ALLOH UCHUN KECHIRING...
Bilmay dil ogʻritgandim,
Qancha ozor bergandim.
Sizni yomon degandim
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Gunohlarim behisob,
Soʻrab oʻzimga insof.
Qiynalmay kelsa hisob,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Yolgʻon soʻzlar boʻldi koʻp,
Til ogʻrigʻi berdim koʻp.
Tavba qildim, bugun koʻp
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Qadrlisiz qadrdon.
Asli sizdir chin inson.
Chiqmasidan derman jon,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Koʻzlaringiz quvnasin,
Boshingiz gʻam koʻrmasin.
Qalbda qaygʻu qolmasin
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Yigʻlab duo qilarman,
Sizga umr tilarman.
Bil ilinchim soʻrarman,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Mukofotlab jannatda,
Qilsa goʻzal siyratda.
Gunohkorman albatta
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Qadrdonlarim dilingizni zarracha ogʻritgan boʻlsam ALLOH UCHUN KECHIRING lar.
IRODAXON QOSIMOVA.
30.03.2022. 20:25.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Bilmay dil ogʻritgandim,
Qancha ozor bergandim.
Sizni yomon degandim
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Gunohlarim behisob,
Soʻrab oʻzimga insof.
Qiynalmay kelsa hisob,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Yolgʻon soʻzlar boʻldi koʻp,
Til ogʻrigʻi berdim koʻp.
Tavba qildim, bugun koʻp
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Qadrlisiz qadrdon.
Asli sizdir chin inson.
Chiqmasidan derman jon,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Koʻzlaringiz quvnasin,
Boshingiz gʻam koʻrmasin.
Qalbda qaygʻu qolmasin
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Yigʻlab duo qilarman,
Sizga umr tilarman.
Bil ilinchim soʻrarman,
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Mukofotlab jannatda,
Qilsa goʻzal siyratda.
Gunohkorman albatta
ALLOH UCHUN KECHIRING.
Qadrdonlarim dilingizni zarracha ogʻritgan boʻlsam ALLOH UCHUN KECHIRING lar.
IRODAXON QOSIMOVA.
30.03.2022. 20:25.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
#ПРЕМЬЕРА
🔥Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Энг яхши сўзларим оламга сочиб,
Минбарлар бошида ҳайқирдим Она...
Ёнингизга шошиб нафсимдан қочиб,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Товланса, ошиқиб чиркин дунёга,
Мехрингиз алишдим ишрат яллога,
Топиб бўлмайдику сизни тиллога,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Кўпларнинг кўнглига йўллар изладим,
Қўллаб юборгувчи қўллар изладим,
Мансаб деб денгизда чўллар изладим,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Эргашиб кетибман чорласа гардун,
Ҳасратим йўллари узундан-узун,
Боғзимга тиқилиб турибди бир ун,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Гоҳида жеркидим бақирдим гоҳи,
Самони тутгандир кўнглингиз оҳи,
Ердаги фариштам қалбимнинг моҳи,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Барини англадим тушуниб етдим,
Бўйсунмас нафсимни кишанбанд этдим,
Бугун мен ўзимдан уялиб кетдим,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Бугун мен ўзимдан уялиб кетдим,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё..
https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
🔥Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Энг яхши сўзларим оламга сочиб,
Минбарлар бошида ҳайқирдим Она...
Ёнингизга шошиб нафсимдан қочиб,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Товланса, ошиқиб чиркин дунёга,
Мехрингиз алишдим ишрат яллога,
Топиб бўлмайдику сизни тиллога,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Кўпларнинг кўнглига йўллар изладим,
Қўллаб юборгувчи қўллар изладим,
Мансаб деб денгизда чўллар изладим,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Эргашиб кетибман чорласа гардун,
Ҳасратим йўллари узундан-узун,
Боғзимга тиқилиб турибди бир ун,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Гоҳида жеркидим бақирдим гоҳи,
Самони тутгандир кўнглингиз оҳи,
Ердаги фариштам қалбимнинг моҳи,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Барини англадим тушуниб етдим,
Бўйсунмас нафсимни кишанбанд этдим,
Бугун мен ўзимдан уялиб кетдим,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
Бугун мен ўзимдан уялиб кетдим,
Қачон сизга ширин гапирдим Она...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё..
https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Oylarning sultoni ro'zayi ramazon oyida exson qilmoqchi fitr ro'za bermoqchi bo'lganlar munosib joy qidirib yurganlar fidya bermoqchi bolganlar uchun 1 chi gurux nogironi Ota onalari olamdan o'tgan ko'rish imkoniyatidan cheklangan oilali 3 nafar farzandi bor davolanishi uchun pul zarur bolmoqda imkoniz bolsa ollox qalbingizga solsa yordam qiling exsonni katta kichigi bolmaydi ko'nginlingizda chiqsa exson qiling savob umidida.. exsonning mukofoti exsondir. Karta raqami : 8600120425370510
Admin tomonidan borib o'rganilgan va tekshirilgan. Xoxlaganlar uchun adresi beriladi .!!!
Admin tomonidan borib o'rganilgan va tekshirilgan. Xoxlaganlar uchun adresi beriladi .!!!
❤️Hurmatli aziz dindoshim.
Bugungi arafa kuni barchamizga muborak boʻlsin☺️
🥰Hudoyim barchamizga bugungi arafa kuniga yetkazganiga shukurlar qilaylik va albatta ertangi hayit ayyomini ham quvonchli qarshi oling.😘
https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Bugungi arafa kuni barchamizga muborak boʻlsin☺️
🥰Hudoyim barchamizga bugungi arafa kuniga yetkazganiga shukurlar qilaylik va albatta ertangi hayit ayyomini ham quvonchli qarshi oling.😘
https://tttttt.me/joinchat/AAAAADwROIl2Eg9zT1-n5Q
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
«РАМАЗОН ХАЙИТИ МУБОРАК»
Гунохлардан покланиб бир ой,
Сабр ила Рýза тутганлар,
Виждони бут иймонлари бой,
Яратганнинг йўлин тутганлар.
Хамрох бýлсин сизга яхшилик,
Хамрох бýлсин яхши амаллар,
Бу дунёда кýпайсин сиздек,
Ҳудо деган яхши одамлар.
Бахт, омад сизга доим ёр бýлсин,
Аллох умрингизни зиёда килсин.
Муборак кунларда келган бу айём,
Ийд Рамзон Хайити! Муборак бýлсин!
✍Абдумуталиб Эргашалиев
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Гунохлардан покланиб бир ой,
Сабр ила Рýза тутганлар,
Виждони бут иймонлари бой,
Яратганнинг йўлин тутганлар.
Хамрох бýлсин сизга яхшилик,
Хамрох бýлсин яхши амаллар,
Бу дунёда кýпайсин сиздек,
Ҳудо деган яхши одамлар.
Бахт, омад сизга доим ёр бýлсин,
Аллох умрингизни зиёда килсин.
Муборак кунларда келган бу айём,
Ийд Рамзон Хайити! Муборак бýлсин!
✍Абдумуталиб Эргашалиев
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
SO'RAYMAN...
Hayitlikka gul emas
Sog'liq umr so'rayman.
Dasta dasta pul emas
Totuv hayot tilayman.
Mashina ham bir matoh
Hizmatga yaraydi goh,
Bo'lsin insonlar guvoh
Go'zal oila tilayman.
Pul ketar qo'lning kiri
Sadoqatning yo'q siri.
Ishqning chiroyli yo'li
Chin muhabbat so'rayman.
Yurak kulsin bo'lsin shod,
Yurtimiz bo'lsin obod,
Yashang baxtli umrbod
Ulkan zafar tilayman.
Yo'qlab turing har kuni
G'animat inson tuni.
Bo'lmas hayot ustuni
Go'zal sabr so'rayman.
Miskinmiz, gunoh bisyor,
Kimga omad doim yor,
Bo'lmasin hech kim bezor
Qalbi iymon so'rayman.
Yurakka mehr darkor
Sovg'alarga nima bor,
Dunyo asli bir bozor
Toza vijdon so'rayman.
Dil bo'lsa til kaliti
Kelaverar Hayiti,
Ezgu bo'lsin niyati
Yurtga tinchlik so'rayman.
IRODAXON QOSIMOVA.
27.06.2023. 21:00
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Hayitlikka gul emas
Sog'liq umr so'rayman.
Dasta dasta pul emas
Totuv hayot tilayman.
Mashina ham bir matoh
Hizmatga yaraydi goh,
Bo'lsin insonlar guvoh
Go'zal oila tilayman.
Pul ketar qo'lning kiri
Sadoqatning yo'q siri.
Ishqning chiroyli yo'li
Chin muhabbat so'rayman.
Yurak kulsin bo'lsin shod,
Yurtimiz bo'lsin obod,
Yashang baxtli umrbod
Ulkan zafar tilayman.
Yo'qlab turing har kuni
G'animat inson tuni.
Bo'lmas hayot ustuni
Go'zal sabr so'rayman.
Miskinmiz, gunoh bisyor,
Kimga omad doim yor,
Bo'lmasin hech kim bezor
Qalbi iymon so'rayman.
Yurakka mehr darkor
Sovg'alarga nima bor,
Dunyo asli bir bozor
Toza vijdon so'rayman.
Dil bo'lsa til kaliti
Kelaverar Hayiti,
Ezgu bo'lsin niyati
Yurtga tinchlik so'rayman.
IRODAXON QOSIMOVA.
27.06.2023. 21:00
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Senga aytolmagan…
Senga aytolmagan gaplarim bisyor,
Zero yo’qdir ta’qiq, yo’q boshimda dor,
Kelgin deb chorlasam bo’lmasmidi yor?
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Senga yetolmadim noshudmanmi ayt?
Yarmim o’zing bo’lsang,
butunmanmi ayt?
Sen o’zga qiz bilan baxtli bo’lgan payt,
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Og’ritmas beparvo boqishlaring ham,
Kor emas ko’plarga yoqishlaring ham,
Javobsiz ishq uchun kurashmoq alam,
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Meni yoqmoq uchun qalaysan o’tni,
Hali mendan olar alaming ko’pmi?
Har zamonda bir bor eslab tur hopmi?
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Kamola Abduvaliyeva she’ri
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Senga aytolmagan gaplarim bisyor,
Zero yo’qdir ta’qiq, yo’q boshimda dor,
Kelgin deb chorlasam bo’lmasmidi yor?
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Senga yetolmadim noshudmanmi ayt?
Yarmim o’zing bo’lsang,
butunmanmi ayt?
Sen o’zga qiz bilan baxtli bo’lgan payt,
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Og’ritmas beparvo boqishlaring ham,
Kor emas ko’plarga yoqishlaring ham,
Javobsiz ishq uchun kurashmoq alam,
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Meni yoqmoq uchun qalaysan o’tni,
Hali mendan olar alaming ko’pmi?
Har zamonda bir bor eslab tur hopmi?
Ostonangdan ingrab qaytganlarim bor!
Kamola Abduvaliyeva she’ri
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
BUGUN BOYMAN
Qoʻl yetmagan koʻkda oylardan,
Sovchilarim qaytgan joylardan.
Omadimni Allohim berib,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Bir hol ahvol soʻrib qoʻyishsin,
Ekkanlarin oʻrib qoʻyishsin...
Mana endi koʻrib qoʻyishsin,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Bugun oshim yegan odamlar,
Kecha gʻarib degan odamlar,
Buncha soxta ekan odamlar,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Sahnalarda baland ovozim,
Yuragimda hayottan rozim.
Meni boyga tekkan tannozim,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Endi oyga yetar qoʻlim bor,
Hamma joyga eltar yoʻlim bor.
Qancha kerak boʻlsa pulim bor,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Xizmatini qilib shu eldi,
Bizlarga ham shamollar yeldi...
Ota onam davringiz keldi,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
✍ Odilbek Qodirov
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Qoʻl yetmagan koʻkda oylardan,
Sovchilarim qaytgan joylardan.
Omadimni Allohim berib,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Bir hol ahvol soʻrib qoʻyishsin,
Ekkanlarin oʻrib qoʻyishsin...
Mana endi koʻrib qoʻyishsin,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Bugun oshim yegan odamlar,
Kecha gʻarib degan odamlar,
Buncha soxta ekan odamlar,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Sahnalarda baland ovozim,
Yuragimda hayottan rozim.
Meni boyga tekkan tannozim,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Endi oyga yetar qoʻlim bor,
Hamma joyga eltar yoʻlim bor.
Qancha kerak boʻlsa pulim bor,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
Xizmatini qilib shu eldi,
Bizlarga ham shamollar yeldi...
Ota onam davringiz keldi,
Bugun boyman oʻsha boylardan.
✍ Odilbek Qodirov
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Ona…!
Allohim jonimni olmasa hali,
Kimni kim bo’lishin ko’raman, ona.
Davrimiz kelyapti shamolday yelib,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Ust-boshim eski, noz qildi sanam,
Kechib keldim bugun sevgisidan ham,
Siz borsiz yonimda menga nima g’am?
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yor vafo qilmadi, bevafo ekan,
Dunyo ishlariga kulaman, ona.
Erkak yig’lamaydi deb aytgan o’ziz,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yigit boshim egib qo’yganimcha yo’q,
Harakat qilyapman yana va yana,
Ko’zingiz yoshlarga to’lmayin tursin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yo’qchilikda ketar hammasi sotib,
Eng sodiq do’stimsiz bilaman, ona.
Duo qilib turing Alloh kuch bersin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
08:00.13.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Allohim jonimni olmasa hali,
Kimni kim bo’lishin ko’raman, ona.
Davrimiz kelyapti shamolday yelib,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Ust-boshim eski, noz qildi sanam,
Kechib keldim bugun sevgisidan ham,
Siz borsiz yonimda menga nima g’am?
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yor vafo qilmadi, bevafo ekan,
Dunyo ishlariga kulaman, ona.
Erkak yig’lamaydi deb aytgan o’ziz,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yigit boshim egib qo’yganimcha yo’q,
Harakat qilyapman yana va yana,
Ko’zingiz yoshlarga to’lmayin tursin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Yo’qchilikda ketar hammasi sotib,
Eng sodiq do’stimsiz bilaman, ona.
Duo qilib turing Alloh kuch bersin,
Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
08:00.13.04.2024
✍️Muallif: Qodir Qaxxor
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
***
Ertaroq bilsam qaniydi…
Qilmagandim axir hech kimni bezor,
Savollar ichimda darddek og’riydi,
Sevmoq tashvish ekan, ishq ekan ozor,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Go’yo aybdorman, goyo mag’lubman,
Muhabbat ruhimni yaxshi taniydi,
U sabab qanchalar tez ulg’ayibman,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Kurashdim rashq degan g’alayon bilan,
Xijron qaynaganda diydor soviydi,
Yashash mumkin ekan chalajon bilan,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Bevafo chiqdiku sabr, bardoshim,
Matonat olisdan meni koyiydi,
Ko’zimni tark etar har kuni yoshim,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Qaysi gunoh uchun jazoga kelding,
Yuragim nuraydi, sim-sim qonaydi,
Tangrim meni qo’lla, qayta yaratgin,
Sevmasdim, men buni bilsam qaniydi.
Yurakni tong bilan yuvsam qaniydi,
Ketmas tuyg’ularni quvsam qaniydi,
Rahm bilmas ekan ishq deganlari,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Kamola Abduvaliyeva
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Ertaroq bilsam qaniydi…
Qilmagandim axir hech kimni bezor,
Savollar ichimda darddek og’riydi,
Sevmoq tashvish ekan, ishq ekan ozor,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Go’yo aybdorman, goyo mag’lubman,
Muhabbat ruhimni yaxshi taniydi,
U sabab qanchalar tez ulg’ayibman,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Kurashdim rashq degan g’alayon bilan,
Xijron qaynaganda diydor soviydi,
Yashash mumkin ekan chalajon bilan,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Bevafo chiqdiku sabr, bardoshim,
Matonat olisdan meni koyiydi,
Ko’zimni tark etar har kuni yoshim,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Qaysi gunoh uchun jazoga kelding,
Yuragim nuraydi, sim-sim qonaydi,
Tangrim meni qo’lla, qayta yaratgin,
Sevmasdim, men buni bilsam qaniydi.
Yurakni tong bilan yuvsam qaniydi,
Ketmas tuyg’ularni quvsam qaniydi,
Rahm bilmas ekan ishq deganlari,
Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Kamola Abduvaliyeva
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
***
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
O’n sakkiz ming olam mavjud dunyoda,
Nigohlar tushdiyu, ko’zlar qamashdi,
Tuyg’ular yurakda tizildi shoda,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Bunchalar mukammal sevmagan hech kim,
Muhabbat azob deb bizni aldashdi,
Ishqingiz yo’lida jonimdan kechdim,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Mehr ko’rsatasiz saodat bilan,
G’amxo’ringni topsang o’zgacha gashti,
Tuyg’ular boshlandi ibodat bilan,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Suyukligim, borim, sultonim, begim,
Ta’riflar boshlasam so’zlar qalashdi,
Dunyolarni qo’yib men Sizni dedim,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Sochlarim silasa barmoqlaringiz,
Yuragim baxt ichra go’zal adashdi,
Sevdim deb aytganda dudoqlaringiz,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Dasta gullaringiz jonimga mador,
Sabringiz ishqimga sadoqat qo’shdi,
Baxt bizdan baxt so’rab turar umidvor,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Muhabbat azob deb bizni aldashdi…
Kamola Abduvaliyeva she’ri
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
O’n sakkiz ming olam mavjud dunyoda,
Nigohlar tushdiyu, ko’zlar qamashdi,
Tuyg’ular yurakda tizildi shoda,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Bunchalar mukammal sevmagan hech kim,
Muhabbat azob deb bizni aldashdi,
Ishqingiz yo’lida jonimdan kechdim,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Mehr ko’rsatasiz saodat bilan,
G’amxo’ringni topsang o’zgacha gashti,
Tuyg’ular boshlandi ibodat bilan,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Suyukligim, borim, sultonim, begim,
Ta’riflar boshlasam so’zlar qalashdi,
Dunyolarni qo’yib men Sizni dedim,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Sochlarim silasa barmoqlaringiz,
Yuragim baxt ichra go’zal adashdi,
Sevdim deb aytganda dudoqlaringiz,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Dasta gullaringiz jonimga mador,
Sabringiz ishqimga sadoqat qo’shdi,
Baxt bizdan baxt so’rab turar umidvor,
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi.
Muhabbat azob deb bizni aldashdi…
Kamola Abduvaliyeva she’ri
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
#ПРЕМЬЕРА
🔥Дадамга ўхшайман дадамга...
Эголмас бошимни синовлар,
Шерикмас юрагим аламга...
Мен учун ўрнакмас бировлар,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Омадни қидирсам ёнда бор,
Шижоат дадиллик жонда бор,
Қонда бор биродар қонда бор,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Осмонга илганман шаънимни,
Буколмас душманлар танимни,
Нигоҳим титратар ғанимни,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Менда бир яхшилик кўрсангиз,
Ким экан бу дея сўрсангиз,
Айтайми? Билмоқчи бўлсангиз,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Ҳикмати дилимга мисли шам,
У борки енголмас мени ғам,
Замоннинг энг зўри бўлсам ҳам,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Эголмас бошимни синовлар,
Шерикмас юрагим аламга...
Мен учун ўрнакмас бировлар,
Дадамга ўхшайман дадамга...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
🔥Дадамга ўхшайман дадамга...
Эголмас бошимни синовлар,
Шерикмас юрагим аламга...
Мен учун ўрнакмас бировлар,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Омадни қидирсам ёнда бор,
Шижоат дадиллик жонда бор,
Қонда бор биродар қонда бор,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Осмонга илганман шаънимни,
Буколмас душманлар танимни,
Нигоҳим титратар ғанимни,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Менда бир яхшилик кўрсангиз,
Ким экан бу дея сўрсангиз,
Айтайми? Билмоқчи бўлсангиз,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Ҳикмати дилимга мисли шам,
У борки енголмас мени ғам,
Замоннинг энг зўри бўлсам ҳам,
Дадамга ўхшайман дадамга...
Эголмас бошимни синовлар,
Шерикмас юрагим аламга...
Мен учун ўрнакмас бировлар,
Дадамга ўхшайман дадамга...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Audio
🔥ОНА...
Она қизингизни қалби йиғлади,
Сизга айтолмади юрагин ютиб.
Бугун қузғунлари уни талади.
Фақат жим ўтирди у сизни кутиб.
Она қизингизни кўзларида нам,
Озор бераверар дилозорлари.
Она дуо қилинг еб қўйябди ғам,
Фақат билвогани гап бозорлари.
Она қизингизни дард босди бирам,
Бошини ёстиқдан кўтармайди ҳеч.
Келиб бошим силаб қўйсайди онам,
Деб ҳаёлан кунин қилаверар кеч.
Она қизингизни кўзларида нам,
Озгина сабрингиз менга ҳам беринг.
Шу юрак қурғур ҳам бермаяпди дам,
Сиздек ғайратим йўқ мени кечиринг.
📝Дилфуза Саттарова
🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Она қизингизни қалби йиғлади,
Сизга айтолмади юрагин ютиб.
Бугун қузғунлари уни талади.
Фақат жим ўтирди у сизни кутиб.
Она қизингизни кўзларида нам,
Озор бераверар дилозорлари.
Она дуо қилинг еб қўйябди ғам,
Фақат билвогани гап бозорлари.
Она қизингизни дард босди бирам,
Бошини ёстиқдан кўтармайди ҳеч.
Келиб бошим силаб қўйсайди онам,
Деб ҳаёлан кунин қилаверар кеч.
Она қизингизни кўзларида нам,
Озгина сабрингиз менга ҳам беринг.
Шу юрак қурғур ҳам бермаяпди дам,
Сиздек ғайратим йўқ мени кечиринг.
📝Дилфуза Саттарова
🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸🍃🌸
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐🖐🖐
Бахтлисан... Кўрдим мен шукрона бўлсин!
Кўзингда қувончлар, қўлингда гуллар.
Янги ҳаёт йўлинг нурларга тўлсин,
Сени кутаётир нурафшон йўллар.
Қарама ортингга, қолсин бариси,
Қоп-қора туйғулар, ранги йўқ ҳислар.
Қўлин тут бахтиёр илҳом парисин,
Сени тополмасин қариган излар.
Кўзларинг, юрагинг қўйма қуритиб,
Тўйдиргин соғинчнинг булоқларига.
Муҳаббат куч берсин, севги куч берсин,
Тушма тушкунликнинг тузоқларига.
Не фойда эслашдан кечаги кунни,
Эртанги порлаган кунинг муборак.
Кўкда юлдуз бўлгин, ҳилолга қўшни,
Ердан боқиб турсин бир хаста юрак...
Бахтлисан... Кўрдим мен шукрона бўлсин!
✍️Дилдора Абдиназарова
2024. 18.04
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Бахтлисан... Кўрдим мен шукрона бўлсин!
Кўзингда қувончлар, қўлингда гуллар.
Янги ҳаёт йўлинг нурларга тўлсин,
Сени кутаётир нурафшон йўллар.
Қарама ортингга, қолсин бариси,
Қоп-қора туйғулар, ранги йўқ ҳислар.
Қўлин тут бахтиёр илҳом парисин,
Сени тополмасин қариган излар.
Кўзларинг, юрагинг қўйма қуритиб,
Тўйдиргин соғинчнинг булоқларига.
Муҳаббат куч берсин, севги куч берсин,
Тушма тушкунликнинг тузоқларига.
Не фойда эслашдан кечаги кунни,
Эртанги порлаган кунинг муборак.
Кўкда юлдуз бўлгин, ҳилолга қўшни,
Ердан боқиб турсин бир хаста юрак...
Бахтлисан... Кўрдим мен шукрона бўлсин!
✍️Дилдора Абдиназарова
2024. 18.04
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Arazlagim kelyapdi begim!
Qaramayman xabaringizga,
Oq yo’l jonim safaringizga,
Qadam bosmam tarafingizga,
Arazlagim kelyapdi begim!
Xohlab qoldim uzuringizni,
Buzgim keldi huzuringizni,
Berib qo’yay taziringizni,
Arazlagim kelyapdi begim!
Yoqimlisiz, qovoq uyganda,
Kechirgin deb sevib, suyganda,
Sovg’alarni qilsangiz kanda,
Arazlagim kelyapdi begim!
Jonim desam pul yo’q desangiz,
Dastingdan bir kun yo’q desangiz,
Erta ketib, kechda kelsangiz,
Arazlagim kelyapdi begim!
Behudaga rashq qilma demang,
O’zga bog’ning mevasin yemang,
Shubhalarga chidayman arang,
Arazlagim kelyapdi begim!
Kiygim kelsa yangi-yangidan,
Yoki olov, oltin rangidan,
Foyda chiqar sevgi jangidan,
Arazlagim kelyapdi begim!
Arazlasam hamyon meniki,
Ko’ksingizda ul jon meniki,
Davr-u - davron, zamon meniki,
Arazlagim kelyapdi begim!
Kamola Abduvaliyeva
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Qaramayman xabaringizga,
Oq yo’l jonim safaringizga,
Qadam bosmam tarafingizga,
Arazlagim kelyapdi begim!
Xohlab qoldim uzuringizni,
Buzgim keldi huzuringizni,
Berib qo’yay taziringizni,
Arazlagim kelyapdi begim!
Yoqimlisiz, qovoq uyganda,
Kechirgin deb sevib, suyganda,
Sovg’alarni qilsangiz kanda,
Arazlagim kelyapdi begim!
Jonim desam pul yo’q desangiz,
Dastingdan bir kun yo’q desangiz,
Erta ketib, kechda kelsangiz,
Arazlagim kelyapdi begim!
Behudaga rashq qilma demang,
O’zga bog’ning mevasin yemang,
Shubhalarga chidayman arang,
Arazlagim kelyapdi begim!
Kiygim kelsa yangi-yangidan,
Yoki olov, oltin rangidan,
Foyda chiqar sevgi jangidan,
Arazlagim kelyapdi begim!
Arazlasam hamyon meniki,
Ko’ksingizda ul jon meniki,
Davr-u - davron, zamon meniki,
Arazlagim kelyapdi begim!
Kamola Abduvaliyeva
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
#ПРЕМЬЕРА
🔥Отасини йўқотганларнинг...
Қалқиб турар кўзидан ёши,
Соғинчлардан чиқмайди боши,
Кўнгли тўла аламлар тоши,
Отасини йўқотганларнинг...
Ҳаёти бут тўкис бўлса ҳам,
Туюлади нимасидир кам,
Қалби аро кетмайдиган ғам,
Отасини йўқотганларнинг...
Суянгани елка топмай гоҳ,
Кечалари тортиб чиқар оҳ,
Юзи бунча мунгли-а эй воҳ,
Отасини йўқотганларнинг...
Баъзан ёлғиз қолишиб атай,
Туришади дод дейишга шай,
Дардларини қандай таърифлай,
Отасини йўқотганларнинг...
Овунади Онасин қучиб,
Уйғонади тушлардан чўчиб,
Қолар ҳикмат чироғи ўчиб,
Отасини йўқотганларнинг...
Ҳеч кимда йўқ Ота қиёси,
Тунлари кўп камдир зиёси,
Остин-устун бутун дунёси,
Отасини йўқотганларнинг...
Жудоликнинг энг оғири шу
Чап кўксини босар бир қайғу,
Ярим кўнгли тўлмайди мангу,
Отасини йўқотганларнинг...
Дардларини таърифлаб бўлмас...
Отасини йўқотганларнинг...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
🔥Отасини йўқотганларнинг...
Қалқиб турар кўзидан ёши,
Соғинчлардан чиқмайди боши,
Кўнгли тўла аламлар тоши,
Отасини йўқотганларнинг...
Ҳаёти бут тўкис бўлса ҳам,
Туюлади нимасидир кам,
Қалби аро кетмайдиган ғам,
Отасини йўқотганларнинг...
Суянгани елка топмай гоҳ,
Кечалари тортиб чиқар оҳ,
Юзи бунча мунгли-а эй воҳ,
Отасини йўқотганларнинг...
Баъзан ёлғиз қолишиб атай,
Туришади дод дейишга шай,
Дардларини қандай таърифлай,
Отасини йўқотганларнинг...
Овунади Онасин қучиб,
Уйғонади тушлардан чўчиб,
Қолар ҳикмат чироғи ўчиб,
Отасини йўқотганларнинг...
Ҳеч кимда йўқ Ота қиёси,
Тунлари кўп камдир зиёси,
Остин-устун бутун дунёси,
Отасини йўқотганларнинг...
Жудоликнинг энг оғири шу
Чап кўксини босар бир қайғу,
Ярим кўнгли тўлмайди мангу,
Отасини йўқотганларнинг...
Дардларини таърифлаб бўлмас...
Отасини йўқотганларнинг...
📝Муаллиф: Зоҳид Зиё...
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Iqrorlaring xato, hulosang xato,
O’zing parvoz qilib, meni qulatding,
Yoki hayotingda yangi his paydo,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Senga bog’liq orzu yakunga yetdi,
Sochimni azob-u — dardga taratding,
Ishonchlar, umidlar batamom bitdi,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Qayerda xatoga yo’l qo’ygandim ayt,
Axir go’zal ishqni o’zing yaratding,
Bizga qilma jabr, qaroringdan qayt,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Nigohimda motam, ko’zimda aza,
Ko’nglingdan quvildim, meni bo’zlatding,
Bir mudhish qissadek bo’ldik ovoza,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Ketar bo’lsang ketgin qarama ortga,
Ko’rgim kelmayotir g’azab, nafrating,
Begunohman, sina, yubor sirotga,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Iqrorlaring xato, hulosang xato…
Kamola Abduvaliyeva
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Iqrorlaring xato, hulosang xato,
O’zing parvoz qilib, meni qulatding,
Yoki hayotingda yangi his paydo,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Senga bog’liq orzu yakunga yetdi,
Sochimni azob-u — dardga taratding,
Ishonchlar, umidlar batamom bitdi,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Qayerda xatoga yo’l qo’ygandim ayt,
Axir go’zal ishqni o’zing yaratding,
Bizga qilma jabr, qaroringdan qayt,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Nigohimda motam, ko’zimda aza,
Ko’nglingdan quvildim, meni bo’zlatding,
Bir mudhish qissadek bo’ldik ovoza,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Ketar bo’lsang ketgin qarama ortga,
Ko’rgim kelmayotir g’azab, nafrating,
Begunohman, sina, yubor sirotga,
O’zing bor yurakni buncha yig’latding!
Iqrorlaring xato, hulosang xato…
Kamola Abduvaliyeva
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
OGOHLIK 23.04.2024
YOLLANMA QOTIL YOXUD
AJAL TANLOVI
Ikki holatning bir kunda sodir boʻlishi asosida...
Qoʻshni maktabda ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Toʻrtta ijodkor qizlarimni olib borib tomoshabinlar ichida ,tadbirni kuzatib oʼtirgandim ,maktab jamoasiga,
direktorimizdan kelib tushgan maʼlumotni shunchaki ochib qarab bir seskanib tushdim,
sur'atda ikki uch yoshlardagi bolakay toshloq joyda qonga boʼyalgan holda yotardi...
Ongim bolani mashina urib ketgan dedi,ammo tadbirdan chiqib ostidagi DAN xodimlarining ogohlikka chorlab,bolajonim qatori bolaning organlari olinganligini
maʼlum qildi oʼzimga kela olmayabman...
Ishdan kelsam hovlida,
Ikki xoʼroz oʻynadi.
Qon joʼshatib choʼqilab,
Bir-birisin qiynadi.
Qaynonam dedi shu on,
Birin holi qoʼydiring.
Birisini qoldirib,
Ikkinchisin soʼydiring.
Ertaga ham tugatmas,
Bu xoʻrozlar gʼavgʼosin.
Osib qoʼying qozonga,
Bugun xoʼroz shoʼrvosin.
Oqin qoʻyib qizilning,
Oyogʻini oʼradim.
Endi soʼyib berishin,
Qaynimlardan soʻradim.
Qiziq ,-dedim,tanlovim,
Bugun ajal bo'ladi.
Tovuqlarning ichida,
Qizil xoʼroz o'ladi.
-Hafa boʻlmang yangajon,
Menga qilmang arazni.
-Yalinsa ham hech qachon,
Soʼymaganman xoʼrozni.
-Yanga xoʼroz so'yishni,
Kechga qadar qoldiring.
-Shu xoʼrozni mengamas,
Akamizga soʼydiring.
-Voy ,akangiz tigʼ ushlab,
Hali qaddin kermagan.
-Shu kungacha bizlarga,
Tovuq soʼyib bermagan.
-Iftor qilgan kunimiz,
Xoʻroz soʼyilgan edi.
-Aslida u soʼygan ham,
Qoʻshni qishloqdan dedi.
Bir-bir jallod qidirib,
Javob oldim baridan.
Soʻrab koʼring deyishdi,
Bir-ikki uy naridan.
Soʼyishga kelgani ham,
Xoʼrozni soʼydi arang.
Kongil -koʼzi boʻlib nam,
-Tipirchilashin qarang.
Kechgacha jallod izlab,
Jindek yorishdi dilim
Kimga oson oʻldirish,
Kimga qiyindir oʻlim.
Qaysi vijdon,iymonsiz,
Bola qoniga toʼyar.
Mening qaynijonlarim,
Xoʼrozni arang soʼyar!!!
Egnidagi sariq kiyimcha,oyogʼidagi naskichalarini onasi kiygizib yuzidan oʻpib boqchaga tashlab ketgan boʻlsa ajab emas...
Bandalarimizga Olloh insof bersin...
Barchamiz ogoh boʻlaylik ajal vaqt joy tanlamaydi
Surayyo Xatamova
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
YOLLANMA QOTIL YOXUD
AJAL TANLOVI
Ikki holatning bir kunda sodir boʻlishi asosida...
Qoʻshni maktabda ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Toʻrtta ijodkor qizlarimni olib borib tomoshabinlar ichida ,tadbirni kuzatib oʼtirgandim ,maktab jamoasiga,
direktorimizdan kelib tushgan maʼlumotni shunchaki ochib qarab bir seskanib tushdim,
sur'atda ikki uch yoshlardagi bolakay toshloq joyda qonga boʼyalgan holda yotardi...
Ongim bolani mashina urib ketgan dedi,ammo tadbirdan chiqib ostidagi DAN xodimlarining ogohlikka chorlab,bolajonim qatori bolaning organlari olinganligini
maʼlum qildi oʼzimga kela olmayabman...
Ishdan kelsam hovlida,
Ikki xoʼroz oʻynadi.
Qon joʼshatib choʼqilab,
Bir-birisin qiynadi.
Qaynonam dedi shu on,
Birin holi qoʼydiring.
Birisini qoldirib,
Ikkinchisin soʼydiring.
Ertaga ham tugatmas,
Bu xoʻrozlar gʼavgʼosin.
Osib qoʼying qozonga,
Bugun xoʼroz shoʼrvosin.
Oqin qoʻyib qizilning,
Oyogʻini oʼradim.
Endi soʼyib berishin,
Qaynimlardan soʻradim.
Qiziq ,-dedim,tanlovim,
Bugun ajal bo'ladi.
Tovuqlarning ichida,
Qizil xoʼroz o'ladi.
-Hafa boʻlmang yangajon,
Menga qilmang arazni.
-Yalinsa ham hech qachon,
Soʼymaganman xoʼrozni.
-Yanga xoʼroz so'yishni,
Kechga qadar qoldiring.
-Shu xoʼrozni mengamas,
Akamizga soʼydiring.
-Voy ,akangiz tigʼ ushlab,
Hali qaddin kermagan.
-Shu kungacha bizlarga,
Tovuq soʼyib bermagan.
-Iftor qilgan kunimiz,
Xoʻroz soʼyilgan edi.
-Aslida u soʼygan ham,
Qoʻshni qishloqdan dedi.
Bir-bir jallod qidirib,
Javob oldim baridan.
Soʻrab koʼring deyishdi,
Bir-ikki uy naridan.
Soʼyishga kelgani ham,
Xoʼrozni soʼydi arang.
Kongil -koʼzi boʻlib nam,
-Tipirchilashin qarang.
Kechgacha jallod izlab,
Jindek yorishdi dilim
Kimga oson oʻldirish,
Kimga qiyindir oʻlim.
Qaysi vijdon,iymonsiz,
Bola qoniga toʼyar.
Mening qaynijonlarim,
Xoʼrozni arang soʼyar!!!
Egnidagi sariq kiyimcha,oyogʼidagi naskichalarini onasi kiygizib yuzidan oʻpib boqchaga tashlab ketgan boʻlsa ajab emas...
Bandalarimizga Olloh insof bersin...
Barchamiz ogoh boʻlaylik ajal vaqt joy tanlamaydi
Surayyo Xatamova
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
💥💥💥
БАХТЛИМАН
Куйинмайман, ёлғон дунё деб,
Мен бахтиёр, бахтлиман она.
Бўйларимдан минг бор ўргилиб,
Фаришталар менга парвона.
Йиғламайман, ўткинчи бари,
Самоларга етмоқда бошим.
Шеърларимни тинглаб, эркалаб,
Оймоможон бўлди сирдошим.
Ғам ўзини қилмоқда яксон,
Яшаш завқин туяй ҳар нафас.
Дунёдаги энг бахтли инсон,
Энди менга қилади ҳавас.
Ўзгалардан кутмайман меҳр,
Майли мендан воз кечсалар ҳам.
Неча йиллик ғамларим ариб,
Бўлди бугун кўнглим хотиржам.
Мен бахтлиман, худбин одамлар,
Бермасалар бермасин имкон.
Ҳар кимга ҳам насиб этмас Ишқ,
Юрагимни қилибди макон.
Армонларим табассум қилиб,
Кулиб, гуллар термоқда она.
Бўйларимдан минг бор ўргилиб
Фаришталар менга парвона.
✍️Дилдора Абдиназарова
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
БАХТЛИМАН
Куйинмайман, ёлғон дунё деб,
Мен бахтиёр, бахтлиман она.
Бўйларимдан минг бор ўргилиб,
Фаришталар менга парвона.
Йиғламайман, ўткинчи бари,
Самоларга етмоқда бошим.
Шеърларимни тинглаб, эркалаб,
Оймоможон бўлди сирдошим.
Ғам ўзини қилмоқда яксон,
Яшаш завқин туяй ҳар нафас.
Дунёдаги энг бахтли инсон,
Энди менга қилади ҳавас.
Ўзгалардан кутмайман меҳр,
Майли мендан воз кечсалар ҳам.
Неча йиллик ғамларим ариб,
Бўлди бугун кўнглим хотиржам.
Мен бахтлиман, худбин одамлар,
Бермасалар бермасин имкон.
Ҳар кимга ҳам насиб этмас Ишқ,
Юрагимни қилибди макон.
Армонларим табассум қилиб,
Кулиб, гуллар термоқда она.
Бўйларимдан минг бор ўргилиб
Фаришталар менга парвона.
✍️Дилдора Абдиназарова
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
BAXTGA YETGUNCHA...
Zulmatning bagʻridan ketaylik bir zum,
Orzular qilamiz to tong otguncha.
Yugurib yelamiz, keladi shu kun,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Hijronlar chorlasa,ketma yonimdan
Qalqon boʻl, koʻngildan qaygʻu ketguncha.
Yuragim oynasin sinmasin chil chil,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Yulduzdir sirdoshim, eshitadi jim,
Tong otib, quyosh ham yana botguncha.
Sabrimni sinama,yor boʻlgin hamroh,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Baxt yoʻllari bizni chorlaydi hamon,
Sevgi dilda misli ochilgan gʻuncha.
Tugamas ishqdan tonggacha suhbat
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Dil oyna misoli nozikdir netay,
Yurak qiynaladi yara bitguncha.
Kel yulduz menla qol,istagim shudir
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Hijronlar, armonlar ketmas yonimdan,
Qiynading, azoblar, oh nechun buncha,
Yo'l uzoq, hamroh bo'l, qoldirma yolg'iz
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
IRODAXON QOSIMOVA.
28.09.2022. 20:50.
She'r qôshiq uchun berildi.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇
Zulmatning bagʻridan ketaylik bir zum,
Orzular qilamiz to tong otguncha.
Yugurib yelamiz, keladi shu kun,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Hijronlar chorlasa,ketma yonimdan
Qalqon boʻl, koʻngildan qaygʻu ketguncha.
Yuragim oynasin sinmasin chil chil,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Yulduzdir sirdoshim, eshitadi jim,
Tong otib, quyosh ham yana botguncha.
Sabrimni sinama,yor boʻlgin hamroh,
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Baxt yoʻllari bizni chorlaydi hamon,
Sevgi dilda misli ochilgan gʻuncha.
Tugamas ishqdan tonggacha suhbat
Qoʻlimdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Dil oyna misoli nozikdir netay,
Yurak qiynaladi yara bitguncha.
Kel yulduz menla qol,istagim shudir
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
Hijronlar, armonlar ketmas yonimdan,
Qiynading, azoblar, oh nechun buncha,
Yo'l uzoq, hamroh bo'l, qoldirma yolg'iz
Qo'limdan mahkam tut, baxtga yetguncha.
IRODAXON QOSIMOVA.
28.09.2022. 20:50.
She'r qôshiq uchun berildi.
https://tttttt.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv
Ⓜ️anba: @sherlar
👍 #like_boss👇