She'riyat olami.
328 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
26 апрел Муҳаммад Юсуф туғилган кун

Ватаним

Мен дунёни нима қилдим,
Ўзинг ёруғ жаҳоним,
Ўзим хоқон,
Ўзим султон,
Сен тахти Сулаймоним,
Ёлғизим,
Ягонам дейми,
Топинган кошонам дейми,
Ўзинг менинг улуғлардан
Улуғимсан, Ватаним…

Шодон куним гул отган сен,
Чечак отган изимга,
Нолон куним юпатган сен,
Юзинг босиб юзимга.
Синглим дейми,
Онам дейми,
Ҳамдарду ҳамхонам дейми,
Офтобдан ҳам ўзинг меҳри
Илиғимсан, Ватаним.

Сен Машрабсан,
Халқда тумор,
Балхда дорга осилган,
Навоийсан, шоҳ ёнида
Фақирини дуо қилган.
Яссавийсан, меники деб,
Кўринган даъво қилган,
Минг бир ёғи очилмаган
Қўриғимсан, Ватаним.

Сен Хўжандсан,
Чингизларга
Дарвозасин очмаган,
Темур Малик орқасидан
Сирдарёга сакраган,
Муқаннасан қорачиғи
Оловларга сачраган,
Широқларни кўрган чўпон,
Чўлиғимсан, Ватаним.

Ким Қашқарни қилди макон,
Ким Энасой томонда,
Жалолиддин – Курдистонда,
Бобуринг – Ҳиндистонда,
Бу қандай юз қаролиғ, деб
Ётарлар зимистонда,
Тарқаб кетган тўқсон олти
Уруғимсан, Ватаним…

Ўғлим десанг осмонларга
Ғирот бўлиб учгайман,
Чамбил юртда Алпомишга
Навкар бўлиб тушгайман,
Падаркушдан пана қилиб
Улуғбегинг қучгайман,
Ғичир-ғичир тишимдаги
Сўлиғимсан, Ватаним…

Ўтган кунинг – ўтган кундир,
Ўз бошингга етган кун,
Қодирийни берган замин,
Қодирийни сотган кун.
Қўлин боғлаб,
Дилин доғлаб,
Етаклашиб кетган кун,
Воҳ болам! деб айтолмаган
Дудуғимсан, Ватаним.

Ёнингда қон йиғлаган бир
Шоирингга қараб қўй,
Гар Қўқонга йўлинг тушса,
Детдомларни сўраб қўй.
Ҳеч бўлмаса Усмон хокин
Келтирмоққа яраб қўй,
Олисларда қуриб қолган
Қудуғимсан, Ватаним…

Сен – шохлари осмонларга
Тегиб турган чинорим,
Ота десам,
Ўғлим деб,
Бош эгиб турган чинорим,
Қўйнимдаги ифтихорим,
Бўйнимдаги туморим,
Ўзинг менинг улуғлардан
Улуғимсан, Ватаним!

Муҳаммад Юсуф, Ўзбекистон халқ шоири

Муҳаммад Юсуф 1954 йил 26 апрелда Андижон вилояти Марҳамат туманининг Қовунчи қишлоғида деҳқон оиласида дунёга келди. Ўрта мактабдан сўнг Рус тили ва адабиёти институтига кириб, уни 1978 йили тамомлади. 1978-1980 йилларда республика Китобсеварлар жамиятида, 1980-1986 йилларда “Тошкент оқшоми” газетасида, 1986-1992 йилларда Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриётида, “Ўзбекистон овози” газетасида ишлади. Умрининг сўнгги йилларида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмасининг котиби вазифасини бажарди.

У ўнга яқин шеърий тўплам, кўплаб қўшиқларнинг муаллифи сифатида кенг китобхонлар қалбига кириб улгурди. Шоирнинг дастлабки шеърлари “Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетасида 1976 йили эълон қилинди. Сўнгра “Таниш тераклар” (1985), “Булбулга бир гапим бор” (1987), “Илтижо” (1988), “Уйқудаги қиз” (1989), “Ҳалима энам аллалари” (1989), “Ишқ кемаси” (1990), “Кўнглимда бир ёр” (1991), “Бевафо кўп экан” (1991), “Эрка кийик” (1992), “Ёлғончи ёр” (1994) каби шеърий тўпламлари, сайланмалари нашр этилди.1989 йилда эса “Уйқудаги қиз” номли шеърий тўплами учун унга республика Ёшлар ташкилотининг мукофоти берилди. 1998 йили Муҳаммад Юсуфга “Ўзбекистон халқ шоири” деган юксак унвон берилди.

Шоир 2001 йилнинг 1 август куни 47 ёшида оламдан ўтди. Агар у ҳаёт бўлганида бугун 66 ёшни қарши оларди

@sheriyatuz
Ko'mak


Chag'alaylar faryodi tutgan havoni,
Daryo to'lqinlari qirg'oqni yuvgan.
Baliqchi hayqirib, deydi: - xaloyiq!
Cho'kkan ko'rinadi baliqlar suvga!

Nega anqayasan, qo'lingda chelak?
Yugirsangchi tezroq, odamlarni chaqir!
Baliqlarni tezroq qutqarmoq kerak,
Do'stlik og'ir kunda bilinar axir!

Boshqa baliqchi der, boshini qashib,
Baliqlarni o'ylab, g'amgin yuvinib:
- Xashar yo'li bilan, chelaklab tashib,
Quritsakchi daryo suvini?..

✍️ X. Vulqon
@sheriyatuz
ERKA KIYIK

Erka kiyik, maylimi bir erkalasam,
Majnun bo'lib sahrolarga yetalasam,
Bu dunyoda birday g'arib men ham, sen ham,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Sening ko'zing qora, mening ko'zim qora,
Sening bag'ring yara, mening bag'rim yara,
Bu dunyoda sen bechora, men bechora!..
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Shamol emas, izing quvib yurdi kamon,
Sayyod mening kulbamni ham qildi vayron.
Sening joning , mening jonim — omonat jon,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Kel, yig'laymiz birgalashib yantoqlarga,
Sahrolarda qurimagan buloqlarga,
Ikkalamiz yaralganmiz qiynoqlarga,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Umrimizning barcha yo'li, so'qmog'i cho'g',
Cho'g'dan qo'rqma, beyuz qo'ygan qopqondan qo'rq.
Bu dunyoda senga do'st yo'q, menga do'st yo'q,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

Soch oqardi, dildosh kutib ko'zim toldi,
Yuragimdan to'kilmay ne so'z qoldi,
Yo'l so'ngida, hech bo'lmasa o'lim oldi,
Erka kiyik, maylimi bir erkalasam?..

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
She'riyat olami.
@yoshlarbop_musiqalar – Shahzoda - Seni Osmonimga Olib Ketaman
Mening ertagimsan

Mening shodligimsan, bolaligimsan,
Mening g`ussam o`zing, mening armonim.
Seni osmonimga olib ketaman,
Yerda bizga kun yo`q, kun yo`qdir, jonim!..

Xato qildimmikan men erta kelib,
Yo sen adashdingmi kelib keyinmi?
Goho kimliging ham bo`lmaydi bilib,
Inim deymi seni, sevgilim deymi?

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman...

O`ylamay deymanu o`ylamay bo`lmas,
O`tsang sen tomon bir bo`ylamay bo`lmas.
Sen mening hammadan yashirgan sirim,
Mening ertagimsan, so`ylamay bo`lmas.

Ket, deb haydolmasam netaman,
Kel, deb aytolmasam netaman.
Seni osmonimga olib ketaman,
Seni osmonimga olib ketaman!..

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Kapalaklar, kapalaklar
Guldan gulga qo‘nishib yayrar.
Mening yelkamda-chi tegirmon toshi...
#hokku @sheriyatuz
Forwarded from She'riyat olami.
Egnimdagi qog'oz ko'ylagimni
Ivitib yirtibdi
Bahor yomg'iri.

#hokku
@sheriyatuz
TUSHLARIMGA KIR

Kapalakday kelib,
Qoshingga qo’nib,
Ko’zingga termulib umrim o’tsaydi...
Nima ham ko’ribman men yigit bo’lib?
Sochingni silashga qo’lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir.

Tovoning o’padi ariqdagi suv,
Ko’ylaging etagin o’padi maysa.
Men-chi, bir giyohcha bo’lolmadim-ku,
Ey, ko’zlari jayron, kiprigi nayza!
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir.

Ko’chib borayotir bu umr – karvon,
Kunlarning bo’ynida yurak qo’ng’iroq.
Men senga armonu sen menga armon,
Ko’nglimning to’rida tutar shamchiroq.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir endi, tushlarimga kir...

Kapalakday kelib, qoshingga qo’nib,
Ko’zingga termulib umrim o’tsaydi.
Qolding bag’rimda jonimdek bo’lib,
Sochingni silashga qo’lim yetmaydi.
Peshonam shu ekan, peshonang shudir,
Tushimga kir jonim, tushlarimga kir..

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
САРДОБАДАН СИЗГАН СУВЛАР...

Сардобадан сизган сувлар халқим учун синов бўлди,
Эгилмади элнинг қадди, биродарлик бир ғов бўлди.
Йўлга чиқди оғир карвон Қорақалпоқ, Хоразмдан,
Карвон ичра залворлиси ҳар бир инсон меҳри бўлди.

Намангандан, Андижондан, Фарғонадан юклар келар,
Писанд эмас тоғу-тошлар, Қамчиқдаги довонлар ҳам.
Бухоронинг қумларида эсса ҳамки шамол еллар,
Нони борар Самарқанднинг-тандирининг ҳиди келар.

Сурхондарё, Қашқадарё – қараб турмас сурар отин,
Бошин буриб Сирдарёга алп йигитлар-ёрдамга дер.
Навоийнинг ўғлонлари оқлар бугун асл зотин,
Тугилганда ҳар бир бармоқ- мушт бўлади, титрайди ер.

Жиззахликлар бағрин очар ҳар бир меҳмон, мусофирга,
Етти қават кўрпачасин олар дарҳол тахмонидан.
Дин ажратмас кулфат тушса гар даҳрийга ё кофирга,
Меҳмон улуғ, дея кўрар - кўрар ортиқ у жонидан.

Тошкентликлар пешқадамдир-навбат турар саҳоватга,
Ишчиси-ю, зиёлиси, санъаткори бари бутун.
Ёш-у қари бел боғлаган, бир зум йўқдир ҳаловатга –
Ўзбекларнинг ўз-беклигин бутун дунё билди бугун.

Сардобадан сизган сувлар ўзбек учун синов бўлди...

Мирзабек Жапақов,
Хоразм.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
SABIR SINOVI
Kunda o'ylanaman qachon tugar deb,
Osuda tinch hayot qadrin bilyapman.
Talabalik davrin sog'inib bugun,
Barcha qoidaga amal qilyapman.

Yurakni siqdi-ku yuzdagi niqob,
Karantin davriga chidaymiz shuda.
Xonamda o'ychanman ko'ngilda xadik,
O'qishda bo'lishni sog'indim juda.

Sinovdir insonga buning barchasi,
Bilib birgalikda tezda ketamiz.
Vaziyat tahlilin olsak barchamiz,
G'ovni birgalashib yengib o'tamiz.

Birga shuncha davrni ortda qoldirdik,
Shunday birgalashib o'taylik yana.
Intizom, sabrimiz jilovin ushlab,
Baxtli shodon kunni kutaylik yana.

Zulpanov Fazliddin SamDU Kimyo

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Ko'nglingiz qiynamasin havotir
Bu dardlar tez kunda tugaydi ohir
Har bir yurtdoshimga tilayman sabr
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Ma'suliyatli rahbar bo'lar siz kabi
Dushman ham ketadi, bizlardan nari
Boshlanar to'ylaru, bayramlar bari
Yurdboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Maktabga qaytamiz, bilim olamiz
Bog'chalarga borib, gullar teramiz
Nasib etar birma-bir to'p ham o'ynarmiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Bobolarimiz, momolarimiz Yo OLLOH,
Ziyorat qilishar, ochilib Ka'batullohl
Robbim qo'llar bandasin, Inshaolloh
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Tunu kun hech bir, tinim bilmaysiz
Necha kundan buyon orom olmaysiz
Halq manfaatini doim o'laysiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Ollohdan so'raymiz sizni umringiz
Kerak bo'lsa beramiz boru yo'g'imiz
Siz uchun fido bo'lsin jonimiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.

Siz aytgandek birlashib, dengiz bo'lamiz
Har qanday dushmanni birga yengamiz
Siz uchun, siz uchun faqat Uydamiz
Yurtboshim biz uchun sog' omon bo'ling.



4sinf o'quchchisi Baratova Ranohon
Farg'ona sh. 41-o'rta ta'lim maktabi.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
ҒАМ

Сени қўрқитмасин ғам аталмиш юк,
Унга қараб туриб дегилки: "Бу юк
У қадар буюкмас, Холиқим буюк!"


ГУВОҲЛИК

Тишларинг еганига
Гувоҳ эди-ку тилинг,
Нечун шукр демади?!

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
Audio
✍️ 🎤 Nurullaeva Z

#muxlisminbari
@sheriyatuz
SEVGI SADOSI

Gulim, mehr ko`zda degani yolg`on,
Mening dilimda hech o`chmas yolqinsiz,
Qancha ko`rishmasak shuncha qadrdon,
Qancha olis bo`lsak, shuncha yaqinsiz.

Devona oshiqman, men bir devona,
Ayting sizdan bo`lak kimim bor yana?..
Siz yo`q chog`imdagi dunyom begona,
Siz yo`q bog`imdagi gullar yoqimsiz.

Siz achchiq qismatim, siz iztirobim,
Siz shirin dardimsiz, shurin azobim,
Siz mening ko`klardan topgan oftobim,
Yerlarda yo`qotgan ko`zmunchog`imsiz.

Yodimda kechagi sho`xliklaringiz,
Ko`ksimni kuydirgan kipriklaringiz,
Siz o`sha — Orzusi oydan oydin qiz,
Siz o`sha — kulgusi qo`ng`irog`imsiz.

Siz o`sha ko`zimning kiftida turgan,
Siz o`sha ko`nglimga ko`ngli in qurgan.
To`kilay deb tilim uchida turgan
She'rimsiz, bir umr bitmas ohimsiz...

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
UYQUDAGI QIZ

Qaro yerga qo`yib bosh,
Bir qizgina uxlaydi.
Ko`zlariga to`lib yosh,
Hur qizgina uxlaydi.

Yotar qurib darmoni,
Mangu uxlar gul yanoq.
Ko`ngli to`la armoni,
Qo`yni to`la qizg`aldoq.

Bu dunyo hech sendek
Qiz yo`q edi tur singlim,
O`zing orzu qilgandek,
To`y qilamiz, yur singlim.

Oy yuzingga bir nafas,
Harir ro`mol o`rarsan.
Gulgul yonib muqaddas
Chimildiqqa kirarsan.

✍️ Muhammad Yusuf

@sheriyatuz
G'arib chiroqlar


Osmonda yulduzlar yotar charaqlab,
Shahar jim, xaloyiq ketganday ko'chib.
Oydinda o'z soyasiga o'zi daraxtlar,
Havotirli qaraydi, cho'chib.

Yulduzlar jimirlar ko'zyosh singari,
Zulmatning tim qora kipriklarida.
Suvga termuladi mayus va g'arib,
Chiroqlar daryoning ko'priklaridan.

✍️ X.Vulqon

@sheriyatuz
Toptalgan gulxan


Bulutlar lavasiga cho'karkan quyosh,
Kun ham yonib bitar, qorayar samo.
Charchagan ko'ppakday tin olar, yuvosh,
Tilin sakillatib yugirgan shamol,

Darchalarning olmos chirog'i porlar,
Zirillar chirildoq chirillagan joy.
Yo'llarga soyasin to'shaydi tollar,
Jim, sassiz, sadosiz suzib yurar oy.

Beminnat, musaffo, shifobaxsh havo,
Baqalar qurillar uzoqda sho'x -shan.
Miltillagan cheksiz yulduzli samo,
Toptab o'chirilgan gulxanga o'xshar.

✍️ X.Vulqon

@sheriyatuz