Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.67K subscribers
35.5K photos
2.68K videos
130 files
11.5K links
Download Telegram
#Muhammad_Yusuf_tavalludi
#71_yilligi

Oʻzbekiston xalq shoiri
Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligi munosabati bilan SamDVMCHBU Biotexnologiya fakultetida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Ushbu ijodiy kecha shoirning boy adabiy merosini yodga olish, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur va qadriyatlarimizga sadoqat tuygʻularini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar shoir
Muhammad Yusufning yuraklardan joy olgan, xalqimiz orasida keng tarqalgan she’rlari va ularning asosida yaratilgan qoʻshiqlarni mahorat bilan ijro etishdi.

Shoirning “Men o’zbekman”, “O’zbegim”, “Vatan” kabi she’rlarini ijro etgan tadbir mehmoni yosh shoir A.Jahonov his-tuygʻulari bilan uygʻunlashib, tomoshabinlarga iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir barchaga zavq bagʻishlab,
Muhammad Yusuf ijodi bilan yanada chuqurroq tanishish imkonini berdi

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍4🔥1