Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
4.01K subscribers
21.3K photos
1.48K videos
92 files
7.6K links
Download Telegram
#Sport tadbirlari

🇺🇿🇧🇾 Belarus Respublikasi Vitebsk hurmat belgisi ordenli veterinariya meditsinasi Akademiyasida  talaba yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi professor oʻqituvchilari tomonidan sportning stol tennisi va shashka boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqada Oʻzbekistonlik talabalar Belarus talabalari bilan bellashib gʻalaba qozonib faxli oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.

Gʻ.Kamoliddinov

🏛 Axborot xizmati
Forwarded from Ma'naviyat olami|Rasmiy kanal (Rustam Hayitov)
🔷Maʼnaviyat_yangiliklari

#Sport

105-GURUH TALABALARI FUTBOL BO'YICHA "DEKAN KUBOGI" SOHIBI

⚽️ Xabarihgiz bor, universitet ochiq sport majmuasida Iqtisodiyot fakulteti 1-bosqich talabalari oʻrtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining futbol turi boʻyicha “Dekan kubogi” o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

⚽️ Kecha mazkur musobaqaning hal qiluvchi final o‘yinida fakultetning 104-105-guruhlari o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda 105-guruh talabalari 2:1 hisobida zafar quchib, “Dekan kubogi” sohibiga aylanishdi.

⚽️ Musobaqaning yakuniy - taqdirlash marosimida ishtirok etganlar talabalarni tabriklab, “Dekan kubogi” hamda tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.

🔷Maʼnaviyat Info|Rasmiy kanal
🔗
@SDVUM_olami
#Sport #Talabalar_ligasi

UNIVERSITETIMIZ JAMOASI “TALABALAR LIGASI”DA HAM FAOL

💥Joriy yilning 2-28 mart kunlari Samarqand viloyatidagi 14 ta Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sportning “Futzal” turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” bo‘lib o‘tdi.


💥Ushbu musobaqada Universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi va yakuniy natijalarga ko‘ra universitetimiz “Futzal” jamoasi faxrli III o‘rin qo‘lga kiritdi.

⚡️Eslatib o‘tamiz: Shu bilan “Talabalar ligasi” musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi. Universitetimiz jamoasi o‘tkazilgan 5 ta (basketbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, futzal) sport turlaridan 4 tasida basketbol III o‘rin, voleybol II o‘rin, stol tennisi III o‘rin, futzal III o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

🔹Sport turlaridan natijaga erishgan jamoalarimizni tabriklaymiz.

🏛СамДВМЧБУ Ахборот хизмати

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Maqoming_muborak_oliydargohim
#Sport #Taqdirlash

⚡️MUSOBAQALAR G‘OLIBLARI MUNOSIB TAQDIRLANDI


"MAQOMING MUBORAK, OLIYDARGOHIM!'' shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbiri sport musobaqalari yakuniga ko‘ra:

SHAXMAT

🥇Biotexnologiya fakulteti
🥈 Agrotexnologiya fakulteti
🥉 Maxsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti


ARQON TORTISH

🥇 Zooinjeneriya fakulteti
🥈 Agrotexnologiya fakulteti
🥉 o‘rin Biotexnologiya fakulteti

TOSH KO‘TARISH


🥇Iqtisodiyot fakulteti
🥈 Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti
🥉 o‘rin Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti


STOL TENNISI

🥇 Veterinariya profilaktikasi va davolash fakulteti
🥈 Zooinjeneriya fakulteti
🥉 o‘rin Maxsulotlarni qayta ishlash texnologiyasi va standartlashtirish fakulteti

Goliblar universitet rektori, professor X. Yunusov tomonidan “Rector kubogi”, Tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#Sport #Mini_futbol

UNIVERSITETIMIZ MINI-FUTBOL JAMOASIGA“QO‘MITA KUBOGI”DA OMAD!


Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tasarrufidagi veterinariya boshqarmalari hamda tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Qo‘mita kubogi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushu musobaqada universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan iborat jamoamiz ham munosib ishtirok etib, shu paytgacha Toshkent shahri jamoasini 4:0, Navoiy viloyati jamoasini 2:1, Namangan viloyati jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruhdan 1-oʻrin bilan kiyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Universitetimiz jamoasiga keyingi tur o‘yinlarida ham omad tilaymiz!

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#sport #marafon #fotogalereya

🇺🇿 "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz"

🏃Joriy yilning 28-aprel kuni erta tongdan Samarqand shahridagi Boqiy shahar majmuasida "Yangi nafas" xalqaro ommaviy yugirish marafoni bo'lib o'tdi.

Ushbu ommaviy marafonda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biottexnologiyalar universitetining 300 nafarga yaqin xodimlari va talabalaridan tashkil topgan jamoa ham faol ishtirok etishdi.


🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube|
#Vitebsk_yangiliklari
#Sport

Belarus Respublikasi Vitebsk davlat "Hurmat belgisi" ordenli veterinariya meditsinasi Akademiyasi sport maydonchasida Oʻzbekistonlik talabalar Vitebsk davlat meditsina universiteti talabalari bilan sportning futbol turi boʻyicha bellashdilar.

Musobaqada Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiya universiteti hamda Belarussiya Respublikasi Vitebsk davlat "Hurmat belgisi" ordenli veterinariya meditsinasi Akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultetning bitiruvchi kurs talabalari gʻalaba qozondi.

SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
  Instagram | Facebook| Youtube