Ziyolilar kanali
1.39K subscribers
3.31K photos
1.29K videos
3.94K files
2.02K links
๐—๐š๐ฅ๐ช ๐ญ๐š'๐ฅ๐ข๐ฆ๐ข ๐ฑ๐จ๐๐ข๐ฆ๐ฅ๐š๐ซ๐ข ๐ฎ๐œ๐ก๐ฎ๐ง!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
๐Ÿ“š Yillik konspektlar;
๐Ÿ“š Dars ishlanmalar;
๐Ÿ“š Test toplami;
๐Ÿ“š Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
โšกKiberjinoyat - XXI asr tahdidi:zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotimi yoki xavfmi?
#esse_namunasi

    Bugungi globallashuv zamonda kiberjinoyat dolzarb masalalardan biridir va bu jarayonda insonlarda turli xil qarashlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Ba'zilar XXI asrning ushbu tahdidi hayotimizdagi yangi texnologiyalarning taraqqiy etishi natijasida deb hisoblashsa, boshqalar bu xavf ekanini ta'kidlashadi. Xo'sh, aslida, qaysi tomon vakillarining fikri o'rinli?

     Bir tomondan olib qaraganda, kiberjinoyat -bu zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti, deb hisoblovchilarning bu fikrga kelishlariga yetarlicha asoslari mavjud. Birinchidan, hozirgi zamon - raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog'lanib bormoqda. Internet, sun'iy intelekt, onlayn xizmatlar barchaga talaygina qulayliklar yaratmoqda. Kiberjinoyat -hayotimizning "mazmuni"ga aylanib borayotgan internet va texnologiyalar orqali sodir  etiladigan firibgarlikdir. Jumladan, kundalik hayotimizda asqะฐtadigan ayrim onlayn platformalardan foydalanish uchun dastlabki qadamda iste'molchidan ba'zi shaxsiy ma'lumotlar:  ism-familiya, manzil, telefon raqam kabilarni talab etiladi.  Bular esa firibgarlarning ishini anchagina oson qiladi, bu orqali insonlar aziyat chekishadi. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2024-yilgi ma'lumotiga ko'ra, mamlakatimizda 11 mingdan ortiq  kiberjinoyat holati qayd etilgan.

    Shunga qaramay, bir qator sabablarga ko'ra kiberjinoyat - bu xavf deb hisoblaydiganlar ham oramizda bor. Masalan, har jabhada texnologiyadan foydalanamiz, onlayn to'lov qilamiz, shaxsiy ma'lumotlarimizni odatda internetda saqlaymiz. Ammo bu qulayliklar ortida katta xavf yotibdi. Kiberjinoyat jamiyatga moliyaviy jihatdan ham zarar yetkaza oladi. Misol uchun, telefon orqali yuborilgan yolg'on havola odamlarning bank kartalari ma'lumotlarini qo'lga kiritadi. Ushbu jinoyat turi bo'yicha statistik ma'lumotlarga yuzlansak, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma'lumotiga ko'ra,  2024-yilda mamlakatda bu kabi kiberjinoyatlar soni 2023-yilga qaraganda 20%ga oshgan. Bu esa XXI asr tahdidining xavfi o'sib borayotganidan dalolat beradi.

      Mening fikrimcha, kiberjinoyat, albatta, xavf! Kiberjinoyatni nazorat qilish - bu rivojlanib borayotgan hayotda yashovchi har bir fuqaroning majburiyati bo'lsa-da, ba'zilar bunga ,shunchaki, e'tiborsiz bo'lishmoqda. Mana shu e'tiborsizliklar, javobgarlikni his qilmaslik oqibatida esa texnologiyalar ba'zan bizning foydamizga emas, balki zararimizga ishlab, xavf solmoqda. Biroq jamiyatdagi har bir fuqaro bu kabi xavfdan holi bo'lishi uchun "O'zingga ehtiyot bo'l - qo'shningni o'g'ri tutma" qabilida ish tutib, shaxsiy ma'lumotlarini iloji boricha internet sahifalariga kiritmasliklari zarur.

   Xulosa qilib aytganda, har ikkala tomonning o'ziga xos yaxshi va yomon taraflari bor. Biroq ikkisidan birini ma'qullayotganda yuqoridagi jihatlarni inobatga olib qaror chiqarish maqsadga muvofiq. Biz esa hayotimiz texnologiya ta'siri orqali  xavf ostida qolmasligi uchun uni ongli ravishda va ehtiyotkorlik bilan ishlatishimiz kerak.

โœ Malika Jo'rayeva
๐Ÿ‘1๐Ÿ˜1๐Ÿค1