She'riyat olami.
328 subscribers
203 photos
45 videos
7 files
110 links
O'zbek she'riyat olami !

Fikrlaringizni jilovlab oling, ular hamma narsaning boshlanishidir.



Admin bilan bog'lanish: @Sheriyatuz_bot

Muxlis minbari loyihasi uchun
@sheriyatuz_bot
Download Telegram
Forwarded from She'riyat olami.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
8- mart bayramiga bag'ishlanadi ! 😁😁 Xazil )
Forwarded from She'riyat olami.
Do‘stim, yomon bu hayol,
Parishonga dard yaqin.
Hayajonda qiz, ayol,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boshlamasin g‘avg‘oni,
Naqd qilib qo‘y sovg‘ani.
Xo‘mraymagin, kul, qani,
Sakkizinchi mart yaqin.

Shafyor bo‘lsang yo‘lga chop,
'' Avans '' olgin, pulga chop.
Magazinga gulga chop,
Sakkizinchi mart yaqin.

Boringni sol cho‘ntakka,
Bozorga chop ko‘ylakka.
'' Validoll '' ol yurakka,
Sakkizinchi mart yaqin.

'' Yuz gramm '' ga qotmagin,
Qizlarga gap otmagin.
Tag‘in qarzga botmagin,
Sakkizinchi mart yaqin.

Qish oxiri suyma hech,
Kulib turgin, kuyma hech.
Bo‘ydoqliging qo‘yma hech,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ayollarga mazzada,
Baxtiyor bir lahzada.
Erkak zoti '' azada ''
Sakkizinchi mart yaqin.

Xotin mexri jo‘shar kun,
Bir odamga o‘xshar kun.
Sakkiz yildek o‘tar kun,
Sakkizinchi mart yaqin.

U yon bu yon yelaman,
O‘z holimga kulaman.
'' Martni yomon ko‘raman ''
Sakkizinchi mart yaqin.

So‘zim alam qilgan choq,
Ey qiz nafrat qilmay boq.
She‘rim hazil-u biroq,
Sakkizinchi mart yaqin.

Ushbu she‘rimiz bayram hazili albatta.
Sakkizinchi mart xalqaro xotin qizlar kuni bilan yurtimizdagi barcha onajonlarimizni, opa - singillarimizni chin yurakdan tabriklimiz.


Hamza Ahmad o'g'li.

#muxlisminbari
@sheriyatuz
Audio
🎤Audio ijroda:
Pardayeva Maftuna

@Sheriyatuz
Bahorning ilk kunlari bayramdir sizga,
Bahor kabi beg'ubor mushtipar ayol.
Bo'ling doim salomat siz baxtimizga,
Siz bilan hayot shirin, shirindir hayol.

@sheriyatuz
To'lsin quchong'iz gullarga,
Mehr ulashar barcha dillarga.
Gulgin yuzli dilbar sizlarga,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Xonadonimiz doim sarishta,
Yuguradi yeladi har ishda.
Sirli-sirdosh opa-singil sizlarga,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Ko'z yoshi, to'lar chashma durlarga,
Tabassumda ba'zi dardin yashirsa.
Yurak tupida pinhon tutib dil sirin,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Biri ona, opa yo singil,
Qiz farzand bo'lajak - ona.
Shirin so'z, e'tibor gadosi ular,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Qalbimizni yoritgan chiroq,
Metinday sabr-u bardosh.
Mehr chashmasi buloq,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Ochiq yuzli - volidam onam,
Sadoqatli kelin - qizlarim.
Panohida asrasin Robbim sizlarni,
Bayramingiz muborak bo'lsin!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
✍️ Kumush

@sheriyatuz
#kunparodiyasi

Нархи қанча мошинни, айтинг,
Ҳаммасини сотиб оламан.
Автосалон остонасига,
Керак бўлса ётиб оламан.😂

Қайда мошин бозори айтинг,
Олиб берай мошинсизларга.
Ушбу шеърим учун сўксангиз,
Тутиб берай бошим сизларга.😳

Нархи қанча мошинни, айтинг,
Ўзим олай етса имконим.
Нима бўпти фоизи ошса,
Етса молим, етмаса жоним.

Салониздан майли бир дона,
Беринг яхши хайирлар учун.
Интернетни портлатган роса,
Блоггерлар, шоирлар учун.😁

Мошин излаб шаҳарни кездим,
Олишимга борми қаршилар.
Ўзимга ҳам керакдир, бироқ,
Фоиз ошиб кетди, яхшилар.😢

Мошин борми эски бўлса ҳам,
Йўқ деган сўз ёмон нечоғлиқ.
Бу ўткинчи дунёда мошин,
Наҳот бўлса GM га боғлиқ.😡

Нархи қанча мошинни айтинг,
Айтинг...

Ўлмасбек Раҳимхон 😃

@sheriyatuz
#vahimasizkarantin

ТАСКИН

Биз енгиб ўтганмиз кўп синовларни,
Бошимизга ёққан қор-қировларни,
Кўмакка чорламай  ёт-бировларни,
Мағлуб этажакмиз бу балони ҳам!

Эргашсак ҳақ сўзли халқнинг фикрига,
Ботмасак ёлғоннинг чиркин кирига,
Кўнгиллар талпинса, Ҳақнинг зикрига,
Мағлуб этажакмиз бу балони ҳам!

Қўрқманг, ваҳиманинг ўзи ярим дард,
Дард берган шифосин бергувчи жўмард,
Бугун биз бўлолсак мардонавор мард,
Мағлуб этажакмиз бу балони ҳам!

Умидлар ўлмасин титроқи жонда,
Иттифоқ бўлайлик, бу имтиҳонда,
Ўзбекдай сабрли ҳалқ йўқ жаҳонда,
Мағлуб этажакмиз бу балони ҳам!

Қалбни қийнамасин кўнгилдаги оҳ,
Пок юринг, покликда ҳикмат кўп иллоҳ,
Ўзин асраганни асрайди Аллоҳ,
Мағлуб этажакмиз бу балони ҳам!

Келиб энди бизга ёйдингми қулоч,
«Шумқадам меҳмон»сан, диёримдан қоч,
Дунё бошидаги таҳликали тож,
Мағлуб этажакмиз сени, албатта!

Биз енгиб ўтганмиз кўп синовларни...

Ўлмасбек Самарқандий.
15 март, 2020 йил.
Channel name was changed to «She'riyat olami. UYDA QOLING !!!»
Forwarded from Times.uz
Baxt kabi gulladi bog'imda bahor,
Janubdan quchog'i ilib qaytdi yel.
Hamma g'ashliklarni yengdim bu nahor,
Hamma eshiklarni ochib qo'ydim -
Kel!

Tumanni ko'tardim -
ko'chalar ravshan.
Hasan-u Husanga cho'lg'adim ko'kni...
Ko'zlarim toliqdi -
Nega kelmaysan?
Xudo xohlasa ham uchrashmoq yo'qmi?!..

Usmon Azim

@sheriyatuz
Forwarded from TUZFURUSH
Yaqinda tarqalgan xabarlarni o'qib Pushkinning "O'lat chog'idagi bazm" hikoyasi esimga tushib ketdi:

"Shaharda o'lat epidemiyasi avjida. Bir necha yoshlar ko'chada dasturxon yozib aysh-ishrat qilishar va qo'shiqlar kuylashayotgan bo'ladi. Bayramga Valsingam degan yigit boshchilik qilayotgan bo'ladi (uni rais deb atashadi). Bayram paytida ularning yoniga ruhoniy kelib, ularni kufr va xudosizlikda ayblaydi. Ruhoniy yoshlarni ziyofatni to'xtatib, uyiga qaytishga undaydi, ammo Valsingam uylarida zerikishganini va yoshlar xursandchilik, vaqtichoqlikni xush ko'rishini aytadi. Ruhoniy esa unga uch hafta oldin onasining qabri ustida yig'laganini va bechora onaizor hozir uni osmonda ko'rib yig'layotganini aytadi..."

Zamonlar o'zgargarsa ham insonlar o'zgarmas ekan.

@tuzfurush

https://tttttt.me/xushnudbek/4925
Yo'llar

O'sha o'sha yomg'ir va o'shanday yo'l,
Qachonlardir birga ikkimiz yurgan.
Jilmayganding,jiqqa ko'ylaklaring xo'l,
Ruhim zulmatlarin to'ldirib nurga.

Ikkimiz yurganda negadir ko'cha,
Tez tugab qoladi - deganding to'xtab.
Tun bo'yi daydiyman, chiroqlar o'char,
Sensiz ko'chalarning poyoni yo'qday.

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz
Salamandra

Shaffof ko'zgularga uraman kalla,
Sho'ng'iyman, suzaman, ketmayman cho'kib.
Yassi Yer lappagin ko'targan palla,
Bahaybat shoxida donishmand xo'kiz.

Bemalol yuraman suv yuzasida,
Qahratonda daryo muzlagan mahal.
Qalin devorlardan o'taman sizib,
Tumandan bo'lsa u, har shomu sahar.

Xiyobonda yursam kuymas oyog'im,
Lovullagan xazonlarni bosib,
Yelkamdagi yulg'undan yo'ngan tayog'im,
Uchiga etiklarimni osib.

Uyin devorlari o'tib bo'lmas tosh,
Biri kam bu dunyo emasdir to'kis.
O'tli nigohinga berolmasdan dosh,
Ko'zing ummoniga ketarman cho'kib.

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz
Ko'klam chaqinlari

Shivirlagan yomg'ir duosin tinglab,
O'ltirsang darchaga termulib gohi.
Yuvilgan chiroqlar porlasa minglab,
Tebransa mast alast daraxtlar shoxi.

Yomg'irli zulmatda uzoq yaqinlar,
Hasratga cho'mganda charog'on kunsiz,
Yaraqlasa olis g'amgin chaqinlar,
Osmon bilan yerni payvandlab unsiz.

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz
Raqs

Yomg'ir sharros quyar, qorong'u zulmat,
Qaniydi ko'chada ikkimiz yursak.
Ko'chada ko'rinmas bironta ummat,
Faqat yomg'ir chalar tinimsiz qarsak.

Yo'llarni marmarga aylantirar u,
Goh tomda xayolchan tog'ora chalar.
Kumushday yaltirar ko'lmaklarda suv,
Goh chaqin xanjari yaraqlab qolar.

Mahzun pichirlaydi yomg'irli bog'lar,
Ivib, uvalanar loydevor paxsa.
Ispanlar singari ko'zlarin bog'lab,
Tun mag'rur depsinib tushadi raqsga.

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz
УЙДА ҚОЛИНГ!

Дунё тамсилини кўрмаган юриш,
Изоҳлаб беролмас бир сандиқ китоб.
Ғалати ҳарб бўлди, ғалати уруш –
Уйда қолинг!” деган янгича хитоб...

Сайёра сатҳини қуршади қасди:
Жилмайман ёнингдан сенга юқмасдан...”
Шиори иттифоқ оламни босди:
Душманни енгамиз уйдан чиқмасдан!”

Ёвнинг мавжудлиги гўё билинмас,
Ҳаводан ҳавога ташлайди қадам.
Қўл чўзсак кўмакка, қабул қилинмас,
Фақат уйда қолиб берилар ёрдам.

Унинг офатлари борар узайиб,
Яшайди илиниб қўлнинг учида.
Ташқарида турар бизга безрайиб,
Ғолибмас магар биз – уйнинг ичида...

Аммо мақсадини англагим келди,
Дардли кўзларига қарадим мағрур.
Қалбининг фарёди юракни тилди,
Асли у биздан-да оғирроқ оғрир.

Уққаним ҳикматни тамомий ўзга:
“Даф бўлгум бир куни ўйларингиздан,
Фақат бир шарт қўйиб кетаман сизга:
Одам бўлиб чиқинг уйларингиздан!”

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
Bahor toshqinlari

To'lqinlar garmonin cho'zg'ilab, chalib,
Beshikday lapanglab oqadi daryo.
Mudroq oy ohista ko'kka yuksalib,
Suvlar ko'zgusiga boqar beparvo.

Baqalar zulmatda g'amgin valaqlar,
Sokin gurungida ilohiy hasrat.
Tizza bo'yi suvga botgan daraxtlar,
Qushlarning inlarin avaylab asrar.

Daryo toshqinlari qulochin yoydi,
Shaffof suv ko'zgusi - to'lin oy suygan.
Qirg'oqlarda yolg'iz yuraman daydib,
Qochib chiqib maxbusday uydan.

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz
Termulib to'ymaydi ko'lmaklarga oy


Xiqillab yig'laydi oydinda aprel,
Shar shur eriyverar qaxrli qorlar.
Dong qotib, go'dakdek uxlab yotar el,
Darchalarning xorg'in chirog'i porlar.

Ko'chada ko'rinmas bironta odam,
Dov daraxt odamday o'yga botadi.
Vaqt soat bilan hamon hamqadam,
Oqsoqlanib, g'amgin odim otadi.

Bahor ko'z yoshlari chakillab tomgan,
Ko'cha ko'y ko'lmaklar ko'zgusiga boy.
Sumalaklar tushar qarsillab tomdan,
Termulib to'ymaydi ko'lmaklarga oy.

✍️ Xoldor Vulqon

@sheriyatuz