Toshkent moliya instituti
12.7K subscribers
9.9K photos
979 videos
200 files
5.12K links
Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali.

Официальный телеграм канал ТФИ

Official channel of TIF

Instagram: @moliyauz_official
Facebook: @moliyaofficial
Download Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Rasman abituriyentlarning maktabdagi baholari OTMga kirishda hisobga olinishi tasdiqlandi

Hukumat qarori (696-son, 19.11.2021 y.) bilan Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining oʻrtacha koʻrsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

🔰Nizomga muvofiq, maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11-yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qoʻshiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.

📌 Baholarning oʻrtacha koʻrsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yigʻindisini oʻqitilgan fanlarga boʻlish orqali chiqariladi.

🔰 Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha oʻtkaziladi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho va 56%gacha – 2 baho.

▫️Ushbu tartib 2022/2023-yil oʻquv yilidan qoʻllaniladi.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Qonunchilik_yangiliklari

Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutmaydi

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug‘i davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 1963-3, 2021 yil 16 noyabr).

Unga ko‘ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o‘ta olmagan shaxs (talaba) keyingi har bir o‘quv yilida (3 yil davomida) o‘z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo‘yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o‘ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo‘lib kelgan.

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
#Prorektor
#Yoshlar_yetakchisi

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlari joriy etiladi

Prezident qarori bilan davlat oliy taʼlim muassasalari va ularning filiallaridagi yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor (direktor oʻrinbosari)ga birinchi prorektor (direktorning birinchi oʻrinbosari) maqomi berildi.

Shuningdek, taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Rasmiy
#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalar va oʻquvchi yoshlar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi

Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori imzolandi.

Qarorga koʻra, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab:

🔹 har yili aprel oyida “Intellektual haftalik” tadbiri oʻtkazib boriladi;
🔸 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib boʻlgan oʻquvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi.

🗓 2022-yildan boshlab:

🔹 bosqichma-bosqich umumiy oʻrta, Prezident, oʻrta maxsus va professional hamda OTMda “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
🔸 har yili talabalar oʻrtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta oʻrinni qoʻlga kiritgan OTMga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi topshiriladi;
🔹 intellektual oʻyinlarning respublika bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilari hamda OTM talabalari taʼlimning keyingi bosqichiga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;
🔸 taʼlim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori boʻlgan professor-oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama toʻlab beriladi.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yil oktabr oyida davlatimiz rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanida “Zakovat” intellektual oʻyinining final bosqichiga tashrif buyurib, bahsni kuzatgan, tadbir soʻngida nutq soʻzlab, bilimdon yoshlarga sharoit yaratish uchun koʻplab tashabbuslarni bildirgan edi.

Batafsil 👉 https://edu.uz/uz/news/view/3426

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Talabalar turar joyi qurish uchun subsidiya ajratiladi

🔰 Hukumat qarori (239-son, 06.05.2022-y.) bilan “Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

💰Nizomga koʻra, talabalar turar joylarini qurish loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy sherikka beriladigan subsidiya TTJni qurish loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan qiymatning 50 foizi, biroq BHMning 100 baravaridan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladi.

❗️ Bunda loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar oʻrtasida tender oʻtkaziladi.

📋 Nizomga koʻra, DXSH toʻgʻrisidagi bitim DXSH loyihalarining reestriga kiritilganidan soʻng xususiy sherik davlat sherigiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.

☑️ Davlat sherigi arizani 3 ish kuni ichida (qoʻshimcha oʻrganish uchun – 10 ish kuni ichida) oʻrganib chiqib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga yuboradi.

📁 Vazirlik taqdim etilgan arizani 5 ish kunida oʻrganib chiqib, subsidiya berish uchun davlat sherigi bilan subsidiya ajratish yuzasidan shartnoma imzolaydi.

Xususiy sherikka TTJ qurish uchun 2 ish kuni ichida davlat sherigi tomonidan birinchi bosqichda TTJ umumiy qiymatining 15 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Keyingi bosqichlarda bajarilgan ishlar dalolatnomasi imzolangan kundan 3 ish kuni ichida bajarilgan ishning 50 foizi miqdorida, birinchi bosqichda ajratilgan mablagʻlarni inobatga olgan holda subsidiya ajratiladi.

⚠️ Maʼlumot uchun: 2022–2025-yillarda respublika boʻyicha jami 228 ta (joriy yilda 47 ta) talabalar turar joylari (400 oʻrinli) barpo etish nazarda tutilgan.


Telegram
: @moliyauz_official
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Xotin-qizlarning ta’lim olishi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi

🔰Prezidentning “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori qabul qilindi.

✔️Unga ko‘ra 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishi uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlarini Davlat budjetidan ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.

➡️Bunda:

tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;

ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;

ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;

ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbayiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;

«Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.

Batafsil: @moliyauz_official
Forwarded from Edu.uz
​​#Qonunchilik_yangiliklari

❗️Magistraturada oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplab beriladi

🔰Vazirlar Mahkamasi qarori (447-son, 15.08.2022 y.) bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

✔️Nizomga koʻra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

📝 Bunda:

➡️talabgor 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt toʻlovlari bundan mustasno) oʻzlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

⛔️Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi;

➡️ arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqilib, roʻyxat shakllantiriladi;

➡️ umumlashtirilgan talabgorlar roʻyxati 5 ish kunida toʻlov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga (2023-yildan OTMning idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi;

➡️ talabgorlarga toʻlov-kontrakt summasini qoplab berish toʻgʻrisida joriy oʻquv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrugʻi qabul qilinadi.

🔗 Telegram | Instagram | Facebook|You Tube
Forwarded from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’limni joriy etish tartibi belgilandi

🔰Hukumat qarori (559-son, 03.10.2022 y.) bilan “Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan masofaviy ta’lim orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlashni tashkil etish tartibi belgilandi.

▪️Buning uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar bo‘lishi talab etiladi:

- masofaviy ta’limni boshqarish uchun “Learning Management System” platformasi;
- internetga ulanish va foydalanish uchun axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;
- o‘quv yili uchun mo‘ljallangan o‘quv kontenti;
- fanlarning elektron o‘quv-metodik majmualari hamda ilmiy va o‘quv adabiyotlarining elektron bazasi;
- kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;
- texnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-texnik xodimlar;
- ta’lim tashkilotiga tegishli bo‘lgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;
- ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi barcha axborotlar joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.

🗓 Masofaviy ta’lim joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari har yili 1 aprelgacha e’lon qilinadi.

❗️Masofaviy ta’lim asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 300 nafar, bir magistratura mutaxassisligi 30 nafar talabadan ortiq bo‘lmasligi lozim.

🔹Bunda:
- mazkur talab axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlariga tatbiq etilmaydi;
- talabalar sonini aniqlashda xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar hisobga olinmaydi.

Masofaviy ta’limda o‘qishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga kelishi shart:

- o‘quv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish uchun;
- har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish o‘tish uchun.

📌 Shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinxron yoki asinxron rejimida qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Masofaviy ta’lim shakli to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

“Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlari
taʼsis etildi

🔰Hukumatning “Oliy taʼlim aʼlochisi” hamda “Oʻrta maxsus va professional taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

➡️ Mazkur mukofot bilan oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolar ragʻbatlantiriladi.

✔️ Koʻkrak nishonlari bilan mukofotlangan shaxslarga 1-oktabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.

➡️ Koʻkrak nishoni bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

📌 Shuningdek, mukofotlangan shaxslarga BHMning toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.

❗️Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

Toshkent moliya institutining rasmiy telegram kanali: @moliyauz_official
#Qonunchilik_yangiliklari

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab maxsus pedagogika, defektologiya magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Bu haqda Prezidentning 27-fevraldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilab qo‘yildi.

Bunda, o‘qitish davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan davlat granti asosidagi umumiy qabul parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

2023/2024-o‘quv yilgi qabul jarayonidan boshlab qabul tartibi, test sinovlari to‘g‘risida abituriyentlarga ma’lumot berish uchun tayyorlanadigan materiallar nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay formatda bo‘lishi, jumladan, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilandi.

Nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun ularning oila a’zosi yoki boshqa shaxslarga oliy ta’lim muassasasida birga bo‘lishiga sharoit yaratiladi.

Shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogironligi bo‘lgan bolalar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchi (yo‘lda kuzatib boruvchi) bir nafar fuqaro uchun davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan, shu jumladan, ta’lim muassasalarida fuqarolarning bevosita hozirligida (joyida) ko‘rsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanish, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslari) qabuliga navbatsiz kirish bo‘yicha imtiyoz beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
​​#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Pedagoglar faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi

Pedagog xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga (OʻRQ–826, 27.03.2023-y.) asosan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslarga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi.

🔰 Jinoyat kodeksiga kiritilgan koʻshimchaga koʻra:

🔹 Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

▫️BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (45 mln soʻmdan 60 mln soʻmgacha) miqdorda jarima;
▫️3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️3 yilgacha axloq tuzatish ishlari.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

☑️ Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga koʻra, mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (15 mln soʻmdan 30 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

❗️Endilikda mazkur Kodeksga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchaga koʻra, xuddi shunday huquqbuzarlik taʼlim tashkiloti pedagog xodimiga nisbatan sodir etilsa, BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha (30 mln soʻmdan 45 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

📝 Shuningdek, pedagog xodimning kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:

fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari 5 baravardan 7 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

📌 Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:

fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (ilgari 7 baravardan 10 baravargacha), mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (ilgari 10 baravardan 15 baravargacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga (ilgari ushbu jazo chorasi qoʻllanilmagan) sabab boʻladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilik_yangiliklari

Endilikda universitetlar reytingini aniqlashda muassasada futbol uchun yaratilgan sharoitlar ham inobatga olinadi

Bu haqda Prezidentning “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qabul qilingan qarorida nazarda tutilgan.

Unga koʻra har yili sentyabr-may oylarida OTMda “Talabalar ligasi” dasturi doirasida uch bosqichli respublika futbol musobaqalari oʻtkaziladi.

Shuningdek:

🔹davlat OTMda ularning moddiy-texnika bazasidan kelib chiqib, futbol boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi seksiyalar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

🔸davlat OTMdagi mavjud sport inshootlari va futbol maydonlarining doimiy faoliyat koʻrsatishi taʼminlanadi;

🔹har bir davlat OTMning futbol va futzal boʻyicha jamoalari shakllantirilib, ular “Talabalar ligasi” dasturi doirasida oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻliq ishtirok etadi.

✔️Bundan tashqari, joriy oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining futbol yoʻnalishi boʻyicha talabalari bitiruv oldi amaliyotini hududiy futbol akademiyalari va professional futbol klublarida oʻtkazishadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

📑Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning talabalari uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi

🔰Hukumat qarori (02.05.2023-y., №181) bilan davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan, respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

💬Unga koʻra:

🔹oliygohlar – har yili 15-oktabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;

🔹vazirlik – har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.

✔️Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun stipendiya mablagʻlari ushbu muassasalarning byudjet xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.

▶️Talabalar uchun stipendiyalarni tayinlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 226-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.

‼️Stipendiya sohiblariga belgilangan miqdordagi stipendiya ularning davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotganidan qat’i nazar tayinlanadi va to‘lanadi.

🟥Ma’lumot uchun, ushbu Nizom davlat oliy ta’lim muassasalari va davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qonunchilik_yangiliklari

Oʻquvchi va talabalar uchun “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi

Prezident qaroriga (08.05.2023-yil PQ-150-son) asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi.

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

Ushbu musobaqalarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida “Shaxmat stipendiyasi” bilan ragʻbatlantiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
​​#Qonunchilik_yangiliklari

⚡️Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023-y., 206-son) qabul qilindi.

Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

➡️ axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
➡️ matematik statistika;
➡️ algoritmlash asoslari;
➡️ maʼlumotlarni qayta ishlash;
➡️ dasturlash tillari (Python);
➡️ ingliz tili;
➡️ qaror qabul qilish asoslari.

◀️ Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.

Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.

Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar):

💰 ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;

🏠 turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;

🍱 oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;

💻 taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;

🧑‍💻 IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;

🧾 oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari

2024/2025-oʻquv yilidan OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, oliy taʼlim dasturlari xalqaro reytingda yuqori 200 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari dasturi asosida qayta ishlab chiqiladi.

Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimi joriy etiladi. Bunda:

kompleks davlat akkreditatsiyasi har 4-yilda taʼlim tashkilotlarini tashqi baholash natijalari asosida oʻtkaziladi;

litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida oʻqiyotgan talabalarga oʻqishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga koʻchirish huquqi beriladi.

Shuningdek, taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining reytingi taʼlim tashkilotining faoliyati va taʼlim jarayoniga aralashmagan holda maʼlumotlarni axborot tizimi orqali olish yoʻli bilan yuritiladi.

2024-yil 1-yanvardan:

reyting davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari boʻyicha umumiy aniqlanadi;
soʻnggi 5-yil davomida reytingda birinchi 10 talik oʻrinni egallagan oliy taʼlim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

2025-yil 1-yanvardan:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha kvota ularning reytingdagi oʻrniga muvofiq ajratiladi;
oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim sohalari kesimidagi reytingini yuritish yoʻlga qoʻyiladi.

2023/2024-oʻquv yilidan:

akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

kollej va texnikumlarning taʼlim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

abituriyentlarga “davlat granti” yoki “taʼlim yoʻnalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi boʻyicha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi;

talabaning taʼlim yoʻnalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik gʻoyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi;

oliy taʼlim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq toʻlanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etiladi.

2024/2025-oʻquv yilidan:

OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, soʻng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida toʻplagan balidan kelib chiqib, oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

umumtaʼlim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari boʻyicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilik_yangiliklari
#strategiya
#ilmfan

“Korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimi joriy etiladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona – oliygoh – ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish maqsadida:

▪️amaliy tadqiqotlarga Davlat budjetidan 4 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi;

▫️iqtisodiyot tarmoqlarining “drayver” yo‘nalishlarida 850 turdagi innovatsion mahsulotlar ishlab chiqariladi;

▪️amaliy tadqiqotlar natijalari asosida 2,5 mingdan ziyod yangi ilmiy ishlanmalar yaratiladi;

▫️transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik, energetika, biotexnologiya, geologiya va metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy ishlab-chiqarish klasterini tashkil etiladi.

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim olish uchun kvotalar soni oshiriladi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga asosan, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:

40 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushi kamida 60 foizga yetkazilib, ilmiy tashkilot xodimlarining ish haqi o‘rtacha 2 barobarga oshiriladi;
ilmiy, amaliy, innovatsion va startap loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik tanlovlar soni 20 taga yetkaziladi;
stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari soni 5 200 taga yetkaziladi.

#qonunchilik_yangiliklari #strategiya #ilmfan

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM