Toshkent moliya instituti
12.5K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#Bizda_yangi_loyiha

Assalomu alaykum, Intiluvchan talaba yoshlar. Biz siz uchun qaynoq bir #yangilik ni ma'lum qilamiz
---------------------------
Buyuk Ipak yoʻlida joylashgan universitetlar talabalari oʻrtasida xalqaro insholar tanlovi
--------------‐------------
Insholar tanlovida ishtirokchilar quyidagi mavzularda oʻz fikrlarini bayon qilishlari belgilangan.
📝Buyuk Ipak yo‘li jahon tarixi va madaniyatidagi fenomen;
📝Buyuk Ipak yo‘lida madaniyatlararo aloqa;
📝“Bir makon, bir yo‘l” mintaqaviy va hududlararo bog‘liqlikni ta’minlovchi xab sifatida;
📝Ipak yo‘li – nomoddiy madaniy merosning ko‘zgusi sifatida;
📝 Ipak yo‘li – umumjahon madaniy merosi magistrali;
📝Erkin mavzu.

💰Eng yaxshi insholarga 200 mln ajratilgan

📬Insholarni joriy yilning 1-mayiga qadar quyidagi manzilga yuborish so‘raladi:
140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Samarqand davlat universiteti, Xalqaro aloqalar boshqarmasi.E-mail: [email protected]

🎓 Talabalar Assotsiatsiyasi 🎓

Telegram | Facebook | Instagram
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_bayonot

2021/2022-oʻquv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari toʻgʻrisida Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining bayonoti

Axborot xizmati rahbari Sardor Usmanov
___
Vazirlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Rasmiy_Uchrashuv #Xalqaro_hamkorlik

Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan istiqboldagi hamkorlik vazifalari muhokama etildi

2021-yil 25-noyabr kuni Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori professor Yakov Petrovich Silin boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlarni institut rektori Prof. T.Teshabayev kutib oldilar.

Uchrashuv davomida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma diplom dasturini yo‘lga qo‘yish hamda talabalar va professor o‘qituvchilar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Xalqaro hamkorlik bo'limi

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Rasmiy_tashrif #TMI_PDU

Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari Polotsk davlat universitetiga tashrif buyurishdi.

Professor-o‘qituvchilarimizni universitet rektori Oleg Aleksandrovich Romanovning shaxsan o'zlari kutib oldi. Samimiy va iliq kechgan uchrashuvda tomonlar qo'shma ta'lim dasturining istiqbollari haqida fikr almashib olishdi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy
#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi

Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolandi.

Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:

🔹 har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
🔸 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.

🗓 2022-yildan boshlab:

🔹 bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🔸 har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
🔹 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🔸 taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3426

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy

Elektr energiyasi uzilishi sabab bugun oʻtmay qolingan onlayn darslar yoki imtihonlar boshqa kuni oʻtkaziladimi?

🔰 Maʼlumki, koronavirus infeksiyasi yangi shtammining aholi oʻrtasida tarqalish xavfining oldini olish maqsadida tegishli tashkilotlar tavsiyalariga asosan joriy yilning 24-yanvaridan boshlab, bir oy muddatda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylarda dars mashgʻulotlari onlayn shaklda boshlandi.

⚡️Bugun, 25-yanvar kuni Respublikamizning ayrim hududlari va Toshkent shahrining aksariyat tumanlarida elektr energiyasi ta’minotisiz qoldi. Ayni paytda ayrim tumanlarda ta’minot tiklandi, aksariyat tumanlarda esa bosqichma-bosqich elektr energiyasi berib borilmoqda.

❗️25-yanvar kuni oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda rejalashtirilib, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab o‘tkazilmagan dars mashg‘ulotlari, yakuniy imtihonlar har bir ta’lim muassasasining qo‘shimcha ishlab chiqilgan reja-grafiklari asosida o‘tkaziladi hamda odatiy dars rejalariga yetkazib olinadi.
___
➡️ @eduuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#muhim #rasmiy_xabar #MoliyaNews

Toshkent moliya institutida oʻquv jarayonlari 1,2,3-bosqich bakalavr hamda 1-bosqich magistratura talabalari uchun 7-fevraldan an’anaviy shaklga o‘tkaziladi.

2021/2022 o‘quv yili uchun tasdiqlangan o‘quv jarayoni grafigiga muvofiq, 4-bosqich bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun malakaviy amaliyot 2022-yil 19-martga qadar, 2-bosqich magistratura mutaxassisliklari talabalari uchun ilmiy amaliyot (stajirovka) 2022-yil 21-mayga qadar davom etadi.

⚠️Shuningdek, institut tasarrufidagi 3ta Talabalar turar joylari talabalarni qabul qilish uchun shay holatda.

TTJda yashovchi talabalar 5-fevraldan kelib joylashishlari mumkin.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#BILASIZMI
#Rasmiy_kanal

⚡️Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari diqqatiga

❗️Siz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy @eduuz telegram kanali orqali universitet va institutlar, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar hamda akademik litseylar faoliyati haqida eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin.

🔰 Agarda, Siz respublika miqyosida

✔️kontrakt to‘lovlari,
✔️stipendiya miqdorlari,
✔️o‘qishni ko‘chirish,
✔️qabul kvotalari,
✔️davlat va nomdor stipendiyalar,
✔️davlat, xususiy va xorijiy ta’lim maskanlari,
✔️ulardagi yo‘nalishlar,
✔️talaba o‘quvchilar uchun
yaratilayotgan qo‘shimcha imkoniyatlar va shu kabi qator tasdiqlangan ma’lumotlar olmoqchi bo‘lsangiz, vazirlikning @eduuz kanali a’zosi bo‘ling!

⚠️ Unutmang, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi bilan bog‘liq ishonchli rasmiy xabarlar faqat @eduuz da.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

Magistratura qishki qabulidagi yengillik tizimdagi islohotlardan qaytish emas, balki abituriyentlarga berilgan qo‘shimcha imkoniyat

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022/2023-o‘quv yili magistratura qishki qabuli yuzasidan rasmiy bayonoti

📄 Bayonotni matn shaklida o‘qish👈

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.

Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga etkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.

Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrardik.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#rasmiy_xabar

O‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi

Batafsil saytda 👈

TMI axborot xizmati

Toshkent moliya instituti
rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#Rasmiy_bayonot

Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi

Xabaringiz bor, Prezident farmoni va hukumat qaroriga ko‘ra, davlat OTMning magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplab berilishi belgilangan.

Bu tartib, shuningdek magistratura qishki qabulida to‘lov shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlarga ham birdek amal qiladi.

Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.

〰️〰️〰️

Государство оплатит контракты для девушек, зачисленных на зимний прием в магистратуру

Как известно, согласно указу президента и постановлению правительства, государством финансируются на безвозвратной основе контрактные платежи всех женщин, обучающихся в магистратуре государственных высших образовательных учреждений.

Настоящий порядок распространяется и на женщин, принятых на обучение на платно-контрактной основе при зимнем приеме в магистратуру.

Поэтому просим обращаться к руководству высших образовательных учреждений, чтобы воспользоваться данной льготой.

Справочно, данный порядок не распространяется на тех, кто не подал заявление в установленный срок, на допущенных к обучению по дифференцированным ставкам, а также для студентов, принятых в магистратуру негосударственных высших образовательных организаций.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy_bayonot

Acharya universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda Acharya universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xabarlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

Vazirlik ushbu xususiy ta’lim muassasasiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya bermagan. Litsenziya olgandan keyingina ta’lim faoliyati olib borishi mumkin.

Shu o‘rinda, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan faqatgina vazirlikning edu.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan davlat, nodavlat va xorijiy oliygohlar ro‘yxatidagi oliy o’quv yurtlarini tanlashlari tavsiya etiladi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#rasmiy

⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy oʻquv yurtlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi. Dars jarayonlari 2024-yilning 8-yanvaridan boshlanadi.


Каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря

В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций период зимних каникул, предоставляемый студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлен с 25 декабря 2023 года по 7 января 2024 года. Занятия начнутся 8 января 2024 года.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube