Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.28K subscribers
46.2K photos
3.74K videos
150 files
14.8K links
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2026 #Statistika #Abituriyent

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda

14-iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra qabul jarayonlari statistikasi:

Magistratura

Magistratura bosqichiga hujjat topshirish davom etmoqda. Ayni paytgacha 22 091 ta ariza qabul qilindi. Qabul 30-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikumlar (9-sinf bitiruvchilari uchun)

Texnikumlarga qabul bo‘yicha 198 580 ta ariza ro‘yxatdan o‘tkazildi. Qabul 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Texnikum bitiruvchilarini OTTlarga suhbat asosida qabul qilish

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OTTlarga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish uchun 1 341 ta ariza kelib tushdi. Qabul 25-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ikkinchi mutaxassislik

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun 6 194 ta ariza kelib tushdi. Qabul 10-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Eslatib o‘tamiz, barcha arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.

❗️15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar topshirish boshlanadi.


Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍4🔥1👏1
Forwarded from Edu.uz
#Hukumat_soati

“Hukumat soati”da oliy ta’lim bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi navbatdagi “Hukumat soati”da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, ta’limni mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan.

2025/2026-o‘quv yilida 323 mingdan ortiq talaba oliy ta’limni tamomlagan, 2027-yilda esa mehnat bozoriga 390 mingdan ortiq bitiruvchi kirib kelishi kutilmoqda.

Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida 378 ta mehnat yarmarkasi va 1 ming 243 ta workshop o‘tkazilib, ularda 7,7 mingdan ortiq ish beruvchi hamda 144 mingdan ziyod bitiruvchi ishtirok etdi. Natijada 18 mingga yaqin yosh bilan dastlabki ishga joylashish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Shuningdek, career.edu.uz platformasi orqali bitiruvchilarning bandligi real vaqt rejimida monitoring qilinmoqda. 2026-yil may–iyun oylarida ish bilan band bo‘lmagan bitiruvchilar soni qariyb 19 ming nafarga kamaygani qayd etildi.

Vazir, shuningdek, barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar bo‘yicha qo‘shimcha kompetensiyalarni rivojlantirish hamda xalqaro sertifikat olish imkoniyatlarini kengaytirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/193042

👉 На руcском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari tashrif bilan Qatarga keldi.

Глава нашего государства прибыл с визитом в Катар.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍41
Bugun,  15 - iyul kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +39°...+26°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +26°, ⬅️ 1.2 m/s

Tong: ☀️ +32°
Kun: ☀️ +40°
Oqshom: ☀️ +36°
Namlik: 13%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 7.4 m/s
Bosim: 754 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 05:16
Quyosh botishi: 19:59

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1👏1
⚡️ Rasman: bu yil 243 mingdan oshiq abituriyent davlat OTMlariga qabul qilinadi

2026/2027-o‘quv yili uchun davlat granti kvotasi 36 ming 23 ta, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy qabul esa 234 mingdan ortiq etib belgilangan.


Ustuvor yo‘nalishlar sifatida muhandislik, IT, pedagogika va agrar sohalar tanlangan. — Oliy ta'lim vazirligi

Edu - ta'lim yangiliklari👇
https://xn--r1a.website/+uvviIr74utA1MGUy
https://xn--r1a.website/+uvviIr74utA1MGUy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi


2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi:

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– transfer.edu.uz;

xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarigamy.uzbmb.uz.

🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda:

✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi;

✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi.

☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
3👍1
#TAVALLUD_MUBORAK

🪩Bugun "Ichki yuqumsiz kasalliklar" kafedrasi professori Norboyev Qurbon Norboyevichning tug'ilgan kuni!

💐Hurmatli Qurbon Norboyevich, tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin! 

💐Sizga kafedra xodimlari hamda universitet jamoasi nomidan sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz! Oila a'zolaringiz hamda yaqinlaringiz baxtiga doimo sog'-salomat bo'lib yuring!

🪩TUG'ILGAN KUNINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍94👏3🔥2
#Qabul_2026
#Jarayon

QABUL_2026: Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari davom etmoqda!

Bugun, 15-iyul kuni mamlakatimiz bo‘ylab o'tkazilayotgan 2026–2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari Samarqand shahrida ham barcha qulayliklarga ega binolarda tashkil etildi.

SamDVMCHBU Veterinariya profilaktikasi va davolash hamda Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakultetlari masʼullari
abituriyentlar va ularning ota-onalariga universitet toʻgʻrisida maʼlumot berib, universitet flayerlarni tarqatib targʻibot ishlarida faol ishtirok etmoqdalar.

Xususan, abituriyentlarning imtihonga kirish-chiqish jarayoni, tartib-intizom, xavfsizlik, shaxsiy buyumlar saqlanishi kabi muhim masalalarga masʼuliyat bilan yondashilmoqda.

Farzandlarini qo‘llab-quvvatlab kelgan ota-onalar uchun salqin kutish zonalari tashkil etilgan. Bu yerda ular test jarayonini jonli efir orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👏41🔥1
#diqqat

🟦🟦🟦🟦🟦

Mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlandi!


Mustaqil izlanuvchilik (PhD va DSc) uchun nimalar talab etiladi?


✔️ PhD (mustaqil izlanuvchilik)
⚫️Magistr diplomi;
⚫️Kamida 1 ta ilmiy maqola;
⚫️Tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis;
⚫️Suhbat.

✔️ DSc (mustaqil izlanuvchilik)
⚫️ PhD (yoki unga tenglashtirilgan) diplomi;
⚫️ Ilmiy daraja olgandan so‘ng kamida 3 ta ilmiy maqola;
⚫️ Ilmiy daraja olgandan so‘ng tegishli yo‘nalish bo‘yicha kamida 2 ta tezis;
⚫️ Suhbat;
⚫️Doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.

🟢 Eslatma: Hujjatlarning bir qismi my.gov.uz orqali avtomatik olinadi, qolganlarini esa belgilangan tartibda daraja.ilmiy.uz platformasiga yuklash talab etiladi.

Bizni kuzating


Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1👏1