Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
6K subscribers
33.9K photos
2.54K videos
121 files
11K links
Download Telegram
#TALABA_IJODIDAN

JONKUYAR, FIDOYI TYUTOR USTOZLAR!

Ustozdir u ma'rifatning yoʻlida,
Hayot darslaridan ibtido soʻzlar.
Talabaga yoʻldosh, oʻng -u soʻlida,
Jonkuyar, fidoyi Tyutor ustozlar!

Talaba deb, yugurgan, yelgan,
Qadamlari sobit, dadil ovozlar.
Biz uchun eng yaqin koʻmakchi boʻlgan,
Jonkuyar, fidoyi Tyutor ustozlar!

Shogirdlar hurmati, mehri boʻlsa bas,
Kasbiga fidoyi, shuhrat soʻramas.
Vaqtini ayamas, oʻzin ayamas,
Jonkuyar, fidoyi Tyutor ustozlar!

Boshida ming oʻyi, turli tashvishi,
Oilasi, uyi  va  yana   ishi
Boʻlsa shuncha boʻlar, fidoyi kishi,
Jonkuyar, fidoyi Tyutor ustozlar!

Qadringiz ulugʻdur, mehringiz boʻlak,
Hurmatingiz cheksiz, nomingiz yuksak.
Bizga Siz keraksiz, Sizga biz kerak,
Jonkuyar, fidoyi Tyutor ustozlar!


Farangiz Qurbonaliyeva,
SamDVMCHBU Biotexnologiya fakulteti 103-guruh talabasi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |