Ziyolilar kanali
1.39K subscribers
3.31K photos
1.29K videos
3.94K files
2.01K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
Saudiya osmonida bir quyosh balqdi,
Oʻgʻlonlarning yuragidan nur oldi -yondi.
Osiyoda tengsizligin isbotlab xalqning,
Sogʻinchlari faqatgina gol bilan qondi.

Maydon uzra qanot qoqdi Gʻurur otligʻ el,
Asilbekning gollarini koʻtarib uchdi.
Sadriddinning tezligidan xijolatda yel,
Muhammadlar yelkasidan ona yurt quchdi.

Moʻminxon ham odob bilan kubok koʻtardi,
Sardorlikni uddaladi, unga tasanno.
Boshdan oyoq olovlarni kim ham yutardi,
Har nafasin hayrat bilan kuzatdi Dunyo.

Islombekning shogirdlarin,millat yuzlarin,
Quvonchini mushtoq boʻlib butun el kutdi.
Bari aʼlo: dildan chiqar shunday soʻzlarim:
Arablarni Ne'matulloh qosh qoqib yutdi!
❤️❤️❤️ Ziyoda
20.04.2025

@mutaxassislarga
👍4
📘 Mazmunga boy, hajmi 1 qatorlik 15 ta eng qisqa hikoyalar

Dunyo bo‘yicha eng qisqa hikoyalar, 15 ta eng qisqa hikoya, ularning hajmi 1 qator, mazmuni o‘ziga xos yechimga ega kichik hikoyachalar.

Dunyo adabiyotida eng qisqa hikoyalarni drabbllar deb ataladi. Drabbl ingliz tilidan olingan bo‘lib “parcha, bo‘lak” ma’nosini bildiradi. Drabbl hikoyaning o‘ziga xos kichik janri bo‘lib epigraf o‘qiyotgandek his qilishingiz mumkin. Unda asosan, biror voqeaning qisqacha tarixi beriladi. Drabblni kutilmagan yechim bilan yakun topuvchi eng qisqa va tugal hikoya deyish mumkin.

Mana, drabbllar haqida ham bilib oldingiz. Quyida dunyo va o‘zbek adabiyotidagi eng qisqa hikoyalarni jamlab ulardan 15 tasini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Vazir ustamasi imtihonida shu drabl deganidan savol tushdi .
Katta ehtimol bilan Attestatsiyada ham tushishi mumkin .

Marhamat, eng qisqa 15 ta hikoya:

📖1-hikoya. Hayrat (Ernest Xeminguey)
U xotinining qotiliga sut ichirardi.

📖 2-hikoya. Robiya (Muhammadxon Yusupov)
Ey, Xudoyim, yaqinda tug‘iladigan ukam ham qiz bo‘lishini xohlardim. O‘shanda biz buvijonim bilan birga yashardik…

📖 3-hikoya. Eng qisqa hikoya (O. Genri)
Haydovchi tamaki tutatdi va qancha yoqilg‘i qolganini bilish uchun benzin bakiga egildi. Marhum atigi 23 yoshda edi.

📖 4-hikoya. Qasd va xalos (Ernest Xeminguey)
Jonimga qasd qilish uchun o‘zimni pastga tashladim Keyin fikrimdan qaytdim.

📖 5-hikoya. Taqdir (Stiven Meretskiy)
Vaqtlararo sayohatchining xayoli: «Parol» nima edi-ya?

📖 6-hikoya. E’lon (Ernest Xeminguey)
Siniq derazaning sirtiga yozilgandi: Yangi oila qurganlar.

📖 7-hikoya. Tarjimai hol (Larisa Kerklend)
Avvallari mening tekis yuzim, burma ko‘ylagim bor edi, hozir esa… aksi.

📖 8-hikoya. Umid (Muhammadxon Yusupov)
“… Biz boshqa hech qachon uchrashmaymiz! Boshqa hech qachon to‘qnash kelmaymiz! Boshqa hech qachon ko‘zlarimiz ko‘zlarimizga tushmaydi…
Ko‘rishguncha…”

📖 9-hikoya. Yolg‘izlik (Frederik Braun)
Dunyodagi eng oxirgi inson xonasida o‘tirgan edi. Eshik taqillab qoldi…

📖 10-hikoya. Yotoqxona (Ernest Xeminguey)
Yotoqxonamizdan ikki kishining ovozi eshitilardi. Men eshikni taqillatdim…

📖 11-hikoya. Gunohkor (Drum bun)
U haqiqiy gunohkor edi. Chunki bir yuz yigirma to‘rt ming suvoriydan yolg‘iz ugina urushdan vataniga sog‘-omon qaytdi.

📖 12-hikoya. Optimist (Muhammadxon Yusupov)
– Yangi poyabzal sotib olganimda doim bitta qo‘shimcha bog‘ichga ega bo‘lishimni o‘ylab, quvonaman. Umuman kiyilmaydigan ikkinchi poy haqida esa o‘ylamaslikka urinaman…

📖 13-hikoya. 6 so‘zli hikoya (Ernest Xeminguey)
Sotiladi. Chaqaloq tuflichasi. Biror marta kiyilmagan.

📖 14-hikoya. Mas’uliyat (Arjumandbegim)
Yetti bolaning kiyimlari og‘irlik qilib uzilgan dor, uyidan bosh olib ketayotgan erkak oyoqlarini chalishtirib yiqitdi.

📖 15-hikoya. Qo‘rquv (Nodirabegim Ibrohimova)
-Endi uxla, toychog‘im,- ona shunday deb chiroqni o‘chirdi. — Oyi! O‘chirmang, iltimos. Qorong‘ilikdan juda qo‘rqaman! — dedi ko‘zlari ojiz bolakay.
Matematika fani o'qituvchisi Baxodir aka darsda o'quvchilar zerikib
qolayotganini sezdi. U bolalarni darsga bo'lgan qiziqishlarini qayta uyg'otish uchun
turli texnologiyalardan foydalandi. Bu orqali o'quvchilarning faolligiga erisha oldi.
Bunday holatda o'qituvchi kasbiy kompetentlikning qaysi mehnat harakatini
bajargan hisoblanadi?
A) Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarining maqsadlariga muvofiq oʻquv
rejalarini ishlab chiqish B)O'quvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib
o'quv dasturini moslashtirish
C) Oʻz faoliyatini fanlararo kompetensiyalar predmetining korrelyatsiya va
integratsiya tamoyillarini inobatga olgan holdarejalashtirish.
D) Oʻquvchilarning bilimini baholash natijasida olingan maʼlumotlarni inobatga
olgan holda rejalarni muvofiqlashtirish.
Direktor o'rinbosari yosh mutaxassisning darslarini nazorat qildi. Dars
jarayonida yosh mutaxassis o'quvchilar bilimini nazorat qilib, yangi mavzuni
tushuntirdi. Yangi mavzuni mustahkamlashga alohida e'tibor qaratdi. Bunda u
o'quvchilarning qabul qilish darajasi turli ekanligini hisobga olib, har bir o'quvchiga
mos ravishda vazifalarni taqsimlab berdi. Dras so'nggida yangi mavzu barcha
o'quvchi uchun birdek tushunarli ekanligi ma'lum bo'ldi. Shunda o'qituvchi ta'lim
samaradorligini ta'minlash uchun kerakli bo'lgan qanday ko'nikmalarni namoyon
etadi?
A)Mazmunli ta'lim muhitini tashkil qilish va o'zgartirish
B)Turli xil muhitda har xil emotsional holatlardagi odamlar bilan aloqa qila bilish
C)O'zining ta'lim faoliyatini tahlil qilish va baholash, modefikatsiya talab qiladigan
yo'nalishlarni aniqlash
D)Dars vaqtini oqilona boshqarish, shuningdek mas'uliyatli va onli ravishda
o'quvchilar ishini tashkil etish
O‘qituvchi “Yerning tuzilishi” mavzusini o‘rgatishda darslikdagi rasmlar, atlas
xarita, slayd va diagrammalardan foydalandi. Har bir qatlamni tushuntirishda u
tasvirni ko‘rsatib, unga sharh berdi va o‘quvchilar e’tiborini rasmga asoslangan
tushunishga qaratdi. Bu holatda o‘qituvchi qaysi metoddan foydalangan?
A)tushunbtirish metodi
B)tasvir metodi
C)namoyish metodi
D)amaliy metod
O'qituvchi yangi mavzuni tushuntirib bergach sinfdagi o'quvchilarni o'zi
guruhlarga bo'ldi. Doskaga jadval chizib uni mavzuga oid ma'lumotlar bilan
to'ldirishlarini so'radi. O'qituvchi bergan topshiriq Blum taksonomiyasining qaysi darajasida qo'llaniladi?
Anonymous Quiz
18%
Bilish
37%
Tushunish
28%
Tahlil qilish
18%
Sintez
👍1
Tushgan test O'qituvchi yangi mavzularni tushuntirib bo'lgach bolalarning bilimlarini TEST QUIZ yordamida tekshirib ko'rdi. Bunday holatda o'qituvchi kasbiy kompetentlikning qaysi mehnat vazifasini bajargan hisoblanadi? A)Ta'lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish B)Ta'lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish C)O'quvchilar erishgan yutuqlar natijalarini tahlil qilish D)O'quvchilar tomonidan bilimlarni egallash darajasini (hajmini) muntazam/tizimli ravishda kuzatib borish
👍3
?
Anonymous Quiz
41%
A
31%
B
8%
C
20%
D
🎲BLUM TAKSONOMIYASI NASIBA ABDULLAYEVA TESTI” testi
🖊 9 ta savol · 45 soniya
🎲❇️10 - sinf adabiyoti ❇️Tarjimalar ❇️35 ta quiz test ❇️https://tttttt.me/attestatsiya_01 ❇️Tuzuvchi Sharipova Munisa ❇️” testi
🖊 35 ta savol · 30 soniya
👍1
#ATTESTATSIYA

1. Oskar Uayld qanday oilada tugilgan?
-ziyoli oila, otasi shifokor
2. “Turkiylar” sherida ilvasin sozining manosi nima?
-qush turi: bedana, kaklik tustovuq (sherda mard, jasur, sher degan
manoda)
3. “Baxtli shahzoda” asarining tarjimoni kim?
-Mahkam Mahmudov va Abdulhakim Muhammadiyev
4. Vatan! Ont ichmayman, qasam ichmayman
Lekin ikki dunyo sendan kechmayman! satrlari kimniki?
-Xurshid Davron
5. Ogrilik aks etgan asarlar?
-“Shum bola”, “Ogri”, “Mallalar uyushmasi”
6. “Yevgeniy Onegin”asarining epigrafi?
-Ham yashashga oshiqar, ham shoshar his etmakka
7. Gapdagi yasama soz?
-maqtanchoq
8. Nodira Ibrohimova tarjima qilgan asar?
-“Rahmat sizga, xonim”
9. “Bir kunlik yoz” asarini kim tarjima qilgan?
-Zafar Tilovov
10. “Arjumand etmas” gazali
-Navoiy
11. “Devonu lug’atit turk” asaridan esiz, ajun, o’dlak sozining
manolari?
- esiz-yomon, yaramas, manfur
-ajun-dunyo
-o’dlak-vaqt, zamon
12.Gushtigir sozining manosi?
-Kurash, polvonlik
13. “Esimda, 5-sinfda oqib yurgan kezlarimda S.Yeseninning
“Zamin dargasi” kitobini yod olganim uchun dadam Qoqon
shahriga sayohatga olib borgan”,- deya qaysi ijodkor eslaydi
-Iqbol Mirzo
14. Ham yashashga oshiqar, ham shoshar his etmakka?
-“Yevgeniy Onegin” asarining epigrafi
15. Naftandoz sozining manosi?
-ot oldiradigan qurol, manjaniq (asarda ajdahodek ot purkovchi deya
tariflangan)
16. Remark qanday oilada tugilgan?
-kitob muqovachisi
17. “Yulduzli tunlar”da “Boburning ham havasini keltirgan,
soqollari oppoq, qoshlariga ham oq tushgan” deya tariflangan
obraz kim?-
-Javhariy
18. Tufuliyat otgachki boldi shabob. Tufuliyat sozining manosi
nima?
-bolalik
19. “Menga qulluq qilma, yurt tuprog’in o’p” kimniki?
-Erkin Vohidov
20. Navoiyning “Men siniq, konglim siniq…” fardi haqida togri
malumotni toping
-mening holimni men kabi qiynalmagan bilmaydi
21. “Hayratlarda qotgaysiz, meni korganda ul dam kimning sheri?
-H.Xudayberdiyeva “Begim, sizni tabiat”
22. “Oddiseya”, “Iliada” tarjimoni kim?
-Qodir Nurmuhamedov
23. Men turkiy sozlarni yovvoyi tog kiyigi deb bildim…. kim
aytgan?
-Yusuf Xos Hojib
24. Aybgo va aybjo sozlari qanday sanatni hosil qilgan?
-ishtiqoq
25. Boburning “Lola” gazalida sahfa sozining manosi?
-xat yozish uchun moljallangan qogoz sahifasi
26. Mashrabning hasbi hol gazali?
-Mashrabman
27. Yulduzlarning harakatiga emas, ozimizning harakatimizga
qarab ish koraylik… qaysi asardan?
-“Navoiy” romanidan
28. “Lobo” tarjimoni?
-Togay Murod
29. “Baliq ovi” sheri - Mirtemir, “Baliq ovi hikoyasi” - Qamchibek
Kenja
30. “Meni men istagan” gazalidagi radif?
-etmas
31. “Chol va dengiz” tarjimoni?
-Ibrohim Gofurov
32. Xameleon tarjimoni?
-A.Qahhor
33. Uslubiy xato qollangan gap?
-Avlodlar merosini organamiz
34. Togri yozilgan soz
-tarjimayi hol
35. Felli soz birikmasi?
-bafurja gaplashmoq
36. Undov soz?
-balli, ofarin
37. Sof boglovchi?
-biroq
38. Umumlashtiruvchi soz qo’llangan gap?
-uchalasi
39. Xursandchilik manosidagi ibora?
-ogzi qulogida
40. Ergashgan qoshma gapni boglovchi vosita?
-komakchili qurilma
41. “Momo yerim, o’zing berding” she’ri?
-Mahmud Toirniki
42. “Gumbazdagi nur”da kimning qabri keng edi deyiladi?
A.Temur
43. Urgu bilan farqlanuvchi soz?
-akademik
44. Dahshat qiz ekan
-jargon
45. Samarqandda tugilgan,bolaligi Nurota toglarining gozal
tabiati orasida kechgan…Bu kim?
-Azim Suyun
46. Quyoshni koryapman, u ham qarirmikan,yoq nima deyapsan,
quyoshni ozingga teng korma.Qaysi asardan?
-“Tanho qayiq” Orol bobo
47. Qaysi boglovchi ergashgan qoshma gap qismlarini
boglamaydi?
-teng: biriktiruv, zidlov, ayiruv, inkor
48. Faqat badiiy uslubga xoslangan sozni toping.
-tabassum qilmoq
49. Hatto dorning yog'ochlaridan yordam so'ragan obraz
-Xolbeka
50. “Xameleon”da uchramaydigan kasb?
-bogbon
51. Ular avval bizga yetib olishsin, keyin birga jonaymiz.
-payt munosabati, bog’lovchisiz qo’shma gap
52. “..eshik singan, deraza romlarining yarmi boyalgan

ATTESTATSIYADA TUSHGAN TESTLAR
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
t.me/adabiyotquiztest kanalida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Boshlash hamisha qiyin,ayniqsa,tugatishni boshlash.

Gapni sintaktik tahlil qiling .
👍1
Oyog'ingni yechib kir,ustingni ham almashtir.

Gapda ma'no ko'chishining qaysi turidan foydalanilgan?
👍1
Yig'lab borsam, ho'ngrab chiqdi.

Gapni sintaktik tahlil qiling.
👍1
" Zamona arg'umog'i poygada yutib chiqishga otlangan uchqur samanday shiddat bilan olg'a chopadi"

Yuqorida keltirilgan parcha qaysi asardan olingan?
👍3
Forwarded from Sardor Radjabov (MMTV)
ХАЙП

Тоифа бериш тизимида муаммолар борлиги бўйича ижтимоий тармоқларда ҳар хил постлар эълон қилинмоқда.
Кеча вазирлик каналида расмий муносабат ҳам берилди. Нимагадир ҳеч ким унга эътибор ҳам бермади ҳамда фақат негатив ва нотўғри маълумотларни тарқатишмоқда.

Ҳурматли Устозлар!

Бир нарсани ишонтириб айтмоқчиманки, тизим шаффоф ва адолатли қилиб ишланган ва унга ҳеч ким аралаша олмайди. Қолган барчаси бу хайп учун қилинаётган ишлар.

Барчангизга омад тилаймиз!
👍6🤔4🔥3🤣2
👉🔰👈

➡️Malaka sinovlarida Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) fanidan tushgan bir savol tahlili.

Rasmda keltirilgan savolga mutaxassis izohi:
Ushbu savol uchun NOto‘g‘ri hukm A javobda aks etgan.
A. Ikki o‘rinda shaxs oti ega vazifasini bajargan.
She’riy matnda ikkita shaxs oti ishtirok etgan: a) muallima; b) yo‘lovchi.
Muallima omon topgan – kengaygan aniqlovchi;
Yo‘lovchi – ega. (demak, shu javob xato, chunki A javobda har ikkala shaxs oti ega vazifasida kelgan deyilgan).

B. Gapda narsa oti 3 o‘rinda ega vazifasida kelgan.
To‘g‘ri. 1-narsa oti – qashqir, 2-narsa oti – olov, 3-narsa oti yana qashqir – har uchala narsa oti gapda ega vazifasida kelgan.

C. Bir o‘rinda son ega vazifasida kelgan.
To‘g‘ri. Ikkov tin olardi.

D. Bir o‘rinda jo‘nalish kelishigidagi narsa oti to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
To‘g‘ri. Yirtqichga – to‘diruvchi.

😄Dolzarb savollarga aniq javoblar olish uchun Instagram sahifamizga obuna boʻling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Vaziyat:
Matematika darsida o‘qituvchi o‘quvchilarga y = 2x + 3 tenglamasining grafik ko‘rinishini yasashni topshiradi. O‘quvchilar bu tenglamaning x va y qiymatlarini hisoblab, natijalarni koordinatalar tizimida joylashtiradilar va to‘g‘ri chiziq hosil qilishadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga grafik chizish jarayonini ko‘rsatib, ularning natijalarini tahlil qiladi.

Savol:
Bu darsda qaysi metoddan foydalanilgan?

A) Ko‘rgazmali metod
B) Grafik metod
C) Namoyish metodi
D) Amaliy mashq metodi