#Falastinlik bolalarga bag'ishlanadi...
Yig'lab yig'lab yoshing qolmadi,
Nima gunoh qilganding G'azo.
Yorilmagan boshing qolmadi,
Erk istading, berdilar jazo.
Bolalaring, bechoralaring,
Tuproq bilan bir bo'lib ketdi.
Ular qanday katta bo'lishi,
Ochilmagan sir bo'lib ketdi.
Ikki dona tishi chiqqan bir,
Bolakayni ko'rib yig'ladim.
O'tirishga ulgurganim yo'q,
Tik oyoqda turib yig'ladim.
Ey Allohim ularni qabul,
Qil jannating to'ridan endi.
Nur yog'ilib tursin yaraqlab,
Qazilmagan go'ridan endi.
Nomsiz ketgan chaqaloqlarni,
Gunohini kim olar bo'yin.
O'z bolasin o'ligin qo'lda,
Ko'tarmoqlik qanchalar qiyin.
Qaniydi tush bo'lsa hammasi,
Lekin rostdan bo'lyapti urush.
Musulmonlar yig'layotganda,
Musulmonga yarashmas kulish.
Ikki dona tishi chiqqan bir,
Bolakayni ko'rib yig'ladim.
O'tirishga ulgurganim yo'q,
Tik oyoqda turib yig'ladim...
✍️Sodiq_Yo'ldoshev🙏🙏🙏
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Yig'lab yig'lab yoshing qolmadi,
Nima gunoh qilganding G'azo.
Yorilmagan boshing qolmadi,
Erk istading, berdilar jazo.
Bolalaring, bechoralaring,
Tuproq bilan bir bo'lib ketdi.
Ular qanday katta bo'lishi,
Ochilmagan sir bo'lib ketdi.
Ikki dona tishi chiqqan bir,
Bolakayni ko'rib yig'ladim.
O'tirishga ulgurganim yo'q,
Tik oyoqda turib yig'ladim.
Ey Allohim ularni qabul,
Qil jannating to'ridan endi.
Nur yog'ilib tursin yaraqlab,
Qazilmagan go'ridan endi.
Nomsiz ketgan chaqaloqlarni,
Gunohini kim olar bo'yin.
O'z bolasin o'ligin qo'lda,
Ko'tarmoqlik qanchalar qiyin.
Qaniydi tush bo'lsa hammasi,
Lekin rostdan bo'lyapti urush.
Musulmonlar yig'layotganda,
Musulmonga yarashmas kulish.
Ikki dona tishi chiqqan bir,
Bolakayni ko'rib yig'ladim.
O'tirishga ulgurganim yo'q,
Tik oyoqda turib yig'ladim...
✍️Sodiq_Yo'ldoshev🙏🙏🙏
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇