Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.24K subscribers
27.5K photos
1.99K videos
115 files
9.3K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Seminar_trening

OTMda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil qilish bo‘yicha seminarlar davom etmoqda

Samarqand davlat universitetida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi oliy va professional ta’lim integratsiyasini ta’minlash bo‘lim boshlig‘i V.Zayniddinov ishtirokida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha mas’ullari uchun seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Batafsil ushbu havolada.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tyutorlar #seminar_trening

Bugun “Oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida namunaviy seminar-trening tashkil etildi.
___

Сегодня состоялся семинар-тренинг на тему «Актуальные вопросы организации тьюторской деятельности в высших учебных заведениях»

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Seminar_trening

KORRUPSIYA - TARAQQIYOT KUSHANDASI

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177-son hamda 2022-yil 12-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarorlari ijrosi yuzasidan tizim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganish bo‘yicha 2024-yilning 2-aprel sanasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Korrupsiyaga - taraqqiyot kushandasi” mavzusida
seminar-trening o‘tkazildi.

👉
BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Xalqaro_hamkorlik
#Seminar_trening

MINNESOTA UNIVERSITETI PROFESSORLARI
SEMINAR-TRENINGDA

Xabaringiz bor, Minnesota universiteti qoshidagi Hayvonlar salomatligi va oziq-ovqat xavfsizligi markazi direktor o‘rinbosari S.Perez, markaz vakili O.Katerin, Yu. Valeriya, universitet professorlari T. Molitor va W.Whitney, Qo‘mitaning Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i A.Safarov hamrohligidagi delegatsiya ayni kunlarda universitetimizda bo‘lib turibdi.

Bugun loyiha koordinatorlari tomonidan universitetimiz professor-o‘qituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etildi.

Qizg‘in savol-javoblar ostida o‘tgan seminar-treninglarda an’anaviy va zomanaviy ta’lim tizimi haqida fikrlar almashildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Seminar_trening

“CHORVA HAYVONLARINI IDENTIFIKATSIYA QILISH VA CHORVACHILIKNI RAQAMLASHTIRISH”


O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) o‘rtasida 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda veterinariya va chorvachilik sohalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash” grant loyihasi doirasida Qo‘mitaning tizim tashkilotlari xodimlari uchun “Chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish va chorvachilikni raqamlashtirish” mavzusida seminar trening o‘tkazilishi rejalashtririlgan.

Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faollar zali”da Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax va Buxoro viloyatilarining jami 150 nafar mutaxassisi uchun seminar-trening o‘tkazilib, mutaxassislar mavzu doirasida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lishmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube
#Seminar_trening

YANGI MAHSULOTLAR SIFATINI BAHOLASH BO‘YICHA TANLOVLI DEGUSTATSIYA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda SamDVMCHBU hamda “Agromir” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari shartnomasiga asosan kompaniyaning Toshkent va Samarqand shahri ofisi mutaxassislari va universitetning “Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida “Yangi mahsulotlar sifatini baholash bo‘yicha tanlovli degustatsiya o‘tkazish bo‘yicha” seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda “Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi mudiri Sh.Ishniyazova, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Zubaydullayev va kompaniya vakillari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |