Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.67K subscribers
35.4K photos
2.67K videos
130 files
11.5K links
Download Telegram
#Tabrik

8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni!

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni – bu bayram shaxs huquq va erkinliklari hamda jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek sharafli kasb egalarining bayrami.

Kasbning mas’uliyatini anglagan holda, chuqur hurmat bilan prokuratura organlarida faoliyat olib borayotgan har bir xodimning oilasiga tinchlik-xotirjamlik, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida adolat va qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan ezgu va mashaqqatli faoliyatingizda omad va zafarlar tilayman.


Hurmat bilan,
Xudaynazar YUNUSOV,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor.
👍7🔥2👏21
#Navroʼz #Tabrik

🌿Assalomu alaykum!

🌱Yangi kunni-Navro‘zni a’lo niyatlar bilan orzu qilib kirib kelishini kutgan Vatan mehrini o‘zida, qalbida, ota-onaga,ustozlarga,shogirdlarga bo‘lgan mehr kabi  saqlab kelayotgan faxriylar-nuroniylar, hamkasblar, texnik xodimlar, jamoamiz a’zolari, kelajagimiz faxri bo‘lgan yoshlar!!!

🌿Hammalaringizni bahor bayrami bilan tabriklaymiz!!

🌿Yangi kun doimo insonlarning qalblariga mehr,elga tinchlik,sog‘lik-salomatlik,omadlar olib kelgan bo‘lsin!!!

🌿Mamlakatimizning YaShILLIGINI ta’minlashda  hormang deymiz!!!
Yashil iqtisodiyotni yaratish va “Yashil makon” dasturini amalga oshirishda charchamang,-deymiz!

🌿Ma’naviy-ma’rifiy g‘ururingiz so‘nmasin! Bilimga,ilmga bo‘lgan intilishlaringiz,shaffoflik talantingiz  kundan-kunga kuchayishini judu-juda istab qolamiz
!!!

SamDVMChBU va Iqtisodiyot fakulteti Faxriylar-Nuroniylar  Kengashi nomidan Ibroxim Salamov.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍11👏21🔥1
#Xotira_qadrlash_kuni #Tabrik

Assalomu alaykum!
Hurmatli faxriy-nuroniylar, aziz talaba-yoshlar
!

Hammalaringizni 9-may - Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklaymiz!.
Ustozlarni, safimizda yo‘qlarni, e’tiborimizdagi qariyalarni  eslashni, nogironlarni va muhtojlarni holidan xabar olishni unutmasliklaringizga ishonamiz.
Sizlarga, hammamizga, oilalarimizga, mahallalarimizga,  yurtimizga tinchlik, salomatlik, faravonlik va omadlar doimo hamroh bo‘lishini yaratgandan so‘rab qolamiz!
Yurtimizda  adolatli rahbarlar, haqiqiy pedagog-olimlar, saxiy boylar va duo olguvchi insonlar ko‘paysin!
Bir-birimizga bo‘lgan mehr va hurmat, e’tiborli bo‘lishdek  oliyjanob xislatlarimiz yo‘qolmasin
!

Ibrohim Salomov,
SamDVMChBU  Faxriylar Kengashi nomidan
.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
👍7👏2🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Prezident #Tabrik #Bitiruvchilar

Sizlar zamonaviy ilm va kasb-hunarlarni puxta egallashingiz uchun hozirgi kunda 201 ta oliy o‘quv yurti, 598 ta texnikum samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.


Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5
#Tabrik

30-iyun – Yoshlar kuni!

Yoshlar – har bir yurt va millatning boyligi, buyuk salohiyati hamda kuch-qudrati manbaidir.

Shu bois ham mamlakatimizda yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ular kelajakda komil inson bo‘lib voyaga yetishi va yurt taraqqiyoti yo‘lida o‘z imkoniyati va salohiyatini ishga solishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Bugungi kunda yurtimizda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosati zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

Siz aziz talaba-yoshlarni azmu shijoat, goʻzallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman.


Hurmat bilan,

Alibek Gapparov,
SamDVMCHBU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori.
👍183👏3🔥1