Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.15K subscribers
28.6K photos
2.07K videos
116 files
9.59K links
Download Telegram
#Korrupsiya #Davra_suhbati

TEXNIKUMDA “KORRUPSIYA TARAQQIYOT KUSHANDASI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI

2024-yil 5 fevra kuni Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni hamda 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-sonli qarori talablariga muvofiq, yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shaklantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yoʻlida oshirilayotgan chora tadbirlarni keng ommaga yetkazish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida texnikumda “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yigʻilishda texnikum deriktori, professor S.Bozarov, universitet rektorining, Talabalar orasida ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini ta’minlashga ma’sul bo‘lgan rektor maslahatchisi Z.Shodmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i F.Turayev, Texnikum professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
#Davra_suhbati

"MA'RIFATLI JAMIYAT - JAHOLATNI QORALAYDI"


📌 O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsion vazirligining joriy yil 24-apreldagi 3/15-2/9-13-son topshiriq xati ijrosini ta'minlash maqsadida universitet talaba-yoshlari o'rtasida "Ma'rifatli jamiyat - jaholatni qoralaydi" mavzusida tadbir o‘tkazildi.


📌 Tadbirda viloyat Diniy ishlar qo‘mitasi rahbari S.Boymurodov, viloyat IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimi S. Sobirov johillikning bugungi hayotimizda yuz berayotgan notinchliklarga sabab bo‘layotgani, yetarli huquqiy va diniy bilimga ega bo‘lmagan shaxslarning yo‘ldan adashayotganligi va bunga qarshi kurashish yo‘llari haqida fikrlar bildirdi.

📌 Suhbat “Yoshlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida davom ettirilib, yoshlarni giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa zararli illatlardan himoya qilish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda fuqarolar mas’ulligini oshirish zarurligi haqida so‘z yuritildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
#Davra_suhbati

Talabalar turar joyida ToshDAU professori M.H.Dosmuxamedova ishtirokida
davra suhbati tashkil etildi

Universitetning 2-son Talabalar turar joyida Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.T.Axtamova hamda ToshDAU “Umumiy zootexniya va veterineriya” kafedrasi professori, qishloq xoʻjalik fanlari doktori M.H.Dosmuxamedovalar ishtirokida “Kitobxonlik-yorqin kelajak kafolatidir” mavzusidagi davra suhbati va pazandachilik bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etildi.

👉
BATAFSIL SHU ERDA

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

Sog‘lom turmush tarzi - tani-sihatlik kafolati

SamDVMCHBU Agrotexnologiya fakulteti professor-o‘qituvchi ayollar, tibbiyot xodimlarining talaba-qizlar bilan 19-noyabr kuni o‘tkazilgan davra suhbatida sog‘lom turmush tarzi inson salomatligi, oilalar mustahkamligining asosiy talabi masalalariga bag‘ishlandi

Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish har bir qiz bola tibbiy madaniyati va ma’naviyatining asosiy omili ekanligi xususida universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi, rektor maslahatchisi J.Sayfudinova fikr bildirdi. Talaba-qizlarning sog‘lom turmush tarziga rioya etib, kunlik vaqtini to‘g‘ri taqsimlab, o‘z vaqtida ozodalikka e’tibor qaratib, yashab turgan xonalarni va o‘zini ozoda-orasta saqlashi, o‘qish, dam olishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygani muvaffaqiyatlarining eng asosiy sharti haqida Xorijiy tillar kafedrasi dotsenti F.Davronova hayotiy, ibratli maslahatlar berdi.

👉 BATAFSIL

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

Qiz bolaning kiyinish odobi – uning ma’naviy dunyosi, axloqi va salohiyati mezonidir

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti professor-o`qituvchilari, ishchi xodimalar va talaba-qizlari o`rtasida 20-noyabr kuni davra suhbati o`tkazildi.

Tadbirda xotin-qizlarning mehnat qilish, ta’lim olishi, oilaviy ijtimoiy ahvoli, ilm-fan taraqqiyotidagi yutuqlari, mavjud kamchiliklar va ularning echimlari xususida universitet Xotin-qizlar masalalari bo`yicha maslahat Kengashi raisi, rektor maslahatchisi J.Sayfudinova o`z fikr-mulohazalarini bildirdi.

👉 BATAFSIL

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

📚 KIТOB – XAZINA, BILIM – BOYLIK

Joriy yilning 23-noyabr kuni SamDVMChBU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida "Veterinariya meditsinasi" yoʻnalishi tinglovchilari uchun markaz bo‘lim boshlig‘i, hodimlar va universiteti Axborot resurs markazi direktori Qurbonov Sherzod Shuxratovich ishtirokida "KIТOB – XAZINA, BILIM – BOYLIK" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida shaxslarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z yuritildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti talaba qizlariga universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Sayfiddinova J.B hamda fakultet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan muovini v.f.f.d (PhD) Xudaynazarova N.E, shuningdek fakultet o'qituvchisi v.f.f.d (PhD) Haydarova S.A lar tomonidan odob-axloq, kiyinish madaniyati, universitet ichki-tartib qoidalari va turli masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazilib, talaba qizlarning yutuq va kamchiliklari yuzasidan o'zaro suhbatlashildi
.

Bundan tashqari, qizlarni qiynayotgan muammolarl ham eshitilib, muhokama qilindi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.T.Axtamovaning hamda fakultet dekanati tashabbusi bilan “Kiyinish madaniyati – qiz bola ko‘rki” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida fakultet talaba-qizlari, professor-o‘qituvchilar, fakultet tyutori N.Abduvofoyeva hamda universitet tibbiyot bo‘limi shifokori G.Ulugovalar qatnashishdi.

Davra suhbatida kiyinish madaniyati insonning tashqi ko‘rinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib berishi, kiyinish madaniyatiga bo‘lgan qarash insonning go‘zallik, nafosat, odob borasidagi ko‘z qarashlarini ifoda etadigan omil hamda shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki ekanligi, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib borayotganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
#Davra_suhbati

KIYINISH MADANIYATI - QIZBOLA KO'RKI


Iqtisodiyot fakulteti  Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi O. Ulmasova va iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi kafedrasi katta o'qituvchilari Z. Kazakova va M. Nazarovalar tashabbusi bilan "1-dekabr - Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni"ga bag‘ishlangan
davra suhbati va "Kiyinish madaniyati – qiz bola ko‘rki” mavzusida ham davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida universitet Xotin qizlar masalalari bo'yicha Rektor maslahatchisi J. Badriddinovna,fakultet talaba-qizlari, professor-o‘qituvchilar, fakultet tyutori D. Matniyozova , psixolog Z. Jumaniyozova hamda universitet tibbiyot bo‘limi shifokori G.Ulugovalar qatnashishdi.

Davra suhbatida bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda kiyimlar ham, kiyinishga bo‘lgan e’tibor va talab ham o‘zgarib borayotganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

🔰Milliy qadriyatlar - mustahkam oila tayanchi

🗓Joriy yilning 23-dekabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xotin-qizlar maslahat Kengashining joriy o‘quv yiliga mo‘ljallangan ish rejasining 11- bandi “Yoshlarni oilaviy hayotga tayorlash” hаmda 12-bandida belgilangan “Oilaviy ajrimlarni oldini olish maqsadida “O’z kelajaging uchun o’zing mas’ulsan” shiori ostida tajribali uztozlar, psixologlar ishtirokida tadbirlar tashkil qilish bo’yicha “Milliy qadriyatlar-mustahkam oila tayanchi” mavzusidagi
davra suhbati o‘tkazildi...

👉 BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

Talaba-qizlarga Odob-axloq qoidalari yuzasidan tushuncha berildi

Tyutor N.Abduvafoyeva tashabbusi bilan universitet psixologi Z.Jumaniyazova, professor-o‘qituvchilar M.Axtamova, M.Nazarova, D.Rizayeva, Z.Suyunova va M.Narbayeva hamda talaba-qizlar ishtirokida
davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida  M.Narbayeva talaba-qizlarning shaxsiy rivojlanishi va ijtimoiy faolligini oshirish uchun zarur bo‘lgan maslahatlarni berdi. Talabalarni o‘z oldiga maqsad qo‘yib, unga erishishda qat’iyatli bo‘lishga chaqirdi.

Psixolog Z.Jumaniyazova esa talaba-qizlar bilan muloqot o‘tkazib, psixologik barqarorlik va muammolarni hal qilish usullari haqida ma’lumot berdi. Talabalarning kundalik hayotida duch keladigan stress va qiyinchiliklarni yengish usullarini aytdi.

Yig‘ilish davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

SamDVMCHBU Xotin-qizlar maslahat Kengashi a’zolarining Talabalar orasida ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini ta’minlashga ma’sul rektor maslahatchisi Z.Shodmonov ishtirоkidagi davra suhbati o‘tkazildi.

Unda xotin-qizlarni diniy-maʼrifiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish, ular oʻrtasida diniy bagʻrikenglik gʻoyasini keng targʻib qilish, shuningdek talaba-qizlarnihg aqidaparastlik kabi yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolish holatini oldini olishga qaratilgan tizimli ishlash uslublari xususida fakultetlar dekan maslahatchilariga malakali yo‘l-yo‘riq va ko‘ksatmalar berib o‘tildi.

Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, rektor maslahatchisi Dj.Sayfudinova xotin-qizlar, shuningdek yoshlar ongi va qalbiga milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni chuqur singdirishimiz lozimlidi, har qanday yot g‘oyalarga, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoqqa da’vat etdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

“Qaynonam ham onam” mavzuida oila maktabi darsi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 21-yanvar kuni talaba-qizlar bilan oilali qizlar qaynonalari ishtirokida “Qaynonam ham onam” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, universitetda tahsil olayotgan oilali qizlarning o‘qish va oiladagi ahvolini, muammolarini o‘rganish orqali eng namunali oila kelini va qaynolarining ibratli hayot yo‘lini keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.

👉BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#DAVRA_SUHBATI

Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti dekan oʻrinbosarlari S.Aliyarov, Sh.Shamsiyev, tyutor D.Ikromov hamda ,,Hayvonlar fiziologiyasi, biokimyosi va patologik fiziologiya'' kafedrasi oʻqituvchilari bilan birgalikda ,,TALABALIK - OLTIN DAVRIM" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

,,TALABALIK - OLTIN DAVRIM'' mavzusida bag'ishlangan bu suhbat, yoshlarni tarbiyalash va ularning kelajakdagi yo'llarini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab oʻtishdi. Bunday davra suhbati talabalarga o'z fikrlarini ochiq ifoda etish, g'oyalarini baham ko'rish va bir-biridan o'rganish imkoniyatini berdi.

Suhbatda ishtirok etganlar o'z tajribalarini taqdim etdi, shuningdek, talabalar uchun muhim bo'lgan mavzular, shaxsiy rivojlanish va ijtimoiy mas'uliyat haqida fikr almashinildi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Texnikum_xabarlari #Davra_suhbati

Qishloq xo'jaligi vazirligi buyrig'iga asosan Qorako'lchilik va cho'l ekologiyasi ilmiy taqdiqot instituti direktori, professor E.S.Shaptakov hamda Markaziy analitik laboratoriya mudiri J.Tursunovlar Samarqand veterinariya meditsinasi texnikumiga tashrif buyirib 1va 2-bosqich veterinariya-meditsinasi talabalari bilan davra suhbati o'tkazdi hamda texnikum talabalariga o'z kitoblarini ulashdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

“Yot g‘oyalarga birgalikda kurashamiz”


Bugun Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakultetining 3-bosqich, 305-guruh talabalari bilan rektor maslahatchisi Zokir Shodmonov mazmunli va qiziqarli uchrashuv – davra suhbati tashkil etildi.

Muhokama qilingan mavzular:
• Talabalar orasida yot g‘oyalarga qarshi kurashish;
• Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish;
• Sog‘lom dunyoqarash va ma’naviyatni shakllantirish.


Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yoshlarning ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishiga doir qimmatli maslahatlar berildi. Yurtimiz kelajagini yuksaltirishda faol bo‘lish va salbiy ta’sirlarga qarshi birgalikda kurashishning muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvdan asosiy xulosa:
Bilimli, faol va mustahkam e’tiqodga ega yoshlarni tarbiyalash orqali yot g‘oyalarga qarshi samarali kurash olib boramiz.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Davra_suhbati

Shukronalik - eng ulugʻ fazilatdir.

Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti 3-bosqich 303- guruh talabalari bilan Universitet psixologi O.Gʻulommamedova ishtirokida qiziqarli va mazmunli davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida talabalar yurtimiz tinchligi, osmonimizning musaffoligi, bugungi tinchlik-osoyishtalik, erkin va farovon hayotga shukrona keltirish, tinch-xotirjam kunlarimizning qadriga yetish uchun shukr qilib, eng avvalo hushyor boʻlishimiz lozimligini, ana shu neʼmatlardan ayirmoqchi boʻlgan turli gʻarazli kuchlardan hamisha ogoh boʻlishlari aytib oʻtildi.

Shuningdek, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga atroflicha javob oldilar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |