Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti | RASMIY
4K subscribers
21.4K photos
1.48K videos
93 files
7.62K links
Download Telegram
#SamDVMCHBU_yangiliklari

🏛Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalari universiteti qoshidagi akademik litseyda "Korrupsiya va jinoyatchilikni oldini olish" yuzasidan davra suhbati tashkil etildi...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati
#SamDVMCHBU_yangiliklari

🙂Joriy yilning 28-mart kuni Univeresitetimizning
"Besh tashabbus" markazi rahbari D.Babayeva hamda Veterinariya farmatsevtikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari Z.Shodiyeva, S.Muxammatovalar tomonidan 2-TTJ da istiqomat qiluvchi talaba qizlarning bo'sh vaqti mazmunli o'tishi uchun navbatdagi "Mohir qo'llar" to'garagi o'tkazildi.🫴

🌈 Mazkur to'garak davomida talabalar multfilm qahramonlari aks etgan turli yumshoq o'yinchoqlar to'qishni ustozlar yordamida o'rganib olishdi. Mashg'ulot ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.🍀

🏛
SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#SamDVMCHBU_yangiliklari
#Fakultet_yangiliklari

📚 Talabalarning nazariy bilimlari amaliyotda mustahkamlanmoqda


🏛️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori professor X.B.Yunusov tashabbusi bilan Mega loyiha doirasida ochilgan “APEDOMIK” da Zooinjeneriya fakulteti "Xususiy zootexniya" kafedrasi mudiri q.x.f.f.d dotsent Otabek Maxmadiyorov va Zooinjeneriya fakulteti 3-bosqich talabalari bilan birgalikda Asalarichilik fanidan amaliy mashgʻulotlarni talabalarimizga Asalarichilikda bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki mavsumdagi ishlar boʻyicha qizgʻin savol-javoblar tarzda olib bordilar.

Telegram kanalimiz:👉🏻 🕊Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
📱Instagram 📱Facebook 🌐 Sayt
#SamDVMCHBU_yangiliklari
#Talabalarimiz_yutuqlari

📌"Mirzo Ulug‘bek vorislari" Respublika tanlovinining Samarqand viloyat bosqichi g’oliblari aniqlandi

🗓Joriy yilning 10-may sanasida Iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Samarqand viloyati bosqichi o‘tkazildi.

⚡️Mazkur tanlovning 2-bosqich natijalariga ko‘ra Samarqand viloyatidan 20 nafar ishtirokchilar tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

👏G'oliblar ichida Universitetimizning iqtidorli talabasi Abdushukurov Xondamir ham bor. Talabamizga ulkan zafarlar hamroh bo'lsin!!!


🌐 Ssuv.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Twitter | Youtube
#СамДВМЧБУ_янгиликлари 

Оила - муқаддас ва улуғ даргоҳ

  15 май – Халқаро оила куни муносабати билан Самарқанд давлат ветеринария  медицинаси, чорвачилик ва биотехнологиялар университетида 15 – май куни O‘zLiDeP Самарқанд вилоят Кенгаши ҳамда вилоят Адлия бошқармаси билан ҳамкорликда “Оила - муқаддас ва улуғ даргоҳ” мавзусида маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди...

♻️Батафсил қуйидаги ҳаволада

☆☆☆☆☆☆☆☆

#SamDVMCHBU_yangiliklari

Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh

15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Samarqand davlat veterinariya  medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida 15 – may kuni O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Oila - muqaddas va ulug‘ dargoh” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi...

♻️Batafsil quyidagi havolada

🏛SamDVMCHBU axborot xizmati

🌐 Rasmiy sahifalarimiz:

Ssuv.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Twitter
#SamDVMCHBU_yangiliklari

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti, Veterinariya sanitariya ekspertizasi kafedrasi dotsenti, v.f.d. O‘.I.Rasulov va assistent U.Asomiddinov Samarqand shahar 50 va 14-maktablarda, assistent Z.Ilyasov 69-maktabda hamda kafedra v.b.dotsenti, v.f.n. V.Do‘skulov viloyatning Tayloq tumanidagi 51 va 21-umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq marosimida ishtirok etishdi.


Kafedra o‘qituvchilari Prezidentimizning yoshlarga yoʻllagan tabrigini oʻqib, eshittirdi. Bitiruvchilarga oq yoʻl tiladi. Bitiruvchilar uchun universitetimiz haqida ma’lumotlar va videoroliklar taqdim etildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#SamDVMCHBU_yangiliklari

TALABALAR YAKUNIY NAZORAT ISHLARINI TOPSHIRISHMOQDA


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining 1- 3-bosqich talabalari Bahorgi semestr uchun yakuniy nazorat ishlarini topshirishmoqda. Jarayonnni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A.Elmurodov rahbarligida tashkil etilgan ishchi guruh nazorat qilib bormoqda.

Shuningdek, 2024-yilning 25-may kuni Veterinariya (faoliyat turlari) ta’lim yo‘nalishi sirtqi ta’lim shaklida bitiruvchi talabalarining mutaxassislik fanlaridan yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazildi. Ishchi guruh tomonidan yakuniy davlat attestatsiyasining belgilangan tartibda tashkil etilishi va o‘tkazilish holati ham o‘rganildi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#SamDVMCHBU_yangiliklari

TASHVIQOT TADBIRLARI SURXONDARYO VILOYATIDA O‘TKAZILDI


Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Zooinjeneriya fakulteti Xususiy zootexniya kafedrasi v.b.dotsenti Sh.E.Qurbonova Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi o‘zi tahsil olgan 66-umum ta’lim maktabiga hamda tumanda joylashgan 1, 42 va 68 - umum talim maktablariga borib, bitiruvchi o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Tashrif davomida 2024-2025 o‘quv yiliga qabul uchun tashviqot ishlarini o‘tkazdi va Universitet, fakultetlar, ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv so‘ngida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va kerakli ma’lumotlarni olishdi.

Sh.Qurbonova tomonidan maktab kutubxonasiga badiiy hamda ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi.

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
 
Instagram | Facebook| Youtube|
#SamDVMCHBU_yangiliklari

MAKTAB O‘QUVCHIARI BILAN UHRASHUV

2024-yilning 30-may kuni SamDVMCHBU Ichki yuqumsiz kasalliklar kafedrasi professori, veterinariya fanlari doktori B.Bakirov va shu kafedra assistenti S.Asqarovlar Samarqand shahridagi 58-o‘rta maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

👉BATAFSIL

🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati

🌐
Ssuv.uz | Telegram|Twitter |
Instagram |Facebook|Youtube |