Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
5.28K subscribers
46.2K photos
3.74K videos
150 files
14.8K links
Download Telegram
🇺🇿🇧🇾 Belarus va O‘zbekiston o’rtasida veterinariya yo’nalishida magistrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi

✔️ Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Furqat Djalilov boshchiligidagi delegatsiya Belarus Respublikasining Vitebsk davlat veterinariya tibbiyoti akademiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘ldi.

🤝 Uchrashuvda veterinariya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy salohiyatni hamda ta’lim va amaliyot integratsiyasini rivojlantirishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.

🎓 Jumladan, tomonlar qo‘shma magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilishdi. Kelishuvga ko’ra, Samarqand davlat veterinariya tibbiyoti, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda Vitebsk davlat veterinariya tibbiyoti akademiyasi o‘rtasida veterinariya yo‘nalishida 1+0,6 formatidagi qo‘shma magistratura dasturini joriy etiladi.

🤩 Mazkur dasturga ko‘ra, magistrantlar ta’limning birinchi yilida Samarqandda tahsil olib, keyingi 0,6 yil davomida Belarusda o‘qishini davom ettiradi. Mazkur muddat davomida tinglovchilar ilmiy tadqiqotlar olib boradi hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlaydilar. Dastur bitiruvchilarga xalqaro tajriba va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni o’rganish imkonini beradi.

Shuningdek, “Double Science” qo‘shma ilmiy dasturini yo‘lga qo‘yishga ham kelishib olindi. Ushbu dastur doirasida tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) bosqichida tahsil olayotgan izlanuvchilar uchun qo‘shma ilmiy rahbarlik (Co-supervision) tizimi joriy etiladi. Bu esa ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish va yosh olimlarning salohiyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Veterinariya yo‘nalishining yuqori bosqich talabalari uchun ham amaliyotni Belarus Respublikasining chorvachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarida olib borish imkoniyati muhokama etildi. Bunday tajribani “Working and Travel” dasturi asosida tashkil etish rejalashtirilmoqda. Dastur doirasida talabalar veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha amaliy tajriba orttirish bilan birga, haq to‘lanadigan amaliyotda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mazkur kelishuvlar veterinariya ta’limi sifatini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni mustahkamlash hamda zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#birdam_jamiyat

Tabiat bizning uyimiz, uy esa toza bo'lishi kerak.

Biz yashayotgan muhitga bo'lgan munosabatimiz, avvalo, o'zimizning ma'naviyatimizni namoyon etadi. Toza ko'cha, ozoda mahalla yoki yashil maskanlar faqat obodonlashtirish xodimlarining emas, balki har birimizning mas'uliyatimizdir.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥3👏31
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yosh moda ixlosmandlari diqqatiga!

“Moda yo‘li” ko‘rik-tanlovida qatnashish uchun atigi 1 kun qoldi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Qizlar akademiyasi tomonidan yangi iste’dodlarni kashf etishga qaratilgan “Moda yo‘li” ko‘rik-tanloviga start berildi.

Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor dizaynerlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin. Tanlov mahalla, tuman-shahar, viloyat va respublika bosqichlarida o‘tkaziladi.

🏆G‘oliblarni qimmatbaho pul mukofotlari, moda sohasida rivojlanish hamda chet eldagi nufuzli moda maktablarida malaka oshirish imkoniyati kutmoqda.

Arizalar 15-iyulga qadar @moda_yoli_bot orqali qabul qilinadi.


Moda yo‘li — iste’dodingizni namoyon etish sari yangi imkoniyat!

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Bugun,  14 - iyul kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:

☀️ +37°...+26°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +26°, ↖️ 2.1 m/s

Tong: ☀️ +32°
Kun: ☀️ +37°
Oqshom: ☀️ +41°
Namlik: 10%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 8.9 m/s
Bosim: 755 mm sim. ust.

Oy: Yangi oy
Quyosh chiqishi: 05:15
Quyosh botishi: 19:59

Samarqand Gidrometeorologiya boshqarmasi


SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1👏1
Forwarded from Zarnews.uz
Абитуриентлар учун тест синовлари бошланди
 
Бугун республикамизнинг барча ҳудудларида 2026–2027-ўқув йили учун давлат олий ва касбий таълим муассасаларига кириш тест синовлари бошланди. Хусусан, Самарқанд вилоятида 71 минг 848 нафар абитуриент имтиҳон топширади.

——-

Abituriyentlar uchun test sinovlari boshlandi

Bugun respublikamizning barcha hududlarida 2026–2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi. Xususan, Samarqand viloyatida 71 ming 848 nafar abituriyent imtihon topshiradi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/qiud

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Instagram | Youtube
👍43🔥1👏1
#Rais_tashrifi

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisi SamDVMCHBU faoliyati bilan tanishdi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi raisining tashrifi doirasida oliy ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

Tashrif davomida universitetning bosh o‘quv binosidagi zamonaviy auditoriyalar, Madaniyat saroyi, Axborot-resurs markazi (ARM), Registrator ofisi, sport majmualari hamda ta’lim jarayoniga joriy etilgan raqamli va innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy-amaliy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan o‘quv laboratoriyalari hamda universitet hududidagi “SAM VET KOREA SPIN-OFF” ishlab chiqarish korxonasi faoliyati alohida e’tirof etildi.

Delegatsiya universitetning 6-o‘quv binosida faoliyat yuritayotgan zamonaviy simulyatsion markaz, veterinariya sohasiga oid noyob eksponatlar jamlangan Anatomiya muzeyi hamda Veterinariya mutaxassislarini malakasini oshirish markazi laboratoriyalarida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi. Mazkur maskanlarda nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.

Shuningdek, qo‘mita raisining amaliy tashrifi doirasida ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, innovatsion ishlanmalar hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimi atroflicha o‘rganildi.

Tashrif davomida universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, innovatsion loyihalar va xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga samarali tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Vivariyada amalga oshirilayotgan “Mega” loyihalarining samaradorligini oshirish, “Uni Vet” universitet veterinariya klinikasi faoliyatini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda soha mutaxassislarining malakasini uzluksiz oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar va amaliy topshiriqlar berildi

Mazkur tashrif Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va amaliy tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqish, davlat organlari bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda zamonaviy, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

➡️ Bizni kuzatib boring !!
🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1👏1
Prezident Shavkat Mirziyoyev pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по реформированию пенсионной системы.

#Mirziyoyev #taqdimot #ijtimoiysoha #pensiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍3🔥1👏1