tuyg`u.
Borliqni savalar yomg`ir qamchisi.
Olisda chaqnaydi ovozsiz qayg`u.

Qaraysan, ko`lmakda g`amgin xalqalar,
Qoniqmas qaqragan dunyoning labi.
Bir paytlar eng sirli so`zlaringni sen,
Shivirlarding menga yomg`irlar kabi.

Ikkimiz yomg`irlar og`ushida mast,
Odimlardik boshda soyabon - qalpoq.
Balki endi tunlar kulbangda yolg`iz,
Yomg`irlarni tinglab, to`qirsan paypoq.

Quvirlar kekirib, yomg`irlar tinar,
Ko`milar xazonga umrim yo`lagi.
G`iyt - g`iyt etar kuzgi g`amgin osmonda,
G`ozlar galasining bo`m - bo`sh chelagi.

✍️ X.Vulqon

@sheriyatuz
Сизга олинмаган гуллар хор бўлсин!
Сизга туташмаган тақдирни осай,
Соғинчдан тўкилган киприкларингиз,
Лабларимда териб, жонимга босай!

Асло, биз тасодиф учрашмас эдик,
Сизга фаришталар етаклар эди,
Қулт этиб ютинган азобларингиз,
Қақшаган руҳимни калтаклар эди!

Сувсаган шудгордек бағри ёрилиб,
Қалдирғочин кутар, мунғайган айвон,
Жасадлар учрашар, сиз айтган жойда,
Айрилиб бўлганмиз, биз аллақачон...

✍️ М. Ботиров.

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Сўнгги қўнғироқ ҳам чалинди мана —
Мактаб эшиклари ёпилар секин.
Ҳаёт деб аталмиш мактаб эшиги
Очилар лекин.
Ҳа, янги синовни қаршилар ҳамма,
Умрбод ўртагай ёшлик фироғи.
Сўнгги қўнғироқ деб атаманг асло,
У асли ҳаётнинг илк қўнғироғи.

Х. Хамидов
Hasratni bagrini ezaman bugun
Qayguni ildizin uzaman bugun
Yorimni qalbiga quvonnch tòldirib
Baxtni formulasin tuzaman bugun

Mexrlar tutaman yorga bir etak
Aytaman ishqimdan eng shirin etak
Desa ham yor meni jinni yo tentak
Baxtni formulasin tuzaman bugun

Shunday tuzay uni alam yiģlasin
Hasratlar tókilgan olam yiģlasin
Baxtimni kórolmas odam yiģlasin
Baxtni formulasin tuzaman bugun

Yonimga kelolmay ģamlar ókinsin
Ostonam hatlolmay dardlar chekinsin
Kózlarimdan faqat baxtlar óqilsin
Baxtni formulasin tuzaman bugun

Mexr myxabbatu sadoqat ishonch
Bir bólib beradi Baxt degan quvonnch
✍️ Oygul
@sheriyatuz
Ёлғондан тўқилса ёлғончи эртак,
Тунлари йўқолса қизлар бедарак.
Оқ либос киймасдан ювсалар йўргак,
Энг разил муҳаббат шу бўлса керак...
Қоматга лол бўлиб ошиқлар турса,
Хар ошиқ йигитлар бўсалар берса.
Сўнг насиб этмаса унга оқ кўйлак.
Энг қиммат муҳаббат шу бўлса керак...
Эрига ҳиёнат қилса келинчак,
Кейин қилмишидан йиғласа фалак.
Бу ишдан бехабар ландовур эркак,
Энг арзон мухаббат шу бўлса керак....
Наҳотки севги деган бўлса бир эрмак,
Ёшларга катталар бўлмоқда ўрнак.
Ҳақиқий мухаббат шу бўлса керак...
Асли мухаббат, йўқ бўлса керак...

@sheriyatuz
Ne'matga shukur qilish musibatga sabr qilishdan og'irroqdir. Chunki ne'matning umri uzoq bo'lib, shunga yarasha davomiy shukurni talab qiladi. Sabrning umri esa qisqadir, musibat tugashi bilan u ham tugaydi.

Shayx Abdulaziz Tarifiy

@sheriyatuz
Malol kelmasin

Yuzimizga yopmang eshigingizni,
Biz kelgan chog‘larda shamol kelmasin.
Egallab olmaymiz beshigingizni,
Sizga muhabbatim malol kelmasin.

Nozik ta’bingiz hech bo‘lmasin xira,
Kelsak, so‘ramaymiz sizdan yo‘lkira.
Sizga og‘irligi tushmaydi sira,
Sizga muhabbatim malol kelmasin.

Shunaqa beqaror turish-turmushim,
Turmushim o‘ylasam keladi g‘ashim.
G‘ashlanib qaraydi tag‘in bu kishim,
Sizga muhabbatim malol kelmasin.

Siz uxlasangiz ham oy sochar ziyo,
Yulduzlar boqadi oyga mahliyo.
So‘rab seving, degan qonun bormi yo?
Sizga muhabbatim malol kelmasin.

Sevgi ham bir bisot – zardan ziyoda,
Bisotim otdayu o‘zim piyoda.
Yashasak yashabmiz biz ham dunyoda,
Sizga muhabbatim malol kelmasin.

@sheriyatuz
Kech angladim sizga meni keragim yo'q,
Gunohim ne so'rashga ham yuragim yo'q,
Ketayapman suyanganib tirgagim yo'q,
Menga dardosh so'zingizni sog'inaman,
Siz ham meni sevardingiz bilardimku,
Qalbim faqat sizga taqdim qilardimku,
Kokilizla yuzginamni silardizku,
Menga sirdosh ko'zingizni sog'inaman.
Ketkan edim ortingizdan ergashib men,
Sizning vadayu so'zingizga ishonib men,
Kech bilibman yolg'onlarga ishondim men,
Menga sirdosh so'zingizni sog'inaman.
Aldandimmi bunga hech ham ishonolmayman,
Sizsizlikka ko'nikib ham qololmayman,
Sizdan o'zga yorni hech ham suyolmayman,
Menga sirdosh yuzingizni sog'inaman,
Aldanganim his qilib bo'ldim,
Ming tirilib, ming bora o'ldim,
Bir guldayin asta so'lib ham bo'ldim,
Menga sirdosh yuzingizni sog'inaman.

@sheriyatuz
Ўшал кун унутдим таниш йўлларни,
Турфа сояларга тикилдим ҳайрон.
Мен йўқотиб қўйган жавоҳирлардек
Кўзимга босилди юлдузли осмон.
Ўшал кун кетолмай паришон турдим,
Хаёлингга кирдим балки сўнгги бор.
Ихтиёрсиз ерга номингни ёздим,
Номсиз ўйларимнинг тасвири мисол.
Уза олмаётган қарзларим кўпдай,
Тик боқа олмадим ўтмиш кўзига.
Елларга ишондим сирларимизни,
Ишона олмадим балки ўзимга.
Йиғладим , тушуниб-тушунмай ғамни,
Хаёлнинг беўхшов рақсини кўрдим ,
Умримнинг энг озод тўлқинларини
Бир тор дарёларга топшириб қўйдим.

@sheriyatuz
U ketdi. Hammasi uchun Rahmat Yura. 😔😔😔