Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.26K subscribers
27.5K photos
1.99K videos
115 files
9.31K links
Download Telegram
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov Yevropa mintaqaviy komissiyasining Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi davomida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuel Subeyranni "O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Foto_lavha

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi hamda Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkilotining 100 yilligi tadbirlarida samDVMCHBU rahbariyati, professor-o'qituvchilar hamda volontyor yoshlari faol ishtirok etishmoqda
.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamrohligida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi jamoa o‘zbekona an’ana – non, tuz va gullar bilan kutib olishdi.

Rektor mehmonlarga Universitet kirish darvozasi, bosh bino oldida o‘rnatilgan birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, universitet hayoti va faoliyatiga qisqacha to‘xtaldi.

Shuningdek, mehmonlar talabalar tomonidan tayyorlangan an’ana va qadriyatlar, milliy liboslar bilan tanishishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

SamDVMCHBUga Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligidagi 31-sessiya ishtirokchilariga universitet “Madaniyat saroyi”da yosh professor-o‘qituvchilar, magistr va talabalar ishtirokida "JHST modeli" namoyishi o‘tkazildi.

Dastlab universitet rektori, professor X.Yunusov tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, AQSHning Minnesota universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan “tvinning dasturi” aynan mazkur tashkilot yordami bilan amalga oshirilganligi, natijada veterinariya fan dasturlari va o‘quv materiallari jahon standartlariga moslashtirilib, o‘quv davomiyli 5 yilga uzaytirilganligi kabi ijobiy natijalar ushbu hamkorlikning mevasi ekanligini ta’kidladi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Abror Akbarov ham universitet va Qo‘mita tomonidan mazkur tashkilot bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga to‘xtaldi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati.
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamrohligida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyranga Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti “Faxriy professori” ilmiy unvoni berilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamrohligida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrifi munosabati bilan universitet “Madaniyat saroyi”da universitet ijodkor talabalari tomonidan diltortar kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrifi doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, doktarant va magistrlari tomonidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyiha simulyatsiyasida doktarant J.Yulchiyev tomonidan “Veterinariya amaliyotida sun’iy intellektni qo‘llash bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish”, assistent A.Hotamov tomonidan “Parrandalarni katakli batareyalarda saqlashdek g‘ayriinsoniy usullardan voz kechish orqali muqobil usullarga o‘tish” mavzulari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Forwarded from SamTVR | MTRK
#Xalqaro_konferensiya #Jarayon #Tashrif

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov hamrohligida Butunjahon hayvonlar sog‘ligini himoya qilish tashkiloti rahbari Emmanuyel Subeyran boshchiligida Yevropa mintaqaviy komissiyasining 31-sessiyasi ishtirokchilari SamDVMCHBUga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni universitet rektori, professor Xudaynazar Yunusov boshchiligidagi jamoa o‘zbekona an’ana – non, tuz va gullar bilan kutib olishdi.

Rektor mehmonlarga Universitet kirish darvozasi, bosh bino oldida o‘rnatilgan birinchi veterinar shifokori siymosi aks etgan monumentga ta’rif berib, universitet hayoti va faoliyatiga qisqacha to‘xtaldi.

Shuningdek, mehmonlar talabalar tomonidan tayyorlangan an’ana va qadriyatlar, milliy liboslar bilan tanishishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

https://tttttt.me/SamTvr
#Xalqaro_konferensiya
#Jarayon

Ayni paytda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Biotexnologiya” kafedrasi tomonidan “Biotexnologiya va oziq-ovqat muammolari” ga bag’ishlangan xalqaro ilmiy amaliy anjuman o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada Rossiya, Turkiya, Belorussiya, Ruminiya, Polsha, Daniya, Qozog‘iston, Tojikiston kabi xorijiy davlatlardan 10 ga yaqin soha mutaxassislar shuningdek, respublikamizning 20 dan ortiq sohaga oid tashkilotlaridan 100 dan ortiq mutaxassis va olimlar o‘zlarining oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi bugunning dolzarb masalalariga qaratilgan ma’ruzalari bilan ishtirok etishmoqda.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_konferensiya
#Jarayon

Ayni paytda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Biotexnologiya va oziq-ovqat muammolari” ga bag’ishlangan xalqaro ilmiy amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyani Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori, professor Xudaynazar Yunusov ochib berib, konferensiyaning maqsad-vazifalari hamda biotexnologiyaning oziq-ovqat xavfsizligida tutgan o‘rni xususida so‘z yuritdi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Jarayon #Universiada_2024 #Shaxmat_shashka

Sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha “Universiada-2024” musobaqalari Respublika bosqichiga start berildi

Samarqand shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada-2024” sport musobaqalarining shaxmat va shashka turlari bo‘yicha final bosqichi musobaqalari boshlandi.

Musobaqa final bosqichida Respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan 14 ta jamoadan 56 nafar yigit-qizlar o‘zaro bellashishmoqda.

Bugun musobaqaning ochilish marosimi tantanali tarzda tashkil etilib, tadbirda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xusan Toʻxtayev hamda Samarqand viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Azizbek Nasimovlar ishtirokchilarga omad tiladi va musobaqaning ilk o‘yinlari o‘tkazildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Malakaviy_amaliyot
#Jarayon

NAZARIY BILIMLAR— AMALIYOT JARAYONLARIDA MUSTAHKAMLANMOQDA

SamDVMCHBUning Biotexnologiya fakulteti 4-bosqich 60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) hamda 60840200 - Veterinariya farmatsevtikasi ta'lim yo‘nalishlari talabalariga 2024-2025 o‘quv yili uchun tasdiqlangan ishchi o‘quv rejalari asosida talabalar bitiruv oldi amaliyot jarayonlarini amaliyot shartnomalari asosida tegishli korxona va tashkilotlarda olib borishmoqda.

Bundan tashqari, viloyat hokimligi tashabbusi bilan yirik korxona rahbarlarining universitet talabalari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvidan so‘ng, Jomboy tumanida joylashgan SAG AGRO in vitro labaratoriyasida Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalariga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan ish haqi to‘lanadigan amaliyot joriy qilindi
.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |