Dtm.uz | Davlat test markazi
100K subscribers
105 photos
49 videos
32 files
341 links
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegram kanali.

Ishonch telefoni:
(+998 95) 199 19 14

🌐 dtm.uz
-
-
-
👨‍💻Reklama >> - https://tttttt.me/+SwAo-YikrkZzu9el
-
-
-
-
Download Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yili
da oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Safimizga qoʻshiling
👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovi jarayonlaridan videolavhalar


Safimizga qoʻshilin
g 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan test sinovi jarayonlaridan videolavhalar

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Ichki ishlar vazirligining akademik litseylariga kirish test sinovlari
#abituriyent   #qabul2024


Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari
ga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2024-yil 26-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi va 09:00 da boshlanadi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan 08:00 dan kechikmagan holda kelishlari lozim.

Test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma talabgor hujjat topshirgan Ichki ishlar vazirligining akademik litseyi tomonidan tarqatiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️Rasman: Turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik bo‘ladi

Bu haqda Prezident Qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan davlat oliy ta’lim muassasalarida turizm va mehmonxona xo‘jaligi sohalarida kadrlar tayyorlash tizimida o‘quv jarayonlari “blok-modul” tizimiga asoslangan dual ta’lim shaklida tashkil etiladi.

Bunda, o‘quv jarayonlarining nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushi quyidagicha bo‘lishi nazarda tutilgan:

1-bosqichda – 80 foiz nazariy va 20 foiz amaliy;
● 2-bosqichda – 50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
● 3-bosqichda – 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi.


✔️ 2024-yil 1-avgustdan turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan amaliyot bazalarini (turoperator, turagent, gid-tarjimon, mehmonxona va turizm transporti xizmatlarini ko‘rsatish ob’yektlari) belgilangan tartibda tashkil etishga ruxsat beriladi.

2027-yil 1-yanvargacha turizm sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining amaliyot bazalarida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun foyda solig‘i 50 foizga kamaytirilgan stavkada to‘lanadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ O'n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 25-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

25-iyul kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot



Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#test2024 #abituriyent

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari


Sirdaryo viloyati, Bilim va malakalarni baholash agentligining Sirdaryo viloyatidagi binosi

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Xotin-qizlarga 500 ta kvota.pdf
158.8 KB
⚡️ Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun qabul kvotalari (to‘lov-kontrakt asosida) TAQSIMOTI

Kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar
uchun ajratilgan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Jami: 500 ta qo‘shimcha kvota (to‘lov-kontrakt asosida).

❗️ Diqqat! Ushbu kvota tegishli tavsiyanomaga ega bo‘lgan, biroq kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra umumiy tanlovda talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarga birinchi oliy ta’lim muassasasi uchun amal qiladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?
#abituriyent #qabul2024

Javob: my.uzbmb.uz saytining “Davlat OTMlari” bo‘limida davlat oliy ta’lim muassasalari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lib, mazkur bo‘lim orqali so‘nggi 3 yildagi o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

Bunda oliy ta’lim muassasasining tegishli ta’lim yo‘nalishi tanlanganda quyidagi ma’lumotlar chiqadi:

2023-2024-o‘quv yilidagi qabul kvotalari soni (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida);

2023-2024-o‘quv yilidagi fanlar majmuasi (birinchi va ikkinchi mutaxassislik fanlari);

so‘nggi 3 yillik o‘tish ballari (davlat granti va to‘lov-kontrakt alohida).

Shuningdek, saytda ta’lim yo‘nalishlarini ta’lim tili va ta’lim shakli bo‘yicha saralash imkoniyati ham mavjud.


Safimizga qoʻshiling
👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Bugun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni

Bugun talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish yakunlanadi.

👨🏻‍💻 Talabalar bugun (5-avgust) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza yuborishlari mumkin.

❗️ Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

Safimizga qoʻshiling
👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️ Toshkent davlat yuridik universiteti akademik litseylariga kirish test sinovlari bo‘yicha apellatsiya
#apellatsiya #qabul2024

📆 2024-2025-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2024-yil 6-8-avgust kunlari https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali apellatsiya shikoyatini berishlari mumkin.

Apellatsiya shikoyatlari 2024-yil 12-avgust kunidan boshlab uch kun davomida Bilimni baholash agentligida ko‘rib chiqiladi.


Ariza bergan talabgorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.


Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha

❇️ 2024/2025-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha jami 43 882 nafar talabgorga test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etildi.

Shundan:

👉 respublikadagi nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan - 33 255 nafar;
👉 xorijiy OTMlarning respublikadagi filiallaridan -- 657 nafar;
👉 xorijiy davlatlarning OTMlaridan - 9 970 nafar.

❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarining o‘tkazilish sanasi va talabgorlar uchun ruxsatnomalarni berish muddatlari haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Bilimli va ilmga chanqoq abituriyentlarni JDU’ga taklif qilamiz!

DTM natijangiz yuqori yoki pastroq bo'lishi muhim emas, muhimi bilimga chanqoqligingiz!

🇯🇵🇺🇿
Siz oliygohimizni tamomlab, nafaqat O‘zbekistonda, balki Yaponiyada ham tan olinadigan diplomga ega bo‘lasiz!

👨‍💻 Shuningdek, universitetimiz bitiruvchilariga Yaponiyada karyera boshlash imkoniyatini ham taqdim etamiz.

📑 Hoziroq hujjatlaringizni topshirib, imkoniyatdan foydalanib qoling!

⌛️ Shoshiling, qabul tez orada yakunlanadi!

📩 BMBA (DTM) balli bilan hujjat topshirish

📥 JDU ichki imtihonlariga hujjat topshirish uchun

📞
71-200-05-95

 
Telegram|Instagram|Facebook |YouTube|Web site
#Qabul2024 #Statistika

⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

👨🏻‍🎓 Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 96 516 nafari (51,6 %)erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 90 355 nafari (48,4 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22 581 nafar (54,9%).

🟢 2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

📌 Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

Safimizga qoʻshiling 👇
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://tttttt.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏢 "QORAKOʻL ILM NURI" o'quv markazida 2024-2025 o’quv yili uchun yangi guruhlarga qabul boshlanadi.

🏢O'quv markazida darslar quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:

📚OLIY O’QUV YURTLARI
📚PREZIDENT MAKTABLARI
📚IXTISOSLASHGAN MAKTABLARI
📚OLIMPIADAGA TAYYORLOV
📚IELTS, B2, C1
📚MILLIY SERTIFIKAT


📆DAM OLISH KUNLARISIZ QABUL QILINADI

Oʻquv markazidagi qoʻshimcha qulayliklar:

🍱3 mahal issiq ovqatlanish;

🏠Barcha qulayliklarga ega yotoqxona;

🧑‍✈️24 soat nazorat;

⛹️‍♂️ Sport seksiyalari;

🕌 Tarixiy qadamjolarga sayohat.

❗️Shoshiling! Joylar soni cheklangan!
25 ta Abuterentga 15% chegirma

📍 Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani
Moʻljal: Amfiteatr roʻparasi

🔴 Batafsil ma'lumot

📞+998942443536
📞+998997087604

👉 Яқинларингизга ҳам улашинг:
https://tttttt.me/Qorakolilm_nuri

Telegram|Instagram |Facebook