Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.15K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.67K links
Download Telegram
#Profilaktika #Nazorat_reyd

Nazorat-reyd tadbirlari o'tkazildi

2025-yil 20-yanvar kuni universitet profilaktika inspektori, kapitan B.Nayimov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis M.Arslonov hamda "Qalqon" jamoasi tomonidan universitet hududi va talabalar turar joylarida Nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu reyd davomida hududda maqsadsiz yurgan talabalar aniqlanib, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari va jinoyatchilikdan jabrlanib qolmasliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek 1-2 son TTJlar va DXSHda talabalarning tunggi vaqtlarda maqsadsiz ko‘chalarda yurmasliklari, TTJ ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni mas’ullar bilan kelishib olindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Profilaktika #Nazorat

Nazorat-reyd tadbirlari o'tkazildi

2025-yil 24-yanvar kuni universitet profilaktika inspektori, kapitan B.Nayimov, Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti tyutori A.Gʻ.Jabborov tomonidan talabalar turar joylarida profilaktik nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu tadbir davomida 1 va 2-son TTJ lar va DXSH dagi talabalarning tungi vaqtlarda maqsadsiz ko‘chalarda yurmasliklari, TTJ ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari va jinoyatchilikdan jabrlanib qolmasliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#TTJ_faoliyati #Nazorat

TYUTORLAR TALABALAR TURAR JOYIDA

Veterinariya profilaktikasi va davolash  fakulteti tyutorlari X.A.Abdurasulov, S.Musayeva va A.Gʻ.Jabborovlar  tomonidan 2-son Talabalar turar joyida talabalar bilan suhbat oʻtkazib, talabalarni yotoqxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari, shuningdek har bir xonaning tozaligi, javonlardagi buyumlarni tartib bilan joylashtirilishi, mavjud oshxona jihozlaridan toʻgʻri foydalanishlari aytib oʻtildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |