Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.67K subscribers
35.5K photos
2.68K videos
130 files
11.5K links
Download Telegram
#Xon_atlas_2024

XON ATLAS - SHARQ XAZINASI, YURTIM JILOSI

Xon atlas” festivali doirasida turkum tadbirlar Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida yuqori saviyada o`tkazildi. Xon atlas va adras liboslar kiygan talaba-qizlar, zamonaviylik va milliylik liboslarida mujassam bo`lgan professor-o`qituvchi ayollar-u xodimlarning porloq yuzlarida xon atlasimizning jilolari barq urib, barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

Festival davomida “Kiyinish madaniyatini, liboslar tarixini o‘rganamiz!” mavzularida viktorinalar o‘tkazilib, go‘liblar ma’naviy rag‘batlantririldi.

“Kiyinish madaniyati, milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uyg‘unlashuvi” mavzusida universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi J.B. Sayfudinova ma’ruza qildi. Milliy va zamonaviy kiyinish, estetik did, jamiyatdagi yurish-turish, odob-axloq qoidalari borasida fikrlar bildirildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
👍8