Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.15K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.67K links
Download Telegram
#Zakovat_2024
#gʻalaba_muborak

Toshkent davlat agrar universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan Yoshlar oyligi doirasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi 10 ta oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ishtirokida "Agrar soha yoshlari birlashaylik" shiori ostida "ZAKOVAT" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Zakovat oʻyinlarida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti- "YUKSALISH" jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egalladi. Tashkiliy qoʻmita tomonidan diplom va estalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Gʻalaba muborak boʻlsin!! Ishtirokchilarni universitet professor oʻqituvchilari va talabalar nomidan tabriklaymiz!!!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |