Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.13K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.68K links
Download Telegram
#Profilaktika #Nazorat_reyd

Nazorat-reyd tadbirlari o'tkazildi

2025-yil 20-yanvar kuni universitet profilaktika inspektori, kapitan B.Nayimov, Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassis M.Arslonov hamda "Qalqon" jamoasi tomonidan universitet hududi va talabalar turar joylarida Nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi.

Ushbu reyd davomida hududda maqsadsiz yurgan talabalar aniqlanib, jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari va jinoyatchilikdan jabrlanib qolmasliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek 1-2 son TTJlar va DXSHda talabalarning tunggi vaqtlarda maqsadsiz ko‘chalarda yurmasliklari, TTJ ichki tartib-qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni mas’ullar bilan kelishib olindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |