Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.21K subscribers
28.2K photos
2.05K videos
116 files
9.48K links
Download Telegram
#Xotira_qadrlash_kuni

ESSELAR TANLOVI OʻTKAZILDI

📚 OʻZBEK, RUS TILLARI VA ADABIYOTI kafedrasi tomonidan 9-may -
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Inson qadri ulugʻ, xotira muqaddas" mavzusida esselar tanlovi o'tkazildi.

📝 Mazkur tanlovda talabalar Ikkinchi jahon urushi va jang maydonlarida fashizmga qarshi mardonavor kurashgan xalqimizning jasorati va halok bo'lgan qahramonlarimizning yorqin xotirasiga bagʻishlab esselar yozishdi.

Tanlov natijalariga
ko'ra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

🥇1-o'rin. Sulaymanova Durdona- Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 209-guruh talabasi.

🥈2-o'rin. Qayumov Azamat- veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 206-guruh talabasi.    
                   
🥉3-o'rin. Abdumajidova Zilola- MQITS fakulteti 103-guruh talabasi.   
        
           
💫Barcha gʻoliblarni qutlaymiz
!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

⚡️SHEʼRIYAT TANLOVI OʻTKAZILDI

📚 OʻZBEK, RUS TILLARI VA ADABIYOTI kafedrasi tomonidan 9-may -
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Inson qadri ulugʻ, xotira muqaddas" mavzusida sheʼriy asarlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda talabalar bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun aziz jonini fido qilgan ajdodlarimizning yorqin xotirasiga bag'ishlab yozilgan she'rlari bilan ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga koʻra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

🎗1-o'rin. Saidqosimova Muxlisa - MQITS fakulteti 301-guruh talabasi.       
         
🎗2-o'rin. Bekqulov Mirolim - Zooinjeneriya fakulteti 206-guruh talabasi.          
                  
🎗3-o'rin. Hotamov Adham - Iqtisodiyot fakulteti 202-guruh talabasi.        
                
🎗3-o'rin. Bo'stonov Behruz - Sirtqi ta'lim 202-guruh talabasi.


💫Gʻoliblarni qutlaymiz!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

Kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida tanlov o'tkazildi.

📚 Axborot texnologiyalari va tabiiy fanlar kafedrasining “Kompyuter bilimdoni” to’garagi  va “ONLINE EMPIRE”  o’quv kursi o’qituvchi xodimlari hamkorligida   Stamina
dasturi orqali KLAVIATURAdan xatosiz ko‘p so‘z yozish  tanlovi o'tkazildi.


Tanlov natijalariga
ko'ra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

🥇1-o'rin. Boybo'riyeva Shaxzoda- Zooinjeneriya  fakulteti 103-guruh talabasi.

🥈2-o'rin. Abdulboriyev Abdug'ofur- Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi   fakulteti  106-guruh talabasi.    
                   
🥉3-o'rin. Xusanov Jalol - Iqtisodiyot  fakulteti  106-guruh talabasi.   
        
           
💫Barcha gʻoliblarni qutlaymiz
!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

Ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi.

📚 Axborot texnologiyalari va tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan   9 may – "
Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab  “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusi bo'yicha Microsoft  PowerPoint  dasturida  eng yaxshi taqdimot tayyorlash tanlovi o'tkazildi.

📝 Mazkur tanlovda talabalar Ikkinchi jahon urushi va jang maydonlarida fashizmga qarshi mardonavor kurashgan xalqimizning jasorati va halok bo'lgan qahramonlarimizning yorqin xotirasiga bagʻishlab taqdimotlar  tayyorlashdi.

Tanlov natijalariga
ko'ra quyidagi talabalar g'oliblikni qo'lga kiritishdi:

🥇1-o'rin. Jumanazarova Habiba - Biotexnologiya  fakulteti 106-guruh talabasi.

🥈2-o'rin. Abdushukurov Xondamir- Iqtisodiyot  fakulteti 303-guruh talabasi.    
                   
🥉3-o'rin. Ortiqaliyev Asliddin - Iqtisodiyot  fakulteti  402-guruh talabasi.   
        
           
💫Barcha gʻoliblarni qutlaymiz
!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Ректор_табриги
#Хотира_қадрлаш_куни

Инсон қадри улуғ, хотира абадий!

♻️ Батафсил шу ерда

—————————————-
#Rektor_tabrigi
#Xotira_qadrlash_kuni

Inson qadri ulugʻ, xotira abadiy!

♻️Batafsil shu erda

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xotira_qadrlash_kuni

FAXRIYLAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarda, ona diyorimiz xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga koʻrsatayotgan gʻamxoʻrlik, hurmat-ehtiromda yanada yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Shu boisdan, 9-may – “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan, mazkur ulugʻ sana arafasida Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti professori B.Eshboʻriyev, fakultet dekani oʻrinbosari M.Tovosharov, tyutor F.Fayzullayevlar universitetda koʻp yillar ishlab, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan Veterinariya fanlari nomzodlari, mehnat faxriylari Boboyev Parda Boboyevich hamda Ata-Kurbanov Shavkat Badalovichlar holidan xabar olishdi.

Samimiy muloqot davomida nuroniylar yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, farovonlik boʻlishini soʻrab duo qildilar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

UNIVERSITET TARIXI MUZEYIGA TASHRIF


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Jasorat – millat gʻururi va iftixori” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga taklif etilgan faxriy mehmon va professor-oʻqituvchilar universitet tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitetda yosh avlod uchun yaratilgan sharoit va berilgan imkoniyatlar bilan tanishish barobarida bu dargohda ishlab, umrini ilm rivojiga hissa qoʻshgan shaxslarning benazir ijodi va ibratli hayoti bilan bogʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

Inson qadri ulug'-
xotira muqaddas

Xalqimiz qatag’on yillarida va ikkinchi jaxon urushida ko’plab jondan aziz farzandlaridan judo bo’ldi. Urushda halok bo’lgan ne-ne yigitlarimizning qabrlari o’zga yurtlarda qolib ketdi.

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti tyutori Ikromov Davron boshchiligida fakultetning bir guruh talaba-yoshlari “Xotira va qadrlashkuni munosabati bilan xotiralar ummonida oils-olislarga, tariximizning o’chmas sahifalariga bir nazar tashlash maqsadida Samarqand shahrida joylashgan Xotira maydoniga tashrif buyurdilar, "Motamsaro ona haykali" poyiga guldastalar qo'yishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xotira_qadrlash_kuni

MA’NAVIY-MA'RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faollar zali”da 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Jasorat – millat gʻururi va iftixori” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov faxriylarni bayram bilan tabriklab, Xotira va qadrlash kuni, deb nom olgan bu sana yurtimizda umumxalq bayramiga, haqiqiy anʼanaga aylanib qolgani, xotira va qadrlash tushunchalari asl milliy qadriyatlarimizga javob berib, ota-bobolarimizdan qolgan ham diniy, ham insoniy urf-odatlarimiz ekanligini taʼkidladi.

Universitet iqtidorli yoshlari tomonidan yangragan kuy-qoʻshiqlar va teatrlashtirilgan tomoshalar tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

BAYRAM DASTURXONI ATROFIDA FAXRIYLAR BILAN SUHBAT


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan “Jasorat – millat gʻururi va iftixori” shiori ostidagi tadbir bayram dasturxoni atrofida davom ettirildi.

Tadbirda bu dargohda uzoq yillar mehnat qilgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshgan va bugun keksalik gashtini surayotgan faxriylarning ibratomuz hayot yoʻllari, oʻz davrida olib borgan matonatli xizmatlari xususida suhbatlashildi.

Oʻzaro suhbat va muloqotlarda mamlakatimizda inson omiliga yuksak eʼtibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatimizning har bir aʼzosiga gʻamxoʻrlik, mehr-oqibat koʻrsatilayotgani, inson qadr-qimmati, uning orzu-niyatlarini roʻyobga chiqarishga imkoniyat berish ustuvor vazifaga aylangani bot-bot taʼkidlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

⚡️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti akademik litseyining 1-bosqich 105-guruh  o'quvchilari ishtirokida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan universitetimiz tarixini yaqqol namoyon etuvchi "Universitet tarixi muzeyi"ga tashrif buyurishdi.

🔹Tashrif davomida o'quvchilar universitet tarixi muzeyi
🖼eksponatlari  - shu ulug‘ dargohda ziyo tarqatgan ustozlarga taalluqli buyumlar, ular tomonidan yaratilgan bebaho ma’naviyat hazinasi - kitoblar📚 shaxsiy anjomlar bilan yaqindan tanishishdi.

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#taqdirlash_foto_lavhalar
#Xotira_qadrlash_kuni

9-may -
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tyutor S. Musaeva tashabbusi bilan fakultetning 301- 306-guruhlari o‘rtasida o'tkazilgan futbol o‘yini nihoyasiga etdi.

O‘yin natijasiga ko'ra:

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 303-guruh jamoasi 1-o‘rin.

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 305-guruh jamoasi 2-o‘rin.

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 304-guruh jamoasi 3-o‘rin.


Jamoalar Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti dekani Sh.Qurbonov hamda dekan o'rinbosari M.Tovosharov tomonidan taqdirlandilar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xotira_qadrlash_kuni

Inson qadri – ulug‘, xotirasi – muqaddas

Bugun Samarqand shahridagi Xotira maydonida viloyat rahbariyati va faollar, harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, nuroniylar va yoshlar vakillari jam bo‘ldi.

Tadbirda universitetimiz rektori, professor Xudaynazar Yunusov ham ishtirok etib, maydondagi Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Xotira_qadrlash_kuni

9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Veterinariya profilaktikasi va davolash hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari tomonidan Talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun osh pishirildi.

Unda qirg’izistonlik talabalar ham ishtirok etdi. Veterinariya proflaktikasi va davolash fakulteti dekani o’rinbosari Manop Tovosharov oshpazligida pishirilgan palov uyga ketmagan talabalarga tarqatildi. Qirg’izistonlik talabalar esa “Bunday oshni faqat Samarqandda yeyish mumkin” – deya fikr bildirishdi. Yomg’irli ob-havo bo’lishiga qaramasdan hammaning kayfiyati yuqori bo’ldi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xotira_qadrlash_kuni

“AJDODLARIMIZ RUHI-MANGU BARHAYOT!”


Universitet “Faollar zali”da Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan 9-may - Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan shu mavzuda maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor A. Elmurodov va Xorijiy tillar kafedrasida ishlagan faxriy ustoz A. Murtazayevlar oʻtganlarni xotirlab, keksa yoshdagi kishilarni eʼzozlash, ularga ehtirom koʻrsatish insonparvarlik namunasi ekanligini taʼkidlab, universitetda faoliyat yuritgan urush va mehnat faxriylari, akademiklar va fan arboblari, ular qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy meʼros haqida gapirib oʻtdi.

Faxriy ustozlar A.Murtazayev va D.Xolboyevalarga esdalik sovgʻalari topshirilib, kafedra rivojiga qoʻshgan hissalari munosib eʼtirof etildi.

Turli tillarda yangragan kuy-qoʻshiqlar va teatrlashtirilgan tomoshalar tadbirga yanada koʻtarinki ruh baxsh etdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube