Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.94K subscribers
29.7K photos
2.15K videos
116 files
9.87K links
Download Telegram
#Halqaro_hamkorlik

Ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro
hamkorlik kengaymoqda

Universitetimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Achilov va Farmakologiya va toksikologiya kafedrasi mudiri Y.Salimovlar Turkiyaning Cerrahpasha – Istanbul universitetibning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Prof. Dr. Mehmet Bilgin bilan uchrashdi.


Prorektor Prof. Dr. Mehmet Bilgin tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini o‘rnatilganligi va Dr. Mehmet Bilgin veterinariya va qishloq xo‘jaligi ta’limi hamda ilmiy tadqiqotlar sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash, ilm-fanni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni amalga oshirish istagini bildirdi hamda kelgusida xalqaro konferensiyalar o‘tkazishga kelishildi.

Kelishuv “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovlariga ilmiy loyihalar taqdim etish bilan yakunlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Halqaro_hamkorlik

Universitetimiz professor-o’qituvchilari Almata shahrida joylashgan Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetiga tashrif buyirishdi

Joriy yilning 20-22-noyabr kunlari “Farmakologiya va toksikologiya” va “Veterinariya farmatsevtikasi” kafedrasi assistentlari, v.f.f.d. (PhD) G‘.M.Quldoshev, T.T.Xatamov, O.E.Nematullayev hamda tayanch doktorant S.K.Alibayevlar Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti Veterinariya va zooinjeneriya fakultetining Veterinariya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabalariga Veterinariya farmakologiyasi fanidan Master-klass darslarini o’tishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Halqaro_hamkorlik #Konferensiya

Universitetimiz professor-o’qituvchilari hamda tayanch doktorantlari Olmaota shahrida joylashgan Qozog’iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy Fanlar akademiyasiga tashrif buyurib, 21-22 noyabr kunlari tashkil etilgan 1-Xalqaro yosh olimlar konferensiyasida ishtirok etishdi.

Konferensiya yosh olimlar uchun o’z ishlarini professional va keng auditoriyaga taqdim etish uchun ajoyib imkoniyat. Kongress doirasida turli ilmiy yo’nalishlarda yalpi forum va 9 ta ilmiy konferensiya o’tkazildi hamda yosh olimlar va yosh tadqiqotchilarning zamonaviy innovatsion ishlanmalari ko’rgazmasi bo’lib o’tdi.

Bundan tashqari “Farmakologiya va toksikologiya” kafedrasi tayanch doktoranti Alibayev Sunnatilla Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetida ilmiy mavzusi yuzasidan ma'ruza qildi va Veterinariya va zooinjeneriya fakultetining vivariysida ilmiy ishining tajribalarini olib bordi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Halqaro_hamkorlik

Universitetimiz talabalari Qozog'istonda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187-sonli qarori hamda Oʻzbekiston - 2030 strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash, taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda xalqaro eʼtirof etilgan oliy taʼlim muassasalari bilan akademik almashuv dasturlarida universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining ishtirokini taminlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar qilinmoqda.

Xususan, Olmaota shahrida joylashgan Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti bilan oʻzaro hamkorlik memorandumiga muvofiq ayni paytda Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani O.Boymatov, qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa dokdori PhD O.Fayzullayev hamda bir guruh talabalar mazkur universitetda Akademik almashinuv doirasida ishtirok etishmoqda.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Halqaro_hamkorlik

Universitetimiz professor-o’qituvchilari Almata shahrida joylashgan Qozoq milliy agrar tadqiqotlar universiteti talabalariga Maruza oʻqidi

Tashrif doirasida Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti dekani O.S.Boymatov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotlarni berib oʻtdi hamda Oʻzbekistondagi chorvachilikni oʻrni va rivojlantirish istiqbollari toʻgʻrisida ma'ruza oʻqidi.

Shuningdek 3-bosqich talabalariga Qishloq xoʻjaligi fanlari falsafa dokdori (PhD) O.B.Fayzullayev tomonidan qishloq xoʻjalik xayvonlarini oziqlantirish fanidan ma'ruza taqdimoti oʻtkazildi.

Ma'ruza darslari professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirokida koʻtarinki ruhda va qizgʻin savol-javoblarga boy oʻtkazildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube