Dtm.uz | Davlat test markazi
87K subscribers
105 photos
49 videos
32 files
341 links
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali.

Ishonch telefoni:
(+998 95) 199 19 14

🌐 dtm.uz
-
-
-
👨‍💻Reklama >> - https://tttttt.me/+SwAo-YikrkZzu9el
-
-
-
-
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024 #Abituriyent2024
Oliy va professional ta’lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
#Qabul2024   #Abituriyent2024   #Statistika

⚡️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 15-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 195 354 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 7 999 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 16 419 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 11 579 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 17 058 nafar
👉 So‘x tumani -- 319 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 8 749 nafar
👉 Namangan viloyati -- 10 864nafar
👉 Navoiy viloyati -- 14 041 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 17 534 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 19 760 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 7 171 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 7 153 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 3 336 nafar
👉 Toshkent shahri -- 39 096 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 14 276 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --97 722 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 97 632 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 96 301 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 99 053 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

o‘zbek tili -- 168 014 nafar
rus tili -- 23 119 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 3 454 nafar
🔘  boshqa tillar -- 687 nafar


Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Xotin-qizlar tavsiyanomasiga ega abituriyentlar diqqatiga!
#abituriyent   #qabul2024

Koʻplab abituriyentlardan ularga xotin-qizlar tavsiyanoma berilgani toʻgʻrisida SMS xabar kelgani, lekin my.uzbmb.uz saytida tavsiyanoma maʼlumotlari chiqmayotgani boʻyicha murojaatlar kelib tushmoqda.

Maʼlumki, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan besh yillik ish stajiga ega xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga OTMga krish uchun tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanoma berish jarayoni yakunlangandan soʻng tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Bilimni baholash agentligiga taqdim etiladi.

Ushbu jarayon hali yakunlanmagani sababli abituriyentlarning shaxsiy kabinetida xotin-qizlar tavsiyanomasiga oid maʼlumotlar aks etmayapti.

Nima qilish kerak?

Roʻyxatdan oʻtish uchun tavsiyanomani kutish shart emas. Hozirning oʻzida roʻyxatdan oʻtib, fanlar majmuasini tanlash mumkin.

Qoʻmita tomonidan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi (hafta oxirida taqdim etilishi kutilmoqda) bilan my.uzbmb.uz saytida bu maʼlumotlar aks etadi.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Safimizga qoʻshiling
👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent   #qabul2024


Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari
ga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yil 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024

Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.


Safimizga qoʻshiling
👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya
#apellatsiya #qabul2024

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatlari 2024-yil 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.


Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
#Qabul2024 #Statistika

⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %)erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy