Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.34K subscribers
27.3K photos
1.92K videos
115 files
9.19K links
Download Telegram
Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2024” sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha final bosqichi musobaqalari boshlandi.

Musobaqa final bosqichida respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 14 ta jamoadan 56 nafar yigit-qiz o‘zaro bellashishmoqda.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etilib, tadbirda viloyati hokimining o‘rinbosari Husan Toʻxtayev hamda viloyat oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Azizbek Nasimov ishtirokchilarga omad tiladi va musobaqaning ilk o‘yinlari o‘tkazildi.

SamDVMCHBU axborot xizmati.

@samarqandyangiliklari‌‌
Forwarded from SamTVR | MTRK
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIYOR YANGILIKLARI | "MA'RIFAT ULASHIB" LOYIHASI DOIRASIDAGI TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA



19.12.2024-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Yo‘lda tepalikka chiqib ketayotganingda odamlar bilan muloyim muomalada bo‘lgin, chunki pastga tushayotganingda ham ularga ro‘para bo‘lishing bor.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Malakaviy_amaliyot
#Jarayon

NAZARIY BILIMLAR— AMALIYOT JARAYONLARIDA MUSTAHKAMLANMOQDA

SamDVMCHBUning Biotexnologiya fakulteti 4-bosqich 60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) hamda 60840200 - Veterinariya farmatsevtikasi ta'lim yo‘nalishlari talabalariga 2024-2025 o‘quv yili uchun tasdiqlangan ishchi o‘quv rejalari asosida talabalar bitiruv oldi amaliyot jarayonlarini amaliyot shartnomalari asosida tegishli korxona va tashkilotlarda olib borishmoqda.

Bundan tashqari, viloyat hokimligi tashabbusi bilan yirik korxona rahbarlarining universitet talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng, Jomboy tumanida joylashgan SAG AGRO in vitro labaratoriyasida Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalariga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan ish haqi to‘lanadigan amaliyot joriy qilindi
.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI_YIL_SHUKUHI_2025

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining "Zooinjeneriya va мahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi" fakultetida yangi yil bayrami shukuhi!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI_YIL_SHUKUHI_2025

Yangi yil arafasida talabalar qanday kayfiyatda buni biz Muxlisa Nuriddinova bilan birgalikda bilib olamiz!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#TAVALLUD_MUBORAK

💐Bugun Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor Achilov Odiljon Elmuradovichning tavallud kuni.

🌺Hurmatli Odiljon Elmuradovich, tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin! Sizga universitet jamoasi nomidan uzoq umr, sihat-salomatlik, ilmiy va kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

💐Farzandlaringiz, shogirdlaringiz kamolini ko'ring! Hayot yo'llaringizda faqat quvonchli kunlar hamroh bo'lsin! Oilangiz, yaqinlaringiz, jamoangiz orasida hamisha sevimli, ardoqli bo'lib yuring!


🌺 TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TTJ_FAOLIYATI

TALABALAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK

Universitet talabalarining yashash sharoitlarini yaxshilash, ularga qulaylik yaratish maqsadida oxirgi olti yil ichida olib borilgan ishlar va hukumatimiz yordami evaziga 1-son Talabalar turar joyi 450 o‘ringa moslashtirildi. Shuningdek, 400 o‘rinli 2-son Talabalar turar joyi kapital ta’mirlandi va talabalarning yashashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Bundan tashqari, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PQ-187 son qarorining tegishli bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat xususiy sheriklik asosida 500 o‘rinli yangi Talabalar turar joyi “Qobil quruvchi servis” MCHJ tomonidan zamonaviy ko‘rinishda qurilib, jihozlanib foydalanishga topshirildi.

Universitet rektori, professor Yunusov Xudaynazar Beknazarovich mazkur Talabalar turar joyiga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va talabalar bilan suhbat qurdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |