Ziyolilar kanali
1.4K subscribers
3.31K photos
1.29K videos
3.94K files
2.02K links
𝐗𝐚𝐥𝐪 𝐭𝐚'𝐥𝐢𝐦𝐢 𝐱𝐨𝐝𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧!
Maqola, ma'ruza va fotolavhalar uchun murojaat:
@Ziyolilar_uchun_bot
📚 Yillik konspektlar;
📚 Dars ishlanmalar;
📚 Test toplami;
📚 Medialar va tarqatmalar, ko'rgazmalar.
Download Telegram
11-sinf Ona tili va adabiyot imtihon savollari 2025.pdf
1.4 MB
#2024_2025_имтиҳон_саволлари

11-синф Она тили ва адабиёт фанидан намунавий назорат материаллари
11-sinf O'zbekiston tarixi imtihon savollari 2025.pdf
975.1 KB
#2024_2025_имтиҳон_саволлари

11-синф Ўзбекистон тарихи фанидан намунавий назорат материаллари
11-sinf Matematika imtihon savollari 2025.pdf
1.9 MB
#2024_2025_имтиҳон_саволлари

11-синф Математика фанидан намунавий назорат материаллари
👍2
11-sinf Ingliz tili imtihon savollari 2025.pdf
1 MB
#2024_2025_имтиҳон_саволлари

11-синф Инглиз тили фанидан намунавий назорат материаллари
Kiberjinoyat - XXI asr tahdidi:zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotimi yoki xavfmi?
#esse_namunasi

    Bugungi globallashuv zamonda kiberjinoyat dolzarb masalalardan biridir va bu jarayonda insonlarda turli xil qarashlar mavjudligini ko'rishimiz mumkin. Ba'zilar XXI asrning ushbu tahdidi hayotimizdagi yangi texnologiyalarning taraqqiy etishi natijasida deb hisoblashsa, boshqalar bu xavf ekanini ta'kidlashadi. Xo'sh, aslida, qaysi tomon vakillarining fikri o'rinli?

     Bir tomondan olib qaraganda, kiberjinoyat -bu zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti, deb hisoblovchilarning bu fikrga kelishlariga yetarlicha asoslari mavjud. Birinchidan, hozirgi zamon - raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog'lanib bormoqda. Internet, sun'iy intelekt, onlayn xizmatlar barchaga talaygina qulayliklar yaratmoqda. Kiberjinoyat -hayotimizning "mazmuni"ga aylanib borayotgan internet va texnologiyalar orqali sodir  etiladigan firibgarlikdir. Jumladan, kundalik hayotimizda asqаtadigan ayrim onlayn platformalardan foydalanish uchun dastlabki qadamda iste'molchidan ba'zi shaxsiy ma'lumotlar:  ism-familiya, manzil, telefon raqam kabilarni talab etiladi.  Bular esa firibgarlarning ishini anchagina oson qiladi, bu orqali insonlar aziyat chekishadi. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2024-yilgi ma'lumotiga ko'ra, mamlakatimizda 11 mingdan ortiq  kiberjinoyat holati qayd etilgan.

    Shunga qaramay, bir qator sabablarga ko'ra kiberjinoyat - bu xavf deb hisoblaydiganlar ham oramizda bor. Masalan, har jabhada texnologiyadan foydalanamiz, onlayn to'lov qilamiz, shaxsiy ma'lumotlarimizni odatda internetda saqlaymiz. Ammo bu qulayliklar ortida katta xavf yotibdi. Kiberjinoyat jamiyatga moliyaviy jihatdan ham zarar yetkaza oladi. Misol uchun, telefon orqali yuborilgan yolg'on havola odamlarning bank kartalari ma'lumotlarini qo'lga kiritadi. Ushbu jinoyat turi bo'yicha statistik ma'lumotlarga yuzlansak, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma'lumotiga ko'ra,  2024-yilda mamlakatda bu kabi kiberjinoyatlar soni 2023-yilga qaraganda 20%ga oshgan. Bu esa XXI asr tahdidining xavfi o'sib borayotganidan dalolat beradi.

      Mening fikrimcha, kiberjinoyat, albatta, xavf! Kiberjinoyatni nazorat qilish - bu rivojlanib borayotgan hayotda yashovchi har bir fuqaroning majburiyati bo'lsa-da, ba'zilar bunga ,shunchaki, e'tiborsiz bo'lishmoqda. Mana shu e'tiborsizliklar, javobgarlikni his qilmaslik oqibatida esa texnologiyalar ba'zan bizning foydamizga emas, balki zararimizga ishlab, xavf solmoqda. Biroq jamiyatdagi har bir fuqaro bu kabi xavfdan holi bo'lishi uchun "O'zingga ehtiyot bo'l - qo'shningni o'g'ri tutma" qabilida ish tutib, shaxsiy ma'lumotlarini iloji boricha internet sahifalariga kiritmasliklari zarur.

   Xulosa qilib aytganda, har ikkala tomonning o'ziga xos yaxshi va yomon taraflari bor. Biroq ikkisidan birini ma'qullayotganda yuqoridagi jihatlarni inobatga olib qaror chiqarish maqsadga muvofiq. Biz esa hayotimiz texnologiya ta'siri orqali  xavf ostida qolmasligi uchun uni ongli ravishda va ehtiyotkorlik bilan ishlatishimiz kerak.

Malika Jo'rayeva
👍1😁1🤝1
+70 esse yozmoqchi bo'lsangiz, mana shu strategiyadan foydalaning👇

Kirish qism uchun
1.Hozirgi kunda,
2.So’nggi yillarda
3.Ko’pchilikka ma’lumki
4.Jamiyatimizda keng muhokama qilinayotgan masalalardan bir bu…

Asosiy qism
(1-band) uchun
Birinchi qarash tarafdorlarining fikriga ko’ra,
Birinchidan,
Ikkinchidan,
Aslida,
Darhaqiqat,
Shubhasiz,

Asosiy qism

(2-band) uchun
1.Har narsaning bahosi uning ziddi bilan o’lchanganidek,
2.Bu masalaga boshqa tomondan qarasak,
3.Tarozining ikki pallasi bo’lgani kabi,
4.Avvalo,
5.Jumladan,
6.Shuningdek,
7.Har narsaning aksi bo’lganidek

Shaxsiy qarash uchun
1.Mening shaxsiy nuqtayi nazarimdan kelib chiqadigan bo’lsak,
2.Mening fikrimcha
3.Bu borada shaxsiy qarashim quyidagicha
4.Hayotiy tajribalarimga tayanib aytadigan bo’lsam,
5.Shaxsiy kuzatuvlarimga ko’ra

Xulosa qism uchun
1.Muxtasar qilib aytganda, 2.So’ngso’z o’rnida shuni aytish lozimki,
3.Yuqorida keltirilgan fikrlardan kelib chiqib shuni aytish kerakki, 4.O’ylashimcha,
5.Shunday qilib

Dalil keltirish uchun
1.Statistik ma’lumotlarga tayanib, 2.Tarixiy manbalarga ko’ra, 3.Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, 4.Mutaxassislarning fikricha
5.Bunga isbot sifatida…. ni keltirish mumkin.

Abdupattayev Abdusaid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Insoniyat yaratilgandan beri turli tanlovlar qurshovida  yashab hayot kechiradi. Ana shunday muhokamali mavzulardan biri-mukofotli o'yinlar. Ba'zilar bu jarayonni odamlarni xursand qilishga va vaqtlarini mazmunli o'tkazishga yordam beradi deb ta'kilashsa, boshqalar esa  qarshi fikr bildirishadi. Aslida-chi, qaysi tomonning  qarashlari asosliroq ? Quyida shu haqida mulohaza yuritmoqchiman.
         Darhaqiqat,  yutuqli o'yinlar  inson hordiq chiqarish vositasi sifatida xizmat qiladi. Chunki har bir kishi kun bo'yi mehnat qilgach, yengil qiziqarli ko'rsatuvlar orqali xotirjamlik topadi. Bundan tashqari, ayrim shoular yosh iste'dodlarni kashf qilishga yordam beradi. Bunga misol tariqasida "Omad shou" dasturini olaylik, unda ishtirokchilar barabanni aylantirib, turli sovrinlar yutib olishadi.  Bu yo'l bilan tomoshabinlarning qiziqishi yanada ortadi va loyiha davomida odamlar quvnoq kayfiyatda bo'ladi. Shu turdagi shoular odamlarning omadini sinab harakat qilishga,o'z orzularga yetishishga yetaklaydi.
          Biroq har bir masalada tanganing ikkinchi tomoni bo'lganidek, bu mavzuga jiddiy e'tiroz bildiradiganlar ham talaygina. Ularning aksariyati ko'rsatuv voqealarini aks mohiyatini ochib bermaydi. Natijada  odamlar yolg'onlarga ishonishni boshlaydi. Ayniqsa hozirgi televedineye  orqali olib borilayotgan ko'rsatuvlar turli mojarolar yolg'on qadriyatlarimizga ham ta'sir qiladigan tarzda ochib berilgan. Statistik ma'lumotlarga  qaraganda 32.3 foiz realiti shoular yoshlar ongida noto'g'ri tasavvur uyg'otadi.
            Mening fikrimcha,  har qanday ko'rsatuv insonning qay tarzda yondashishiga bog'liq. Agar tomoshabinlar ko'ngilochar loyihalarni dam olish maqsadida ko'rsa, albatta unga foyda keltiradi. Masalan, mening opam zangori ekranda namoyish etiladigan " Olov pazanda" dasturidan ilhomlanib, hozirda kichik kafe ochdi va o'z ishini yo'lga qo'ydi. Shuning uchun to'g'ri tanlangan shou  ba'zida inson hayotiga turtki bera oladi.
          Xulosa qilib aytganda,  har bir  maqsadli ishni boshlashdan oldin uning yaxshi tomonini ko'ra olish  muhim. Gyote: " Umid bilan suqilgan tayoq bir kun berar meva va yaproq" deb bejiz aytmagan.
👍3
12-savolga tushib qolishi mumkin bo'lgan savollar:

1. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

1) Har bir kishining so‘zi – o‘z fazilatlarining dalili va aqlining tarjimoni.

2) Bobolarimiz demishlar: “So‘zlaganing kumushbo‘lsa, tek turganing oltin”.
2. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

3) Ichi suymasdan – ichki bir norozilik bilan muomala qilish suhbatdoshni ranjitadi.

5) Tovushlarning kichik, ulug‘I, tovushlarning hidi – bo‘yi bor.

3. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

3) Bobom har safar shivirlab qo‘yardi: “Gap ko‘p – umr oz, bolam”.

5) Eng so‘nggi chaqamgacha o‘rtaga to‘kdim – besh tiyin yetmadi.
4. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

2) Dushmanlarim tosh otdi – parvo qilmadim.

4) Otamurod miyig‘ida kulib qo‘ydi: biz piyoda – biz boqqanlar yurdi otda.
5. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

2) Boshqalar yonida birovga aybini aytib nasihat qilish – uni odamlar oldida uyaltirish.

5) Arastu: “Aqlning dalili – fikr, fikrning dalili esa – shukur”.
6. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

2) Yanglishish insonga xos – yanglishganini inkor qilish nodonga xos.

5) Yolg‘on gap yomon – kulfat keltiradigan rost gap yolg‘ondan yomon.
7. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

2) Shunda hokim debdi: “Aql – insondagi eng ulug‘ fazilat”.

3) Pul – johillik, yaqin insonlarning orasiga nifoq soladi.
8. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan

?

2) Nutq – bunyodkor kuch, ammo u eng mustahkam qal’alarni ham vayron etishi mumkin. 

3) Dono xalqimiz aytadi: “Tuyaning tashigani – tilla, yegani yantoqdir”. 
9. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

1) Yoshlikda bilgani – toshga o‘ygani. 

4) Omonatning dushmani inflatsiya. 
10. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

1) Umri buvi aytardi: “Baxt ishi bir – baxtsizlik turfa”. 

3) Podshohlar o‘tadi – toj-u taxt qoladi. 
11. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

3) Do‘st –do‘stning oynasi. 

5) Do‘stdan kechish – zaminni Quyoshsiz qoldirish. 

12. Qaysi gaplarda tire o‘zaro bir xil punktuatsion qoida asosida qo‘yilgan?

2) Inju qiymati haqida so‘zlash mumkin – so‘z qiymati haqida so‘zlab bo‘lmaydi. 

4) Nodon jangchining nog‘orasiga o‘xshaydi: ovozi baland – ishi bo‘sh.

Bizning kanal
👉 @Ona_tili_Tezkor
👍3
Ta’limda 4K metodi

Kommunikatsiya

Bunda o‘quvchining o‘z fikr va mulohazalarini boshqalarga aniq ifodalagan holda axborot almashish qobiliyati tushuniladi.

Kommunikatsiya nuqtai nazarni teran va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, fikrni shakllantirishda til vositalaridan maqsadli foydalanishga yordam beradi.

Kollaboratsiya

Bu oʻquvchilarning maqsadga erishish uchun boshqalar bilan ishlash qobiliyatini anglatadi.

Kollaboratsiya o‘quvchilarda hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va oʻzaro qoʻllab-quvvatlash koʻnikmalarini rivojlantirishga koʻmaklashadi.

Kreativlik

Kreativlik o‘z ichiga aqliy hujum, gʻoyalarni boshqalarga loʻnda va ravon yetkazish qobiliyatlarini qamrab oladi.

Bu orqali o‘quvchi oʻz fikrlarini aniq va ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglash,tushunish, maʼlumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishga erishishi mumkin.

Kritik fikrlash

Kritik fikrlash o‘quvchilarning tahlil qilish, sharhlash, baholash, qaror qabul qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi.

O‘quvchilar oʻz topilmalarini tartibga solish va tasvirlash, maʼlumotlarini solishtirish va qiyoslash hamda bir-birlari bilan boʻlishish uchun grafikalardan foydalanishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yangi darsliklar metodikasi “4K” modeliga asoslangan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Blum taksonomiyasi bosqichlari bilan yod oling.
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Қорақалпоғистон.pdf
1 MB
❗️ #ПКА_2025 #Педагогларга_ёрдам

‼️ Қорақалпоғистон Республикаси педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи-Қорақалпоғистон Республикаси;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Педагогик маҳорат маркази (Нукус шаҳри Е.Алакўз кўчаси 54-уй, мўлжал: MEGA NUKUS савдо мажмуаси ёнида);

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 21 апрель куни;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Қорақалпоқ тили (Давлат тили) фани ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Андижон.pdf
1.3 MB
‼️ Андижон вилояти педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи-
Андижон вилояти;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Педагогик маҳорат маркази ( Андижон шаҳар, Истиқлол кўчаси 8-уй, мўлжал: Педагоглар малака малака ошириш институти)

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 22-24 апрель кунлари;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Она тили ва адабиёт ҳамда Ўзбек тили (Давлат тили) фанлари ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
👍1
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Қорақалпоғистон.pdf
2.2 MB
‼️ Бухоро вилояти педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи-
Бухоро вилояти;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Бухоро шаҳридаги 44 умумий ўрта таълим мактаби (Бухоро шаҳар "Боғишамол кўчаси, 5-уй, мўлжал: Шарқ (олдинги Педагогика коллежи биноси));

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 22-24 апрель кунлари;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Она тили ва адабиёт ҳамда Ўзбек тили (Давлат тили) фанлари ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Қорақалпоғистон.pdf
3 MB
❗️ #ПКА_2025 #Педагогларга_ёрдам

‼️ Қорақалпоғистон Республикаси педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи-Қорақалпоғистон Республикаси;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Педагогик маҳорат маркази (Нукус шаҳри Е.Алакўз кўчаси 54-уй, мўлжал: MEGA NUKUS савдо мажмуаси ёнида);

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 22-24 апрель кунлари;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Она тили ва адабиёт, Ўзбек тили (Давлат тили) ҳамда Қорақалпоқ тили ва адабиёти фанлари ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Жиззах.pdf
1.1 MB
‼️ Жиззах вилояти педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи-Жиззах вилояти;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи - Жиззах шаҳридаги
4-умумтаълим мактаби (Жиззах шаҳар, Кимёгар маҳалласи Тўқимачилар кўчаси 45-уй, мўлжал: вилоят кўз касалликлари шифохонаси);

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 22-24 апрель кунлари;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Она тили ва адабиёт ҳамда Ўзбек тили (Давлат тили) фанлари ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Қашқадарё.pdf
1.6 MB
‼️ Қашқадарё вилояти педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи- Қашқадарё вилояти;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Педагогик маҳорат маркази (манзил: Қарши шаҳар Олимлар кўчаси 2-уй, мўлжал: Қарши давлат университети);

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 22-24 апрель кунлари;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Она тили ва адабиёт ҳамда Ўзбек тили (Давлат тили) фанлари ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Навоий.pdf
791.3 KB
‼️ Навоий вилояти педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи- Навоий вилояти;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Навоий шаҳар Баркамол авлод болалар мактаби (Навоий шаҳар Алоқа кўчаси 6-уй, мўлжал: Навоий савдо маркази (ЦУМ) орқа томонида);

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 22-24 апрель кунлари;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Она тили ва адабиёт ҳамда Ўзбек тили (Давлат тили) фанлари ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Наманган.pdf
1.4 MB
‼️ Наманган вилояти педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи-Наманган вилояти;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Наманган шаҳридаги 15-умумий ўрта таълим мактаби (Наманган шаҳри, Ғишткўприк МФЙ, Уйчи кўчаси, 329-А уй, мўлжал - Чорсу);

Малака (тест) синовлари ўтказиладиган санаси - 2025 йил 22-24 апрель кунлари;

Малака (тест) синовларида иштирок этадилар - Умумтаълим мактабларининг Она тили ва адабиёт ҳамда Ўзбек тили (Давлат тили) фанлари ўқитувчилари;

‼️ Малака (тест) синовларида иштирок этиш учун талаб қилинади - Шахсни тасдиқловчи ҳужжат ва
мурожаат юборишда тўлдирилган СЎРОВНОМА

Murojaatlar uchun:
@pkatdi_bot
ПКА_2025_Педагог_кадрлар_аттестацияси_иштирокчилар_рўйхати_Самарқанд.pdf
1.6 MB
‼️ Самарқанд вилояти педагоглари учун эълон!

Ҳудуд номи-
Самарқанд вилояти;

Малака (тест) синовлар ўтказиладиган жойи -
Педагогик маҳорат маркази (Самарқанд шаҳри, Ҳасан Обиддинов кўчаси, 7-уй,)