Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.67K subscribers
25.7K photos
1.82K videos
112 files
8.79K links
Download Telegram
#SamDVMCHBU_yangilikalri

SamDVMCHBU "Zooinjeneriya va Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi” fakulteti "Mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" kafedrasi qoshida tashkil qilingan ''Yosh texnolog'' ilmiy toʻgaragining navbatdagi yigʻilishi bo'lib o'tdi.

Unda fakultetning iqtidorli talabalari safidan joy olgan 104-guruh talabasi Shirinova Ozoda 1-ma'ruzachi sifatida to'garakni "Sut va sut mahsulotlarni dastlabki qayta ishlov texnologiyasi" haqida ma'lumot berish ila boshlab bergan bo'lsa, 104-guruh talabasi To‘xtashova Sevinch “Asal beruvchi o‘simliklar va ularni dastlabki ishlash texnologiyasi” haqida o'zlashtirgan bilib va ko'nikmalari haqida 2-ma'ruzachi bo'lib ishtirok etdi.

Ilmiy to'garak yakunida talabalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga professor-o'qituvchilar tomonidan javob olishdi.

To'garak judayam qiziqarli va foydali ma'lumotlarga boy bo'lib o'tdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |