Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.13K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.68K links
Download Telegram
#Ogohlik_kiberjinoyat

MAS’ULLAR KIBERJINOYATCHILIK HAQIDA TUSHUNCHA BERIB, OGOHLIKKA CHAQIRDI


Universitet profilaktika inspektori, kapitan B.Nayimov, talabalar orasida ma’naviy muhitni barqarorlashtirish masalasi bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Shodmonov hamda tyutor F.Fayzullaevlar tomonidan Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talabalariga mazkur mavzu yuzasidan davra suhbati tashkil etishdi.

Unda kiberjinoyat kompyuter va tarmoqning birgalikdagi aloqasi ostida sodir etiluvchi jinoyat turi ekanligi ta’kidlanib, Cybersecurity Ventures tomonidan 2016-yilgi hisobotda kiberjinoyatlar natijasida yetkazilgan global zararlar 2021-yilga kelib yiliga 6 trillion dollargacha, 2025-yilga kelib esa 10,5 trillion dollargacha koʻtarilishi bashorat qilinganligi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Davra suhbatida internet tarmog'idagi shubhali havolalarga kirmaslik, shubhali holatlar aniqlanganda universitet profilaktika inspektoriga xabar berish lozimligi aytildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati.