Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.63K subscribers
31.6K photos
2.35K videos
116 files
10.4K links
Download Telegram
#SamDVMCHBU_yangiliklari         #YoshlarIttifoqi
#Kitobxon_talaba  #TTJ

🏛️Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi D.Raxmonov hamda
Iqtisodiyot fakulteti koordinatori
R.Irisboyevlar  tomonidan  talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida 2-sonli TTJda 👨‍🏫"Kitobxon talaba" tanlovining 2-turi boʻlib oʻtdi

🔹Tanlov  hakamlar hayʼati natijalariga koʻra  faol ishtiroki uchun 1-oʻrin Bekqulov Mirolim  Zooinjeneriya fakulteti 206-guruh talabasi
2-oʻrin Ergashboyev Minghojiddin Iqtisodiyot  fakulteti 102-guruh talabasi
3-oʻrin esa Shavkatova Shirina 
Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti talabalariga nasib etdi. Shuningdek  tanlovda faol ishtirok etgan talaba-yoshlar ham Faxriy yorliq va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandi

🏛 Axborot xizmati
#Kitobxon_talaba

"YOSH
KITOBXON TALABALAR LIGASI"

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida “Yosh kitobxon talabalar ligasi”ning fakultetlararo bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda barcha fakultetlardan 7 ta jamoa ishtirok etishib, tanlov Nizomiga asosan 2 ta shart bo‘yicha bilimlarini sinab ko‘rishdi.

Universitetning "O'zbek, rus tillari va adabiyoti" kafedrasi mudiri boshchiligida kafedra o‘qituvchilari Hakamlik qilgan tanlov natijalariga ko'ra:

1-o‘rin "Iqtisodiyot" fakulteti, 2-o‘rin "Biotexnologiya" fakulteti,
3-o‘rin "Mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlash fakulteti jamoasiga nasib etdi.

Shuningdek, "Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi" fakulteti jamoasi "Eng faol jamoa" nominatsiyasini qo'lga kiritdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube  |
#Kitobxon_talaba

📚"KITOBXON TALABA" TANLOVI O'TKAZILDI

SamDVMCHBUda Oʻzbek, rus tillari va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchilari va Agrotexnologiya fakulteti tyutorlari hamkorlikda fakultetning 1-kurs talabalari oʻrtasida  "KITOBXON TALABA" tanlovi tashkil etildi.

Tadbirda jahon adabiyoti namoyondalaridan Ernest Xemingueyning "Toʻqchilik va yoʻqchilik" asari muhokamasi oʻtkazildi.

Shuningdek, tanlov doirasida iqtidorli talabalar Alisher Navoiy, Bobur, Cho'lpon, Pirimqul Qodirov, AbdullA Qodiriy, Abdulla Qahhor kabi shoir va yozuvchilarimiz hayoti va ijodiga oid qiziqarli shartlar asosida bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko'ra, Agrotexnologiya fakulteti 104-guruh talabasi Chinniqulova Ruxshona g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Navbatdagi "
Kitobxon talaba" loyihasi muhokamasi uchun Sh.Xolmirzayevning "Oʻn sakkizga kirmagan kim bor" asarini oʻqish tavsiya etildi.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |
#Kitobxon_talaba

Kitobxon talaba” loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uchrashuv!

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi hamda Agrotexnologiya fakultetlari tyutorlari — N. Adizova, Sh. Sadinova va N. Abduvafoyevalar boshchiligida talabalar o‘rtasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir “
Kitobxon talaba” loyihasi doirasida o‘tkazilib, mashhur yozuvchi Shukur Xolmirzayevning “O’n sakkizga kirmagan kim bor” nomli asari birgalikda o‘qildi va keng muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida talabalar asardagi obrazlar, voqealar rivoji hamda muallifning berayotgan gumanistik g‘oyalari haqida fikr almashdilar. Kitobxonlik orqali talabalar tafakkur doirasini kengaytirib, badiiy asarlarni chuqur anglashga intildilar.

Bunday ma’naviy uchrashuvlar yoshlar qalbida kitobga muhabbat uyg‘otish, o‘qish madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz |Telegram |Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube |