Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.15K subscribers
28.9K photos
2.1K videos
116 files
9.67K links
Download Telegram
#Sport #Talabalar_ligasi

UNIVERSITETIMIZ JAMOASI “TALABALAR LIGASI”DA HAM FAOL

💥Joriy yilning 2-28 mart kunlari Samarqand viloyatidagi 14 ta Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sportning “Futzal” turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” bo‘lib o‘tdi.


💥Ushbu musobaqada Universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi va yakuniy natijalarga ko‘ra universitetimiz “Futzal” jamoasi faxrli III o‘rin qo‘lga kiritdi.

⚡️Eslatib o‘tamiz: Shu bilan “Talabalar ligasi” musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi. Universitetimiz jamoasi o‘tkazilgan 5 ta (basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, futzal) sport turlaridan 4 tasida basketbol III o‘rin, voleybol II o‘rin, stol tennisi III o‘rin, futzal III o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

🔹Sport turlaridan natijaga erishgan jamoalarimizni tabriklaymiz.

🏛СамДВМЧБУ Ахборот хизмати

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Maqoming_muborak_oliydargohim
#Sport #Taqdirlash

⚡️MUSOBAQALAR G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI


"MAQOMING MUBORAK, OLIYDARGOHIM!'' shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiri sport musobaqalari yakuniga ko‘ra:

SHAXMAT

🥇Biotexnologiya fakulteti
🥈 Agrotexnologiya fakulteti
🥉 Maxsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti


ARQON TORTISH

🥇 Zooinjeneriya fakulteti
🥈 Agrotexnologiya fakulteti
🥉 o‘rin Biotexnologiya fakulteti

TOSH KO‘TARISH


🥇Iqtisodiyot fakulteti
🥈 Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti
🥉 o‘rin Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti


STOL TENNISI

🥇 Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti
🥈 Zooinjeneriya fakulteti
🥉 o‘rin Maxsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti

Goliblar universitet rektori, professor X. Yunusov tomonidan “Rector kubogi”, Tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Sport #Mini_futbol

UNIVERSITETIMIZ MINI-FUTBOL JAMOASIGA“QO‘MITA KUBOGI”DA OMAD!


Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tasarrufidagi veterinariya boshqarmalari hamda tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Qo‘mita kubogi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushu musobaqada universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoamiz ham munosib ishtirok etib, shu paytgacha Toshkent shahri jamoasini 4:0, Navoiy viloyati jamoasini 2:1, Namangan viloyati jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruhdan 1-oʻrin bilan kiyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Universitetimiz jamoasiga keyingi tur o‘yinlarida ham omad tilaymiz!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#sport #marafon #fotogalereya

🇺🇿 "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz"

🏃Joriy yilning 28-aprel kuni erta tongdan Samarqand shahridagi Boqiy shahar majmuasida "Yangi nafas" xalqaro ommaviy yugirish marafoni bo'lib o'tdi.

Ushbu ommaviy marafonda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biottexnologiyalar universitetining 300 nafarga yaqin xodimlari va talabalaridan tashkil topgan jamoa ham faol ishtirok etishdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube|
#Vitebsk_yangiliklari
#Sport

Belarus Respublikasi Vitebsk davlat "Hurmat belgisi" ordenli veterinariya meditsinasi Akademiyasi sport maydonchasida Oʻzbekistonlik talabalar Vitebsk davlat meditsina universiteti talabalari bilan sportning futbol turi boʻyicha bellashdilar.

Musobaqada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiya universiteti hamda Belarussiya Respublikasi Vitebsk davlat "Hurmat belgisi" ordenli veterinariya meditsinasi Akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultetning bitiruvchi kurs talabalari gʻalaba qozondi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube
#Sport

Mahalla yoshlari o'rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv videoselektor yig‘ilishining 31-sonli bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining nazorat rejasi 3-bandi ijrosi bo'yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Yoz mavsumida mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qaror ijrocini ta’minlash maqsadida universitetda mahalla yoshlari o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yich sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqada faol ishtirok etgan yoshlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozga_ehtirom
#Sport_musobaqalari

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar univresitetida 1-oktabr - O'qinuvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning stol tennisi (erkaklar) va shaxmat (ayollar) turi bo‘yicha “Universitet birinchiligi” o‘tkazildi.

Natijalarga ko‘ra :

Stol tennisi (erkaklar) turi bo‘yicha
I o‘rin - Mirzayev Zoir - Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti
II o‘rin - Mirzayev Xusniddin - Zooinjeneriya fakulteti
III o‘rin - Mamarasulov Shaxrux - Zooinjeneriya fakulteti egalladilar.


Shaxmat turi bo‘yicha:
I o‘rin - Xudoyberdiyeva Marifat - Iqtisodiyot fakulteti
II o‘rin - Sherqulova Farida - Zooinjeneriya fakulteti
III o‘rin - Xamdamova Nasiba - Iqtisodiyot fakulteti
professor-o‘qituvchilari egalladilar.


🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter    |
 
Instagram | Facebook| Youtube  |
#Universitet_xabarlari #Sport

Universitetimizning mini-futbol jamoasi muvaffaqiyati yana bir bor e’tirof etildi


Avval xabar berganimizdek 2024-yil 28-oktyabr kuni Samarqand viloyatidagi oily ta’lim muassasalari o‘rtasida Samarqand davlat arxitektura va qurilish universitetida sportning Mini-futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazilib, unda ishtirok etgan universitetimiz mini-futbol jamoasi faxrli I o‘rinni qo‘lga kiritdi


Ushbu natija universitetimiz jamoasining sport sohasida ham faolligini, viloyat va Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘z o‘rni borligini yana bir bor namoyon qildi.

Universitet sport klubida sportchilarni taqdirlash tadbirida ishtirok etgan Universitet rektori maslahatchisi Z.Shodmonov hamda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Gapparovlar buni yana bir bor e’tirof etib, sportchi talabalarga kelgusi musobaqalar va o‘ishlarida omad tiladi hamda tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilab taqdirladi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
#Sport #Universitet_faxri

Kuni kecha Toshkent shahrida sportning Jiu-jitsu turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida o'tkazilgan "O'zbekiston kubogi" musobaqasida universitetimiz Iqtisodiyot fakultetining 2-bosqichida tahsil olayotgan Sadilloyev Qosimjon  77 kg vazn toifasida Ne-Waza yo‘nalishida qatnashib, faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalini qo‘lga kiritdi
.

Universitetimiz jamoasi Sadilloyev Qosimjonni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Shungdek kelgusi musobaqalarda bundanda yuqori natijalarni kutib qolamiz.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
Forwarded from SamTVR | MTRK
#Sport #Universitet_faxri

Kuni kecha Toshkent shahrida sportning Jiu-jitsu turi bo'yicha barcha yosh toifalari o'rtasida o'tkazilgan "O'zbekiston kubogi" musobaqasida universitetimiz Iqtisodiyot fakultetining 2-bosqichida tahsil olayotgan Sadilloyev Qosimjon  77 kg vazn toifasida Ne-Waza yo‘nalishida qatnashib, faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalini qo‘lga kiritdi
.

Universitetimiz jamoasi Sadilloyev Qosimjonni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Shungdek kelgusi musobaqalarda bundanda yuqori natijalarni kutib qolamiz.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

@SamTvr
#Sport #Besh_tashabbus

2025-yil 21-yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar univresitetida “Besh tashabbus”
sport musobaqalari doirasida universitet sport klubi tomonidan talabalar o‘rtasida sportning Basketbol va Gandbol turlari bo‘yicha sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan musobaqalar talabalarda juda katta qiziqish uyg‘otdi. O‘tkazilgan musobaqalardan maqsad talabalarning bo‘sh vaqatlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga qiziqtirash va bo‘lajak mutaxasislarni sog‘lomlashtiridan iborat.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Sport #Mini_futbol

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi assisenti J. Javmanov tomonidan fakultet talablarining bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sportga qiziqtirish maqsadida mini futbol o'yini tashkil etildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Sport #Talabalar_ligasi

2025-yil 3 - 5-febral kunlari Samarqand viloyati oily ta’lim muassasalari o‘rtasida “Talabalar ligasi”
sport musabaqasini “Basketbol” sport turidan musabaqalar bo‘lib o‘tdi.

Universitetmiz (yigitlar,qizlar) jamoasi ham musabaqada faol ishtirok etib keldi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |