Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
6.08K subscribers
33.7K photos
2.52K videos
120 files
11K links
Download Telegram
#qabul_2024
#10_kun
#ofarin

Bugun "Besh muhim tashabbus" markazi rahbari Babayeva Dilrabo bir abituriyentga juda katta yordam berdi

Abituriyent test topshirishga yosh bolasi bilan kelib, test jarayoniga kirib chiqquncha boʻlgan vaqt davomida bolasiga gʻamxoʻrlik qilib turishga ishonchli odam topa olmayotgan ekan. Bundan xabar topgan universitetimiz xodimi bu maʼsuliyatni oʻz zimmasiga olib, abituriyentga oq yoʻl tilagan holda uning farzandiga qarab turdi.

Biz bunday xodimimiz bilan faxrlanamiz!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Ofarin

SamDVMCHBU professori “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi


Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning xalq ta’limi hamda mahalla tizimi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat hokimi yig‘ilganlarni Navro‘z bayrami bilan tabriklab, bir guruh xalq ta’limi hamda mahalla tizimi vakillarini “Mahalla iftixori” hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.


Viloyat hokimi SamDVMCHBU professori, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Do‘stmuhammad Xolmirzayevni ham "Mahalla iftixori" ko‘krak nishoni bilan taqdirlab, “Shu yoshda universitet va mahalla nomini Respublika miqyosiga ko‘tarishda qo‘shayotgan munosib hissangiz uchun Sizga katta rahmat”, deya e’tirof etdi.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
#Universitet_faxri #Ofarin

SamDVMCHBU O'zbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi D.Umarova ilmiy rahbarligida Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti I bosqich 101-guruh talabasi Baxtiyorob Soxib Sobirovich "Мир русского слова" nomli xalqaro onlayn  olimpiadada ishtirok etib, faxrli I darajali diplom va sertifikatga ega bo'ldi.

Baxtiyorov Soxibga bilim olish yo'lida yanada katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz!

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
#Universitet_faxri #Ofarin

SamDVMCHBU Iqtisodiyot fakulteti talabsi , “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasi sohibi Hotamov Adham Asqarjon o‘g‘li Tayloq tumanida o'tkazilgan "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovida g'oliblikni qo'lga kiritib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Hotamov Adhamga bilim olish yo'lida yanada katta yutuqlarga erishishiga tilakdoshmiz!

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |