Ziyolilar kanali
1.4K subscribers
3.3K photos
1.29K videos
3.94K files
2.01K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
Ideal jamiyat tasvirlangan Tomas Morning asari qaysi?
Anonymous Quiz
26%
Sevilya yulduzi
16%
Ilohiy komediya
58%
Utopiya
Uyg’onish davrini boshlab bergan bergan ijodkor kim?
Anonymous Quiz
28%
Shekspir
41%
Dante
31%
Bokkachcho
Raqiblarg'a qilur la'ling tabassum,
Qonimni g'ussadin toshurmog'ing ne?
Ko'ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog'ing ne? Baytda qo'llangan she'riy san'atni aniqlang.
Anonymous Quiz
51%
A) tajnis
20%
B) tazod
9%
C) talmeh
20%
D) ishtiqoq
2🤔1
“Chin, so'yla, Xito Xo'blariga ne bo'lursan?” misrasida “Chin” so'zi orqali qanday badiiy san'at yuzaga keltirilgan?
Anonymous Quiz
15%
A) tanosub
30%
B) tajnis
49%
C) iyhom
6%
D) tazod
😁2
Kimnikim do'st dedim, dushmani jon topdim oni,
Neki andin tiladim sud, ziyon topdim oni.
Ikkinchi misrada qanday badiiy san'at qo'llangan?
Anonymous Quiz
10%
A) tashbih
14%
B) tashxis
25%
C) tamsil
51%
D) tazod
2
O‘qishni ko‘chirish uchun transkript berishmayaptimi?

Hozir “perevod” mavsumi. Har yili xorijdan va o‘zimizdagi nodavlat oliygohlardan bir necha o‘n ming talaba o‘qishini davlat oliygohiga ko‘chirishni xohlaydi.

Bunda onlayn ariza yuborish chog‘ida talabaning baholari aks etgan transkript ham kerak bo‘ladi. Lekin ayni kunlarda ayrim xususiy oliygohlar o‘z talabalariga transkript bermasdan qiynayotgan ekan. Transkript berish evaziga turli shartlar ham qo‘yishmoqda, talabalarni sarson qilishmoqda. Bu yaxshi emas.

Yana kim shunaqa muammolarga uchramoqda? Izolarda yozib qoldiring. Umumlashtirib, tegishli tashkilotlar orqali hal qilishga harakat qilamiz.

Avvalo o‘sha oliygoh ma’muriyati o‘ziga savol berishi kerak: nima uchun shuncha talaba bizdan ketmoqchi?

Bunga odatda 2 ta sabab bo‘ladi: yoki ta’lim sifati o‘ta rasvo, u yerda qolishdan ma’no yo‘q, yoki talabchanlik va nazorat o‘ta yuqoriligidan talabalar qiynalmoqda, ichki imtihonlardan yiqilmoqda, pul yoki tanish-bilishchilik o‘tmayapti.

Agar ikkinchi sabab tufayli talabalar “perevod” qilishni xohlayotgan bo‘lsa, unda nazorati kuchli, ta’lim sifati yuqori bo‘lgan oliygohlarning o‘zi bundan manfaatdor bo‘ladi. “Bizni ham, o‘zingni ham qiynamay, boshqa joyga keta qol, baribir o‘zlashtira olmayapsan” deyishadi va pattasini tutqazishadi.

Agar juda ko‘p talabalar ketishni xohlayotgan bo‘lsa-yu, lekin oliygoh rahbariyati bunga sun’iy to‘siq qo‘yib, ketayotganlarni ushlab qolishga harakat qilayotgan bo‘lsa, demak, katta ehtimol bilan birinchi variant bo‘ladi: ya’ni u yerda ta’lim sifati rasvo.

To‘g‘ri, “perevod” qilish uchun bu ikkisidan boshqa obyektiv va subyektiv sabablar ham bo‘lishi mumkin, lekin ular kam sonli individual holatlar hisoblanadi.

Yana bir fikr: “perevod” qilib ketaman deganlardan ko‘p ham qo‘rqmanglar, har yili o‘rtacha 10% talabgor o‘tish balini to‘play oladi xolos. Qolgan 90%i baribir yana qaytib keladi.


👉 @xushnudbek 👈
👍1
#Vakansiya

📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi – ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga innovatsion fikrlovchi, ilg‘or va mas’uliyatli rahbar va pedagog kadrlarni ishga taklif etadi!

📅Hujjat qabul qilish 30-iyulga qadar davom etadi.
🌐Platforma: job.piima.uz va job2.piima.uz

©️Мактабгача ва мактаб таълим вазирлиги
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Menga savol keldi:
#savol
44 ball bilan o’qishga kira olamanmi?

Javobni video shaklida berdim.
Siz ham o’z fikringizni yozib qoldiring.

Shohrux Tursunmurodov
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тоифа олиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланди!

📌 Жорий йилнинг 1 августидан бошлаб август-декабрь ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестациясида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юбориш бошланди.

Мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари таълим ташкилотлари педагог кадрлари жорий йил август-декабри ойларида ўтказиладиган педагог кадрлар аттестацияда иштирок этишлари учун 1 августдан 1 октябрга қадар рўйхатдан ўтиши ва мурожаат юбориши мумкин.

📌 Мурожаатларни:

📍Мактабгача ва мактаб таълими вазирлигининг веб-сайтидаги pedagog.uzedu.uz - платформаси орқали (ONE ID-тизими орқали шахсий кабинетга кирилади ва тегишли маълумотлар киритилади.

📍Ягона интерактив давлат хизматлари портали 👉 my.gov.uz/uz орқали

📍давлат хизматлари марказлари орқали юбориш мумкин.

@mutaxassislarga
#Rasman

❗️2025/2026-o‘quv yili uchun kvotalar tillar kesimida taqsimlandi


2025-2026-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistratura uchun kunduzgi,sog‘liqni saqlash,maqsadli qabul,kechki va masofaviy ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi:

➡️ Kunduzgi ta’lim shakli — yuklab olish
➡️ Kechki ta’lim shakli — yuklab olish
➡️ Masofaviy ta’lim shakli — yuklab olish.
➡️ Maqsadli qabul ta’lim shakli— yuklab olish.
➡️ Sog‘liqni saqlash — yuklab olish.
➡️ Sanʼat sohasi — yuklab olish.
➡️ 5 yil stajga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun — yuklab olish
➡️ Nogironligi boʻlganlar uchun — yuklab olish
➡️ Magistratura kunduzgi kvota — yuklab olish
➡️ Magistratura kechki kvota — yuklab olish
➡️ Magistratura masofaviy kvota — yuklab olish

Yakuniy mandat natijalari qachon e'lon qilinadi?
1
‼️BU MUHIM:
#abituriyent

Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uchun qo‘shimcha kvotaga da’vogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan chiqarmasligi kerakki, ushbu imtiyoz faqatgina 68 balldan ko‘proq to‘plaganlarga hamda tanlangan birinchi yo’nalishga qo‘llanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bo‘lsin, xoh harbiylarning farzandlari bo‘lsin, 68 dan kamroq ball to‘plagan bo‘lsa, unda mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. Lekin ular xuddi oddiy abituriyent singari umumiy tanlovda o’zlari tanlagan beshta yo’nalish bo’yicha bemalol qatnasha oladi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uchun ham imtiyozli qo‘shimcha kvota beradigan bo‘lsa, unda bu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 56,7 ball olishi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.

Istisnoli holatlar:

Ball bo’yicha nogironligi bor abituriyentlar uchun istisno bor. Ya’ni ushbu toifadagilar 56,7 balldan oshirgan bo’lsa, grant uchun da’vogarlik qila oladi.

Shuningdek, yo’nalish bo’yicha ham istisno bor. Nogironligi bor hamda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan abituriyentlar toifasi uchun qo’shimcha kvota beshta yo’nalishning barchasiga o’tadi. Ya’ni boshqa toifadagilar faqat o’zlari tanlagan birinchi yo’nalish uchun imtiyoz olsa, mazkur ikkita toifadagi abituriyentlar beshta yo’nalishda ham imtiyozga ega bo’ladi.


👉 @xushnudbek 👈
1
8-ilova 86 va undan yuqori.pdf
1.1 MB
70 foizlik ustama oladigan o'qituvchilar ro'yxati

Ro'yxatga ko'ra 4198ta o'qituvchi 70 foizlik ustamani qo'lga kiritgan.
Ushbu xabarni hamkasblaringizga yuborib qoying!
Manbaa
🇬🇧 @uzteachers_new 🇺🇿

Nuriddinuktamovv
🔥3
📣 Ҳурматли педагоглар!!!

pedagog.uzedu.uz - платформасида жорий йилнинг август-декабрь ойларида ўтказиладиган малака тоифа тест синовларида иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш ва мурожаат юборишда шахсий кабинетга кириб расмда кўрсатилган тугмачани босиш керак.
70 foizlik ustamani qo'lga kiritsam, xalqaro sertifikatim uchun 50 foiz ustama to'lanmay qo'yiladimi?

Savol: Assalomu alaykum. Zavuchimiz agar 70 foiz ustamani qo'lga kiritsam, xalqaro sertifikatim uchun olayotgan 50 foiz ustamam to'lanmay qo'yilishini aytdi. Qarorga ko'ra faqat yuqoriroq turuvchi ustama to'lanishi belgilangan ekan. Shu tog'rimi?

Javob: Haqiqatdan shunday qaror mavjud. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoning 9-g kichik bandiga ko'ra, umumta'lim fanlari bo'yicha bir nechta sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlarga har oylik qo'shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi sertifikat bo'yicha to'lanishi belgilangan.
Bu qoida asosan chet tili sertifikatlariga nisbatan ishlaydi. Masalan sizda UzBMB dan berilgan C1 sertifikati bor. Va IELTS 7.0 sertifikati bor. UzBMB sertifikati sizga 20 foiz, IELTS sertifikati 50 foiz ustama olish huquqini beradi. Bu holatda siza yuqoriroq ustama to'laydigan sertifikatiz ustama uchun qabul qilinadi.
E'tibor bergan bo'lsangiz, qarorda umumta'lim fanlari bo'yicha bir nechta sertifikatga ega bo'lgan pedagog kadrlar deyilgan. Ya'ni 70 foiz ustamangiz umumta'lim fanlari bo'yicha sertifikat sirasiga kirmaydi.
Shu sababli, 70 foizlik ustama qo'lga kiritilganda va 50 foizlik sertifikatga ega bo'linganda, ikkalasi uchun ham alohida ustama to'lanadi.

😎 @mutaxassislarga
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏86
📌Yakuniy mandat qachon chiqadi?

JAVOB. Abituriyentlarning o'qishga kirgan yoki kirmagani (mandat) taxminan 17-avgustgacha aniq bo'ladi

Keling, ushbu javobni izohlab beramiz.

14-23-iyul — test jarayonlari;

24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);

8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);

17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);

18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).


Demak, NIZOMGA AMAL QILINSA, katta ehtimol bilan abituriyentlarning o'qishga kirgan yoki kirmagani uzog'i 17-avgustgacha aniq bo'ladi. Undan avval ham bo'lishi mumkin, lekin ehtimoli juda past.

Abituriyentlarga yuborib qo'ying!
1
Ziyolilar kanali
Photo
Abituriyentlar uchun yangi imkoniyat: joriy yil to‘plagan ballarining o‘tgan yilgi o‘tish ballariga mosligini tekshirish mumkin
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytiga yangi funksiya qo‘shildi. Ko‘pchilik mening balim qaysi yo‘nalishlarga o‘tadi, deb so‘rayotgan edi. Buni hozir hech kim bilmaydi, joriy yilgi o‘tish ballari faqat mandatdan keyin ma’lum bo‘ladi xolos.

Ammo o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan solishtirib, taxminiy mo‘ljal olish mumkin. Endi buni bilishning oson yo‘li paydo bo‘ldi.

mandat.uzbmb.uz saytining Qo‘shimcha sahifasida joriy to‘plagan ballar bo‘yicha 2024-yilgi o‘tish ballarini ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyent ruxsatnomasidagi ID raqamni kiritish kerak (ID-kartadagi raqam emas bu, adashtirib qo‘ymang).

Shunda abituriyent haqida ma’lumotlar chiqib keladi. Joriy yil to‘plagan bali bilan o‘tgan yili qayerlarga kirish mumkin bo‘lgani ko‘rsatiladi. Chiqqan ma’lumotlarni hudud va yo‘nalish kesimida filtr qilish mumkin.

Bu ma’lumotlar abituriyentga qaysi yo‘nalishni tanlashni hal qilishga yordam beradi.

Yana qaytaraman, joriy yilgi o‘tish ballari o‘tgan yilgidan farq qilishi mumkin. Chiqqan ma’lumotlar shunchaki taxminiy mo‘ljal olishga yordam beradi xolos.

Izoh:

🟢 Yashil rang — kontrakt uchun ball yetadi degani.

🟡 Sariq rang — kontrakt uchun ball yetmaydi degani.


👉 @xushnudbek 👈
2