Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.6K subscribers
32.2K photos
2.4K videos
116 files
10.6K links
Download Telegram
#Shaxmat_shashka
#Saralash

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti "Zooinjeneriya va maxsulotlarni qayta ishlash texnalogiyasi" fakulteti Yoshlar ittifoqi koordinatorlari tashabbusi bilan sportning shaxmat-shashka turi boʻyicha fakultet talaba yoshlari oʻrtasida saralash bosqichi oʻtkazildi.

Saralash bosqichi fakultet tyutori N. Abduvafoyeva hamda Universitetning Sport klubi bilan hamkorlikda oʻtkazildi

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan saralash oʻyinlari so‘ngida g‘oliblar aniqlandi va universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Jarayon #Universiada_2024 #Shaxmat_shashka

Sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha “Universiada-2024” musobaqalari Respublika bosqichiga start berildi

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2024” sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha final bosqichi musobaqalari boshlandi.

Musobaqa final bosqichida Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoadan 56 nafar yigit-qizlar o‘zaro bellashishmoqda.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etilib, tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan Toʻxtayev hamda Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Azizbek Nasimovlar ishtirokchilarga omad tiladi va musobaqaning ilk o‘yinlari o‘tkazildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Universiada_2024 #Shaxmat_shashka

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2024” sport musobaqalarining
shaxmat va shashka turlari bo‘yicha final bosqichi yakunlandi.

NATIJALARGA KO‘RA:

Shashka turi bo‘yicha – qizlar;

🥇 - Nodirqulova Malika - Sirdaryo viloyati
🥈 - Xoliqberdiyeva Xumora - Toshkent viloyati
🥉 - Boliqulova Charos - Samarqand viloyati


Shashka turi bo‘yicha - o‘smirlar;

🥇 - O‘rmonaliyev Ozodbek - Toshkent shahri
🥈 - Amanov Mirfayz - Buxoro viloyati
🥉 - Qosimov Oybek - Andijon viloyati


Shaxmat turi bo‘yicha – qizlar;

🥇 - Bobomurodova Maftuna - Toshkent viloyati
🥈 - Rabbimova Dilnura - Navoiy viloyati
🥉 - Alaxonova Zuhra - Jizzax viloyati


Shaxmat turi bo‘yicha - o‘smirlar;

🥇 - Davron Sharipov - Toshkent viloyati
🥈 - Rasulbek Abdullayev - Toshkent shahri
🥉 - Uchqun Umirov - Samarqand viloyati


G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Sport #Shaxmat

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 2-son Talabalar turar joyida Jismoniy madaniyat fani o'qituvchilari va veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti mas'ullari tomonidan talabalar o‘rtasida sportning shaxmat turidan “Shaxmat olimpiadasi” musobaqasi o‘tkazildi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra:

I o‘rin - Allaberganov Shoxruxxon;

II o‘rin - Isakov Xojiboy;

III o‘rin - Ma’rupov Shoxjaxon egalladilar.


Qizlarlar o‘rtasida o'tkazilgan musobaqa natijalariga ko‘ra:

I o‘rin - Sanaqulova Zuxra;

II o‘rin - Raxmiddinova Aziza;

III o‘rin - Sotimova Akmaral egalladilar.


🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
#Rektor_kubogi #Sport #Shaxmat

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida universitet talaba-yoshlari o’rtasida o’tkazilgan sportning “SHAXMAT” turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasida

-faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun Agrotexnologiya fakulteti jamoasi 1-darajali diplom, estalik sovg’a va rektor kubogi bilan;

-faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti jamoasi 2-darajali diplom va estalik sovg’a bilan;

-faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun Biotexnologiya fakulteti jamoasi 3-darajali diplom va estalik sovg’a bilan taqdirlandi.



🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Rektor_kubogi #Sport #Shaxmat

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 2025-yil 14-15-aprel kunlari universitet professor-o’qituvchilari va xodimlari o’rtasida o’tkazilgan sportning “SHAXMAT” turi bo’yicha “REKTOR KUBOGI” musobaqasida

-faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun Buranov Najmiddin Karimovich 1-darajali diplom, estalik sovg’a va rektor kubogi bilan;

-faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun Ravshanov Sanjar Tolibjonovich 2-darajali diplom va estalik sovg’a bilan;

-faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritganligi uchun Saixanyan Garik 3-darajali diplom va estalik sovg’a bilan taqdirlandi.


🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube