Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.14K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.68K links
Download Telegram
#yoshlar_ittifoqi
#qalqon
#hisobot_yigʻilish

Universitet yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti koordinatorlari hamda "Qalqon" jamoatchilik guruhi ochiq hisobot yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston yoshlar Ittifoqi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti boshlangʻich tashkiloti Koordinatorlari tomonidan,talabalarni darsdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan loyiha va tanlovlari,bajarilgan ishlari yuzasidan hisobotlari tinglandi. Hamda kelgusidagi yangi loyihalar muhokama qilindi.

Shuningdek universitet "Qalqon" jamoatchilik guruhi faoliyati yuzasidan,talabalarning universitet odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, talabalar turar joylaridagi holat hamda talaba yoshlarning xavfsizligi masalalari muhokama qilinib, hisobotlari eshitildi hamda kelgusidagi rejalar koʻrib chiqilib tegishli topshiriqlar berildi
.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
Instagram | Facebook | Youtube