Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
7.2K subscribers
28.2K photos
2.06K videos
116 files
9.48K links
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ichki_turizm

KO'HNA KENT BO'YLAB SAYOHAT

💥 Samarqand milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgan, qadimiy poytaxt maqomiga ega boʻlgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Joʻraqulov boshchiligida fakultetning 1-kurs 105-guruh talaba-yoshlari ana shu qadimiy kent boʻylab sayosat uyushtirishdi.

💥Talabalar sayohat davomida Registon, Shohi Zinda, Amir Temur yodgorlik majmuasi hamda Bibixonim (Amir Temur) masjidlarini ziyorat qilib, xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va meʼmoriy obidalar bilan tanishishdi.

📌 Oʻzining boy tarixi va madaniy merosiga ega boʻlgan Samarqand shahri boʻylab qilingan sayohat talaba-yoshlar xotirasida muhrlangani ayni haqiqat.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ichki_turizm

💥“Moziyga sayohat”

⚡️Joriy yilning 9-aprel kuni Biotexnologiya fakulteti tyutori J.Yusupov tomonidan fakultetining 2-bosqich talabalari ishtirokida shahrimizning tarixiy maskanlari tomon yo'l olishdi.

Tashrif davomida talaba yoshlar Registon ansambili, Bibixonim madrasasi hamda Amir Temur bobomiz haykali ostiga gul
qo'yib, tarix zarvaraqlariga nazar tashlashdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ichki_turizm

MOZIYGA SAYOHAT

Bugungi kungacha O‘zbekistonda yangidan yangi muzeylar tashkil etilib, madaniy hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ularning ichida Samarqand shahridagi "Oʻzbekiston madaniyati va tarixi" davlat muzeyi alohida ahamiyatga egadir. Ushbu muzey Oʻzbekiston tarixi madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettiradi.

Yosh avlodni tariximizga, buyuk shaxslarga, ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmat va e’tibor ruhida tarbiyalash maqsadida joriy yilning 19-aprel kunida Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 3-bosqich 301-guruh talabalari hamda guruh tyutori Ikromov Davron boshchiligida Samarqand shahridagi "Oʻzbekiston madaniyati va tarixi" davlat muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Sayohat mobaynida talabalar Oʻzbekiston madaniyati tarixiga tegishli tarixiy ma’lumotlar bilan tanishishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Ichki_turizm

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqisodiyot fakulteti tyutori D. Matniyazova oʻziga biriktirilgan 1-bosqich talabalar bilan Universitetning tarixiy muzeyiga hamda Samarqand shahridagi Goʻri Amir maqbarasi va Registon ansambliga sayohat qildi.

Sayohat davomida talabalar universitetning boy tarixi hamda Samarqand shahrining tarixiy qadamjolari haqida koʻplab ma'lumotlarga ega boʻldilar.

🏛SamDVMCHBU Matbuot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter    |
 
Instagram | Facebook| Youtube  |
#Ichki_turizm

Malaka oshirish kursi tinglovchilari Samarqand bo‘ylab sayohatda

SamDVMCHBU huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining “Veterinariya laboratoriyalari, VSEL mutaxassislari” yo’nalishi tinglovchilari Samarqand shahrining diqqatga sazovor tarixiy yodgorliklari va muqaddas qadamjolarga sayohati tashkil etildi.

Samarqandning Registon maydonida joylashgan (Ulug‘bek, Tillakori, Sherdor), Bibixonim maqbarasi, Shohi Zinda, Hazrati Xizir, Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov, Xoʻja Doniyor, Maxdumi Aʼzam maqbaralarida sayohatni amalga oshirdilar.

Tinglovchilar sayohatdan maʼnaviy ozuqa olib, shukronalik va ruhiy poklanish tuygʻularini izhor etdilar.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Fakultet_yangiliklari
#Ichki_turizm

QADIMIY SAMARQANDIM BO'YLAB SAYOHAT

Samarqand milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgan, qadimiy poytaxt maqomiga ega boʻlgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri.

2024-yil 5-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti “Iqtisodiyot va buxgalteriya hisobi” kafedrasi o'qituvchisi J.Javmanov va Iqtisodiyot fakulteti tyutori M.Joʻraqulovlar boshchiligida fakultetning 2-kurs talaba-yoshlari qadimiy Samarqand boʻylab sayohat qilishdi.

Talabalar sayohat davomida Registon, Amir Temur maqbarasi yodgorlik majmuasi hamda xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va meʼmoriy obidalar bilan tanishishdi.

Oʻzining boy tarixi va madaniy merosiga ega boʻlgan Samarqand shahri boʻylab qilingan sayohat talaba-yoshlar xotirasida muhrlangani ayni haqiqat.

🏛Iqtisodiyot fakulteti Axborot xizmati

Telegram|Instagram|Facebook
#Ichki_turizm #Sayohat

Joriy yilning 20-21-22-noyabr kunlari Samarqand viloyati kasaba uyushmalari tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bir guruh professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda talabalari uchun Xorazm viloyatiga sayohat tashkil etildi
.

Ushbu sayohatda universitetimiz tomonidan borgan professor-oʻqituvchilar va talabalar Xorazmning diqqatga sazovor joylari, xususan Ichan qalʼa, Jaloliddin Manguberdi haykali hamda Yusuf Hamadoniy nomidagi ming yillik masjidga tashrif buyurib, yurtimiz tarixi haqidagi bir qancha qiziqarli ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

Sayohatdan maroqli xordiq olib qaytgan universitetimiz ustozlari va talabalari universitet rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Ichki_turizm

QADIMIY SAMARQANDIM BO'YLAB SAYOHAT

Samarqand milliy davlatchiligimiz poydevori yaratilgan, qadimiy poytaxt maqomiga ega boʻlgan yirik tarixiy va madaniy markazlarimizdan biri.

Joriy yilning 25-noyabr kuni SamDVMChBU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi "Veterinariya meditsinasi" yoʻnalishi tinglovchilari hamda markaz hodimlari qadimiy Samarqand boʻylab sayohat qilishdi.

Markazimiz tinglovchilari sayohat davomida O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov haykali, Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi yodgorlik majmuasi hamda xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va meʼmoriy obidalar bilan tanishishdi.

Oʻzining boy tarixi va madaniy merosiga ega boʻlgan Samarqand shahri boʻylab qilingan sayohat professor- o‘qituvchilar xotirasida muhrlangani ayni haqiqat.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
#Ichki_turizm

Samarqand shahri bo'ylab sayohat tashkil etildi

Betakror yurtimiz o‘zining tarixiy, madaniy meros ob’yektlari, go‘zal tabiati va iqlimi bilan hamisha sayyohlarni jalb etib keladi.
Turizm imkoniyatlari keng bo‘lgan mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari va ichki turizmni yanada ommalashtirish maqsadida "Ijtimoiy-gumanitar fanlar, jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi o‘qituvchisi Sultonova Ozoda Rajovna hamda "Agrotexnologiya" fakulteti tyutori Adizova Nigora Narzullayevna rahbarligida fakultetning bir guruh talaba-yoshlari Samarqand shahri bo‘ylab sayohat qilishdi.

Sayohat davomida sayohatchilar Bibixonim maqbarasi, Hazrati Xizr masjidida bo‘lishdi hamda xalqimiz tomonidan asrlar davomida eʼzozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va meʼmoriy obidalar bilan tanishishdi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#Ichki_turizm

Talabalar Samarqand tarixini o'rganmoqda


Zooinjeneriya va mahsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi fakulteti tyutori B.Qahhorov boshchiligida 2-bosqich talabalari Samarqand viloyat Oʻlkashunoslik muzeyiga tashrif buyurishdi
.

Tashrif davomida talabalar muzeyning noyob eksponatlari bilan tanishib, viloyatning boy tarixi haqida qimmatli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Muzey xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ekskursiya esa talabalarning bilimini yanada boyitdi.

Bu kabi tashriflar yoshlarda tarixiy merosga hurmat, milliy qadriyatlarga qiziqish uyg‘otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |
#DIQQAT_SAYOHAT #ICHKI_TURIZM

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati “TA'TILDA YURTIM BO'YLAB SAYOHAT!” nomli fotosuratlar loyihasi e'lon qilingan edi.

Loyiha ishtirokchisi SamDVMChBU Iqtisoditiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Baxtiyorov Mexroʻzxonning oila a'zolari bilan Jizzax viloyati Zomin shaxri boʻylab sayohati boʻyicha foto lavhalari.


🏛 SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
#DIQQAT_SAYOHAT #ICHKI_TURIZM

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati “TA'TILDA YURTIM BO'YLAB SAYOHAT!” nomli fotosuratlar loyihasi e'lon qilingan edi.

Loyiha ishtirokchisi Universitet 2-sonli TTJ komendanti Gulbahor Nazarovaning oila a'zolari bilan qadimiy Buxoro shahri boʻylab sayohati boʻyicha foto lavhalari.


🏛 SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube
#DIQQAT_SAYOHAT #ICHKI_TURIZM

Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi Ergashboyev Minghojiddin “TA'TILDA YURTIM BO'YLAB SAYOHAT!” nomli fotosuratlar loyihasi ishtirokchisi.

Minghojiddin Samarqand shahridagi "Boqiy shahar" majmuasi bo'ylab sayohat qildi.


🏛 SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube