Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.67K subscribers
35.5K photos
2.68K videos
130 files
11.5K links
Download Telegram
Forwarded from Glocals
#Talaba_uchun_foydali

🔰Talabalarimiz bir haqiqatni yaxshi tushunib olishlari zarur: ozroq shug‘ullansangiz ham, muntazam shug‘ullaning.

Haftasiga 1 marotaba (masalan, yakshanba kuni) 3 soat davomida xorijiy til o‘rganib, keyin xafta davomida boshqa umuman til bilan mashg‘ul bo‘lmagandan ko‘ra, o‘sha 3 soatni xafta kunlariga bo‘lib, har kuni yarim soatdan o‘rgansangiz, samarasi yuqoriroq bo‘ladi.

✳️ Har bir ishda (xorijiy til, ilm-fan, ijod va san‘at) eng muhim omil – bu MUNTAZAMLIK.

❗️Oz-ozdan, lekin tez-tez bo‘lsin!
Forwarded from Edu.uz
#Talaba_uchun_foydali

“Intellektual qatʼiyat” degan iborani eshitganmisiz?

🔰 Talabalarimiz orasida har kuni eng koʻp qoʻllanilishi lozim boʻlgan mazmunli iboralardan biri bu “intellektual qatʼiyat” (“Intellectual perseverance”).

“Intellektual qatʼiyat” bu — murakkab akademik sohalarni oʻrganayotgan vaqtda azm-u shijoatli boʻlish, qiyin vaziyatlarda orqaga chekinmaslik, niyatlardan voz kechmaslik, oʻz akademik tanlovini himoya qilish, tanlagan pozitsiyalarida mustahkam turish deganidir.

☝️ Bu “orqaga yoʻl yoʻq”, “oxirigacha boramiz” degan dunyo qarash bilan qurollanish.

✳️ “Intellektual qatʼiyatni” oʻzingizning ikkinchi tabiatingizga aylantirib olishingizni tavsiya etamiz.

✳️ “Intellektual kurashlarni” qabul qiling, ulardan qoʻrqmang.

🔆 Faqatgina shu holatda siz pirovardida gʻolib boʻlasiz.

©Manba

🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube