Teamwork.uz (фриланс площадка)
9.04K subscribers
186 photos
46 videos
17 files
1K links
Tez, oson va hamyonbop IT bo'yicha mutaxassislar va vazifalar topish platformasi.
===
Платформа для поиска удаленных исполнителей и задач.

Topshiriq berish bo'yicha:
Teamwork.uz

Reklama joylashtirish bo'yicha:
@teamwork_support
@shohruh_mir2
Download Telegram
Forwarded from Allaev Uz
Kuzatuvlarimdan kelib chiqib aytaman, katta narsalar qarshiliksiz boʻlmaydi. Hayotda katta narsalar qilmoqchimisiz, qarshilikka, kurashga, tanqidga, eʼtirozga, dushmanchilikka tayyor boʻling. Dunyoning xohlagan mamlakatida oʻyin qoidasiga qarshiliklar ham kiradi.
Muhabbatni chiqargandir chidaganga degandek, katta ishlarni ham chiqargandir chidaganga.

@allaevuzb
Buyurtma №1056#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Стикер ясаш
📝 Vazifa: Компания бренди тушуирилган стикерлар ясаш керак
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dizayn #Ikonkalar
Buyurtma №1057#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Паучок дизайнини тайёрлаш керак
📝 Vazifa: Маиший техника дистрибуция учун 4 хил паучок дизайнини тайёрлаш керак
Мурожаат учун: @UmidQodir
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dizayn #Poligrafiyadizayni
English / O'zbek / Русский
I am looking for a few volunteers from Navoi region to join our IT Community team for an interesting ongoing project with the Founder of UPay and Collabrium Coworking. Send me a message on TG: @pulsopros if interested. Thanks.
---
UPay va Collabrium Coworking asoschisi bilan davom etayotgan qiziqarli loyiha uchun IT hamjamiyatimizga qo‘shilish uchun Navoiy viloyatidan bir nechta ko‘ngillilarni qidiryapman. Agar qiziqsangiz, menga TG orqali xabar yuboring: @pulsopros. Rahmat.
---
Ищу несколько добровольцев из Навоийской области, чтобы присоединиться к нашей команде IT-сообщества для участия в интересном проекте с основателем UPay и Collabrium Coworking. Если заинтересованы, пришлите мне сообщение на TG: @pulsopros Спасибо!
Shavkat Karimov

@Teamwork_uz
Buyurtma №1058#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Apple store ga ilova joylash kerak.
📝 Vazifa: Apple store ga ilova joylash kerak.
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #iOsilovalar
👍1
Buyurtma №1059#aktiv
👨‍💻 Mavzu: 3D video qila oladigan mutahasis kerak
📝 Vazifa: 3D video qila oladigan mutahasis kerak @Automotive_CEO
https://www.3mdstudio.net/
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda
#3D #videomoushn
Forwarded from Venchur kundaligi
Bu sizga g’alati eshtilishi mumkin lekin, sizning rivojlanishingiz ko’p ishlashingizga emas balki, dam olish qobiliyatingizga bog’liq.

1. Deylik siz muvaffaqiyatga erishish uchun juda ko’p ishladingiz. Keyinchi?! Yanayam ko’proq muvaffaqiyatga erishish uchun nima qilasiz? Buning oxiri depressiya,stress, tupik!

2. Chunki bir sutkada 24 soat bor,
Kuchingiz esa cheksiz emas. Agar shunday davom etsangiz yonib ketishingizdan oldin aniq nimadir bo’lasiz:-(

3. Siz dam olishingiz kerak. Lekin to’g’ri yo’l bilan. Dam olish deganda albatta har kuni yallo otish, tushlikkacha uhlash emas balki, kamroq energiya sarflash orqali avvalgi singari bir xil natijaga erishish bilan.

4. Vazifalarni optimallashtirish, kerakli insonlarni ishga yonlash, keraksiz va foydasi bo’lmayotgan vazifalardan voz kechishingiz kerak. Bu hoh shaxsiy hayotingizda bo’lsin, hoh startapingizda.

5. Avvalgi natijaga kamroq kuch sarflab erishishni yo’lga qo’yganingizda esa, sizda yana ko’proq vaqt va energiya paydo bo’ladi.

6. Ya’ni zaxirangizdagi bo’sh vaqt va kuchlarni sarflash orqali siz yanayam ko’proq natijaga erishishni boshlaysiz.

7. Siz yana zo’riqishni boshlaysiz chunki yana sizda vaqt va kuchlar tanqis bo’la boshlaydi. Lekin natija avvalgidan 2x yaxshi holatda.

8. Yangi natijalarga erishib bo’lganingizdan so’ng, siz to’rtinchi punktni qaytadan amalga oshirasiz va yana sizda oshiqcha vaqt va kuch qolishni boshlaydi. Shunday takrorlanishda davom etasiz.

9. Oddiy qilib aytganda sizning o’sishingiz qancha ko’p harakat qilganingiz bilan emas, balki, sarflangan kuch va vaqtni erishilgan natijaga nisbati olinadi.

Sizning foydali ish koeffitsengiz bir sutkada necha soatni tashkil etadi?
Требуеться 1С программист для решения задачи, устранения проблемы связанной с удаленном доступом. +998935582336
Специалист должен находится непосредственно в городе Ташкент.
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeks'da Project Management kuni!

📆 30-mart shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks March2024 Project Management Day Meetup" bo'lib o'tadi.

📚 Meetup quyidagi bo'limlardan tashkil topgan:

1️⃣. “Loyiha menejeri kim, u nimalarni bilishi kerak?” - Elbek Bahromov(PM, Sinaps);

2️⃣. “Jamoa boshqarish usullari” - Anvar Narzullaev(CEO, Mohirdev).

3️⃣. "AyTi jamoa qurish va loyihani boshqarish bo'yicha maslahatlar" - Sardor Dushamov(CTO, Workly)

🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak.
Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A(Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida)


Hamkorlar:
O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi
Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi
Mohirdev
Thinkland
Tadbir facebookda
🌐 UzGeeks.uz
Forwarded from Xushnudbek.uz
"Parker vasvasasi": sodda odamlar yana millionlarga kuyib qoldi, mas’ul organlar esa tomoshabinmi?

Yaqinda xabar topdim, O‘zbekistonda so‘nggi oylarda Parker nomi ostida o‘ta shubhali "biznes" avj olibdi. "Parker" moliyaviy piramidaning barcha belgilariga ega: nima faoliyat yuritishi, asoschilari noma’lum, lekin qisqa fursatda tez boyib ketishni va’da qiladi.

1️⃣ Aqlga sig‘maydigan katta daromad

Masalan, Parker’ga 1350 dollar pul tiksa kuniga 34 dollar, yiliga esa 12 ming dollar daromad qilishi aytiladi. Agar 47 ming dollar pul tiksa, yiliga 428 ming dollar daromad berishi va’da qilinadi.

Odamlar tikayotgan pullar esa, ertaga izini topib bo‘lmasligi uchun, o‘sha zahoti kriptovalyutaga aylantirilib, xorijdagi hisob raqamga yuborilgan.

2️⃣ Daromad qayerdan keladi?

"Parker"ga pul tikkanlar qanaqadir Power bank — telefon zaryadlagichlar orqali daromad topishi aytiladi. Ya’ni pulingizga dunyoning qaysidir burchagida Power bank sotib olinadi va odamlar o‘shandan foydalanib, pul to‘lasa, siz daromad qilasiz. Bu g‘irt "loxotron"!

Yodingizdami, Solar City, Tesco Share degan firibgarlar haqida yozgandim, ular ham xuddi shu usulda ishlagandi, ya’ni siz tikkan pulga dunyoning qayeridadir quyosh paneli sotib olinadi, undan topilgan daromad sizga beriladi🤦‍♂️ Safsata!

Odamlarga "oson pul topasan" desa aqldan ozib qolishiga yaqqol misol bu.

3️⃣ Shahar bedarvozami?

Eng alam qiladigani, Parker nomi ostida O‘zbekistonda o‘nlab ofis ochilgan, yuzlab katta-katta ommaviy tadbirlar uyushtirilgan, ularda o‘n minglab odamlar qatnashgan. Tadbirlarning barchasiga xorijdan pul to‘langan.

Masalan, birgina Samarqanddagi tadbirda ming kishi qatnashgan.

Shahar shunchalik bedarvozami? Kim o‘zi bular? Orqasida kim turibdi? Nahotki tegishli organlar bu bilan qiziqmagan? Ommaviy tadbir o‘tkazish uchun ruxsat olishganmidi?

Xorijdan pul to‘laydigan istalgan shubhali odamlar mana shunaqa osongina minglab odamlarni to‘play oladimi? Zo‘r-ku! Xudo ko‘rsatmasin, shuncha odamni yig‘ib, Rossiyadagiga o‘xshab terakt qilishsachi? Shumi bizning xavfsizlik?

Menga alam qiladigani, Parker degan biznes shubhali ekanligi haqida OAVlarda, jumladan KunUz nashrida 3 oy oldin maqola chiqqan ekan. Lekin kiberxavfsizlikka mas’ul tashkilotlar shu paytgacha bunga tezkor chora ko‘rmagan, natijada mana shu 3 oyda balki minglab odamlar aldanishiga olib kelgan. Agar tezda chora ko’rilganda, qancha odamlar pulini asrab qolsa bo’lar edi.

4️⃣ Moliyaviy piramida oxiriga yetib keldimi?

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yozishicha, so‘nggi kunlarda saytdan pul yechish to‘xtab qolgan, biznesda adminlik qilgan odamlarning Telegram profillari esa o‘chib ketgan. Demak, hammasi tugadi.

Albatta, bu kutilgan voqea. Chunki bu kabi moliyaviy piramidalar uzog‘i 3-4 oy ishlab, keyin yopilib ketadi. Keyinroq umuman boshqa nomda, boshqacha faoliyat bilan yana kirib keladi va sodda odamlarning pullarini yana "shilib" ketadi.

5️⃣ Power bank biznesi — dunyoda mashhur firibgarlik usullaridan biri

Internetda qidirsangiz, Power bank bilan bog‘liq firibgarlik biznesi haqida turli mamlakatlardan xabarlar kelib chiqadi.

Masalan, 🇮🇳Hindistonda ED nomli kompaniya xuddi shunaqa Power bank sotvolib, pul topasan degan va’dalar bilan 2021-yilning martidan may oyigacha, ya’ni 3 oy ichida odamlardan jami 41 mln dollar mablag‘larni o‘zlashtirib, qochib qolishgan ekan.

6️⃣ "Lox" bo‘lmang, sal kallani ishlating

Hurmatli, do‘stlar!

Iltimos, baraka topgurlar, bizga pullaringni ishonib, falon narsaga investitsiya kiritsang, oson pul topasan, boyib ketasan, desa og‘zingizdan so‘lagingiz oqib, yugurib ketavermanglar.

Pulni qiynalib topasizku, nega bunchalik oson yo‘qotasiz? Xudo xayringizni bersin, iltimos, sal kallani ishlatinglar. Oson pul yo‘q, ayniqsa internet orqali hech narsa qilmasdan pul topishning iloji yo‘q.

Nahotki, sizga shuncha voqealar dars bo‘lmaydi, a?

❗️Boshqa firibgarlik usullarini kanalimda #firibgar heshtegi bilan qidirib, o’qib chiqishingiz mumkin. Ogoh bo’ling.


👉 @xushnudbek 👈
Buyurtma №1060#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Apple storega ilova yuklash.
📝 Vazifa: Apple store ilova yuklash kerak, apple developer akkaunt bolishi shart.
@ak1_1 tg
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #iOsilovalar
Forwarded from Najot Ta'lim
🎁 «Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari umumiy qiymati 3,5 mlrd so'mli grant e'lon qiladi!

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini yo'lga qo'ygan.

🌙 Ramazon oyida boshlanib, kelasi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu ta'lim granti orqali 130 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash yoki grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan. Bunda 100 ta Toshkent filiali va 30 ta Farg'ona filiali uchun grantlar ajratilgan.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 16 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» hamda «Cambridge LC» jamoalari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

🔗 «Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish 26-martdan 5-aprel soat 23:59 gacha davom etadi. Natijalar Ramazon hayitidan so'ng e'lon qilinadi.

✈️ P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

📞 78-888-9-888
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buyurtma №1062#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Parrandachilar uchun mobil ilova
📝 Vazifa: Mobil ilovada broiler boquvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida yaratilmoqda unda 3 ta moduldan iborat boladi.
I) Bu modul 4 qismdan iborat
1) Olib kelingan jo
jalarni kritish
2)Boquv jarayonini raqamlashtirish (Kunlik yem va suv istemolii, kun...

1. https://teamworkplatform.s3.eu-central-1.amazonaws.com/2024-03-27/1711516172245_Снимок_экрана_2024-03-27_в_09.37.06.png

2. https://teamworkplatform.s3.eu-central-1.amazonaws.com/2024-03-27/1711516172250_Снимок_экрана_2024-03-27_в_09.37.20.png

🕛 Muddati: 15.04.2024
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #Mobililovalar
⚡️ Sun’iy intellektga asoslangan IELTS Mock platformasi orqali IELTS dan kerakli ballni qo'lga kiriting.

Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.

Platforma afzalliklari:
▫️birinchi urinish mutlaqo bepul;

▪️testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin;

▫️natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;

▪️xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;

▫️istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.

📹 Examy.uz dan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma bu yerda👈
This is me... Trying to keep the light on. 🙂
Let's get to the point right away.
I am getting a bit too busy lately and need a personal assistant.
Because I work for the community full-time for free, I have no budget to pay for this role and need another crazy volunteer like myself to help me out. 🙂
The role:
You would need to assist me with managing projects, participating in discussions, taking notes, entering information into our Notion, sending requests on my behalf, planning and scheduling, etc.
The requirements:
You need to speak and write English, Uzbek, and Russian fluently. You need to know or quickly learn Notion (the productivity tool), you need to be responsible, punctual, and available to get things done.
Time needed:
It won't be taking more than 14 hours a week from you, there are no fixed hours, but I need someone who would do things within 1-2 hours after those are requested.
What you get in return:
Seeing and learning things I do at the very top level of our community, meeting super-interesting people online and offline, accompanying me at various conferences, accessing some of my global connections, learning quite a few things directly from me, and an opportunity to be hired full-time for this role once we have budget for it.
To apply:
Simply send me a private message on TG (@pulsopros) confirming every single requirement above one by one, telling me why you want to do this, and committing 100% to this role for at least 3 months. I can only choose 1 (maximum 2 people), so some really good fit might still not make it.
Thanks
Shavkat
Forwarded from Sadriddin Abdurahimov
"Najot Ta'lim"dan robototexnikaga oid yangi loyiha. Tez kunda start beriladi. Hozir Marketing jamoasi yig'ilyapti. Shu sohada o'saman degan yigit-qizlar bo'lsa, tavsiya qilaman.

Formani to'ldiring
Buyurtma №1063#aktiv
👨‍💻 Mavzu: TARJIMA QILISH
📝 Vazifa: PHP da yozilgan loyihaning tekstlarini rus va ingliz tiliga tarjima qilish
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Tarjimalar #Texniktarjima
Buyurtma №1064#bajarilmoqda
👨‍💻 Mavzu: JSON formatdan excelga ma'lumotlarni yozish kerak. Telegram: @juratali
📝 Vazifa: JSON formatda ma'lumolar keladi va uni excel formatiga quyidagi yuklangan namuna kabi yozish kerak. Telegram: @juratali

1. https://teamworkplatform.s3.eu-central-1.amazonaws.com/2024-04-03/1712165285292_Sample-view.xlsx

🕛 Muddati: 05.04.2024
💰 Narxi: 100 000 so'm

#Dasturlash #Back-enddasturlash
Firibgarlik haqida

Bir nechta maslahatlar firibgarlar changaliga tushib qolmaslikka yordam beradi deb umid qilaman:

1. Hech kimga ishonmang . Agar sizga do'stingiz qo'ng'iroq qilayotgandek tuyulsa ham. Qo'ying va o'zingizga qo'ng'iroq qiling. Telegramdagi matnlarga ishonmang - hisobni soxtalashtirish oson, telefon raqamiga ishonmang - uni almashtirish oson. Ular sizga yordam berishni xohlashlariga ishonmang - bu odatda aksincha bo'ladi. Telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan ma’qul – Telegram’da ovozli xabarlarni soxtalashtirish unchalik qiyin emas, ular hatto videoxabarlarni qalbakilashtirishni ham o‘rganganliklarini aytishadi, biroq ular telefon qo‘ng‘iroqlarini qanday ushlab qolishni aniq bilishmaydi.

2. Sizdan so'ragan narsani bajarishga shoshilmang . Ular sizga yaqinlaringiz yoki qarindoshlaringiz xavf ostida ekanligi, sizning pulingizni o'g'irlamoqchi bo'lganliklari, sizning nomingizdan qarz berilganligi... va boshqa ko'p narsalarni aytib berishlari mumkin, keyin sizdan buni qilishni so'raydilar. biror narsa - shaxsiy ma'lumotlarni, pasportingizning nusxasini, login va parolni, SMS-dan kodni topshirish, kurerga pul o'tkazish va hokazo. Bularning hech birini qilishga shoshilmang, birinchi maslahatni qayta o'qib chiqish yaxshiroqdir.

3. Barcha pullaringizni bitta kartada saqlamang . Endi onlayn depozitni ochish va istalgan vaqtda onlayn to'ldirish va undan debet qilishning ko'plab onlayn usullari mavjud, yana bir variant - ikkinchi kartani olish (boshqa bankdan yaxshiroq) va mablag'larning bir qismini u erda saqlash. Albatta, siz ushbu ikkinchi karta ma'lumotlarini baham ko'rmasligingiz kerak.

4. Vaqtingizni oling. SMS-xabarlarda odatda kodni hech kim bilan bo'lishish mumkin emasligi aytiladi. Va uni har qanday shaklda etkazing - ayting, yozing, oldinga. Lekin, odatda, shoshqaloqlik bilan biz SMSni o'qimaymiz, raqamlarni ko'zimiz bilan topamiz va ularni ovozli qilamiz. Agar biror kishi sizga yordam berishni xohlasa, u sizning javobingizni kutadi. Shuning uchun, SMS matnini qayta o'qing. Xo'sh, umuman olganda, rasmiy organlardan (yoki banklardan) necha marta kimdir sizga chin dildan yordam berishni xohlaganligini eslang, ayniqsa telefon orqali. Aynan shunday! Shuning uchun, agar ular sizdan juda xavotirda bo'lsa va yordam berishni xohlasa, ularning 95% scammers (kechirasiz).

Naqd pulda yoki kartada bo'lishidan qat'i nazar, mablag'laringiz xavfsizligi sizning qo'lingizda ekanligini unutmang . Shuning uchun, pulingizni noto'g'ri qo'llardan uzoqroq tuting.

Do'stlaringiz va oilangiz bilan baham ko'rishni unutmang, ular firibgarlar qurboniga aylanmasliklari uchun.

#xavfsizlij #firibgarlar

@KurbanoffNet
Buyurtma №1065#aktiv
👨‍💻 Mavzu: Internet do'kon uchun tayyor yechim kerak.
📝 Vazifa: Asaxiy internet do'koni kabi web site va mobil ilovalari mavjud tayyor yechim, loyiha kerak. Nodejs da qilingan bo'lsa afzal hisoblanadi. Sizdan tayyor yechimni sotib olib, o'zimizni jamoa bilan uni ustida ishlab rivojlantirmoqchimiz. Biz asosan elektr texnikalari savdosi bilan shug'ullanamiz. Narxlar, tayyor loyihangiz haqida ma'lumot, web sayti bormi, ilovalar bormi va kontaktlaringizni shaxsiy xabarda qoldiring: @Sirojiddin_h111
🕛 Muddati: Kelishilgan holda
💰 Narxi: Kelishilgan holda

#Dasturlash #ecommerce