Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.26K subscribers
27.5K photos
1.99K videos
115 files
9.31K links
Download Telegram
#XotiraUZ
#XotiraDAY
#Xotira_muqaddas

Assalomu alaykum hurmatli yurtdoshlar. Bugun 9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o‘rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining bosh yo‘nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o‘zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O‘zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, shani, qadr-qimmati ulug‘lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.
Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o‘tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g‘amxorlik va e'tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha mano-mazmun bilan boyidi.
Bu jihatdan yurtimizda keng nishonlanayotgan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda, ona diyorimiz xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon xayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko‘rsatayotgan g‘amxorlik, xurmat-extiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Ulug‘ Vatan urushi davrida O‘zbekistonda yashagan 6,5 million aholining 1,5 millioni frontga ketgan, ulardan 420 mingi qaytib kelmagan, 640 ming nafari yaralangan. 120 ming O‘zbekistonlik orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 338 nafar O‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bolgan.
Urush yillarida O‘zbekiston xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 million kishi uchun boshpana bo‘lgan.
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur manoga egadir. Ushbu kunda barcha bobolarimiz ham mo‘tabar buvilarimizni xamda o‘z Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan va bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha xalok bo‘lganlar xotirasini biz yoshlar aslo unutmaymiz. Barchangizga ushbu qutlug‘ sana muborak bo'lsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Norjigitov Raximjon.
Institut Yoshlar yetakchisi
.

https://tttttt.me/Norjigitov_Raximjon